65
7.2-rasm. Segmentlarni qamrab olish darajasi
23
23
Kotler, Ph. & Keller, K.L. Marketing Management. 2015. Global Edition Pearson.
67
8-bob. LOYALLIK DASTURLARI VA BRENDING
8.1. Savdo belgisi va brend tushunchalari. Brend kapitali, brend haqida
assotsiastiya, brendning taniqlilik darajasi, top of maynd (top of mind),
brendga loyallik darajasi
Brend nom, tamg„a,
elementlardan tarkib topib, xaridorga mahsulot
qo„shimcha qiymatga egaligi tuyg„usini beradi va uni qo„lga kiritish uchun ko„proq
haq to„lashga ham rozi bo„ladi (John Torella, J.C. Winters Group, Toronto).
Brend “shaxs”ga aylangan mahsulot (Chris Staples, Rethink, Vancouver).
Noyob dizayn, nom, tam‟ga va elementlarning jamlanmasi bo„lib,
birgalikda
raqobatchi mahsulotlardan ajralib turadi, yagonalik imiji va qo„shimcha
qiymatni
yaratadi.
Brendning vazifasi:
1. Ishlab chiqaruvchini aniqlab beradi.
2. Savdo aylanmasini oshiradi.
3. Sifat ko„rsatkichini oshiradi.
4. Sohaga kirish to„siqlarini yaratadi.
5. Raqobatdagi ustunlikni ta‟minlaydi.
6. Premium (qimmatbaho) narxni ta‟minlaydi.
Brend kapitali. Brend kapitali mahsulot va xizmatga qo„shimcha qiymat berib,
iste‟molchi ongida unga nisbatan hurmat, ishonch tuyg„usini uyg„otadi.
Brendga loyallik (sadoqatlilik). Iste‟molchining brendga bog„langanlik
darajasi bo„lib, uni uchta bosqichga bo„lish mumkin:
1.
taniqlilik (recognition);
2.
tanlov (preference);
3.
o„jarlik (insistence).
Taniqlilik.
Brend nomi, o„rami va uning imkoniyatlaridan xabardor bo„lish.
Masalan, 8.1-rasmdagi yaxna choy savdo belgilaridan qaysi birini taniysiz?
68
Tanlov. Iste‟molchi o„zi uchun foydali deb hisoblasa uni sotib oladi. Masalan,
8.1-rasmdagi yaxna choy savdo belgilaridan qaysi birini sotib olgan bo„lar edingiz?
O„jarlik. Mahsulotni topmaguncha qidiradi, ya‟ni boshqa do„konga uzoq
bo„lsa
ham boradi, qimmat bo„lsa ham sotib oladi. Masalan, 8.1-rasmdagi yaxna
choy savdo belgilaridan qaysi birining fanatisiz? Odatda, iste‟molchini brend o„jarlik
darajasiga olib chiqish juda qiyin.
Coca Cola, iPhone - shunga erishgan kam sonli
brendlardan.
Dostları ilə paylaş: