9.3. Mahsulot tannarxini hisoblash. Zararsizlik nuqtasini hisoblash.
Mahsulot tannarxi mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan barcha sarf-
xarajatlarni o„z ichiga oladi. Zararsizlik nuqtasi esa mahsulot tannarxining qoplanish
nuqtasi hisoblanib, qancha mahsulot ishlab chiqarilsa, xarajatlar qoplanishini
aniqlash uchun qo„llaniladi.
Zararsizlik nuqtasini hisoblash formulasi:
( )
Bu yerda:
BE (breakeven) – zararsizlik nuqtasi;
P (profit) – foyda/ustama;
VC (variable cost) – o„zgaruvchan xarajat;
FC (fixed cost) – o„zgarmas xarajat;
Q (quantity) – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori/soni.
Narx elastikligi bu mahsulot narxining o„zgarishi savdo hajmiga
ta‟sirchanligini, ya‟ni narxning oshishi yoki tushishi qanchalik savdo hajmining
oshishi yoki tushishiga olib kelishidir.
O„z navbatida, mahsulot turlaridan kelib chiqib, narxga ta‟sirchanlik darajasi
turli xil bo„lishi mumkin. Quyidagi mahsulot turlari mavjud:
O„rin bosuvchi mahsulot (Substitute goods). Bir-birining o„rnini bosuvchi
mahsulotlar bo„lib, birining narxi oshsa, ikkinchisiga bo„lgan talab oshadi. Masalan:
shartbatning narxi oshsa, xaridor uning o„rniga gazlangan ichimlik yoki suv xarid
qiladi. Neft narxi qimmatlashsa, bioyoqilg„iga talab oshadi.
O„rin to„ldiruvchi mahsulot (Complementary goods). Asosiy mahsulot bilan
birga foydalaniladigan mahsulot bo„lib, birining narxi oshsa, ikkala mahsulotga
88
bo„lgan talab kamayadi. Masalan: printerning narxi oshsa, printer va kartrejga
bo„lgan talab kamayadi.
Normal mahsulot (Normal goods) iste‟molchi daromadi oshgani sari
mahsulotga bo„lgan talab oshadigan mahsulotlar. Masalan: haqiqiy (origenal), brend,
sifati yuqori, qo„shimcha qiymatga ega mahsulotlar (100 % paxta yoki ipakdan
kiyim, sifatli charmdan poyavzal).
Sifatsiz mahsulotlar (Inferior goods) iste‟molchi daromadi oshgani sari
mahsulotga bo„lgan talab kamayadigan mahsulotlar. Masalan: qalbaki mahsulotlar,
sifati qoniqarli, ammo uzoq muddatga mo„ljallanmagan mahsulotlar (sintetik kiyim,
germantin poyavzal).
Birinchi navbatda zarur mahsulotlar (Necessities) inson yashashi uchun zarur
eng muhum mahsulotdir. Masalan: non, tuz, suv va hokazo.
Taklif ham talab singari narxga ta‟sirchan hisoblanadi. Agar mahsulotning
narxi qimmat bo„lsa, boshqa ishlab chiqaruvchilar ham aynan shu mahsulotni ishlab
chiqarishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchining o„zi esa ishlab chiqarish quvvatini
oshirishga harakat qiladi. Masalan: qishloq xo„jaligi mahsuloti – kartoshkaning narxi
oshdi, deb faraz qilaylik. Unda fermer ko„proq kartoshka yetishtirishga harakat
qiladi va boshqa poliz ekinlari o„rniga ham kartoshka ekadi. Kartoshka narxi yana
ham keskin oshib ketsa, fermer yana boshqa yer maydonlarini o„zlashtirib,
unumdorligi past bo„lgan yerlarga ham kartoshka ekadi. Demak, mahsulot narxi
oshsa, taklif hajmi ham ortib boradi, talab esa pasayadi. Ammo shu o„rinda savol
tug„iladi, agar mahsulotlarning narxi bir xil darajada qimmatlashsa, unga bo„lgan
talab ham bir xil darajada o„zgaradimi yoki qay darajada o„zgaradi? Masalan: agar
sut narxi 3 barobar qimmatlashsa, 1 litr sut 800 so„mdan 2400 so„mga oshsa, xaridor
sutni kamroq iste‟mol qiladi. Shuningdek, 1 litr “Coca cola” narxi ham 3 barobar
oshib, 1000 so„mdan 3000 so„mga qimmatlashsa, xaridor “Coca cola”ni sotib olishni
kamaytiradi. Ammo narx ikki mahsulot uchun bir xilda qimmatlashgan taqdirda ham
sut iste‟moli nisbatan kam miqdorda qisqaradi. Buning sababi, inson “Coca cola”siz
yashashi mumkin, ammo kundalik hayotda sut iste‟molisiz yashashi qiyinroq.
89
Demak, narxga ta‟sirchanlik darajasi sut mahsulotida “Coca cola”ga nisbatan
kamroq degan xulosaga kelish mumkin. Narxning o„zgarishi natijasida talab keskin
o„zgarsa, mahsulotga bo„lgan talab elastik hisoblanadi, ya‟ni talabning narxga
ta‟sirchanligi yuqori bo„ladi. Yuqoridagi misolda “Coca cola”ning narxi elastikdir.
Agar mahsulot narxi qimmatlashsa, savdo hajmi keskin kamaysa, bu
mahsulotga talab elastik hisoblanadi. Agar mahsulot narxi qimmatlashsa, savdo
hajmi o„zgarmasa yoki ozroq miqdorga kamaysa, bu mahsulotga bo„lgan talab
noelastik hisoblanadi.
Mahsulotlarga talab noelastik bo„lishining quyidagi sabablari mavjud:
1.
agar mahsulot, birinchi navbatda, zarur mahsulot bo„lsa (necessities).
Masalan: non, tuz, suv;
2.
agar mahsulotning o„rin bosuvchi mahsulotini topish qiyin bo„lsa (boshqa
turdagi mahsulot iste‟moliga o„tish qiyin bo„lsa);
3.
agar nisbatan arzon mahsulot bo„lsa. Masalan: 50 so„mlik mahsulot 3
barobar oshganda 150 so„mga aylanadi, farq 100 so„m, 100 000 so„mlik mahsulot 3
barobar oshganda 300 000 so„mga aylanadi, farq 200 000 so„m. 100 so„m 200 000
so„mga nisbatan xaridor quvvatiga kamroq ta‟sir qiladi. Demak, arzon mahsulotning
narxi bir necha barobar oshishi ham talabga katta ta‟sir qilmaydi;
4.
agar xaridni kechroqqa qoldirishning imkoni bo„lmasa. Masalan: avtomobil
yoqilg„isi tugayotganda, haydovchi yoqilg„ini yoqilg„i quyish shaxobchasining
belgilagan tijorat narxida olishga majbur bo„ladi. Narxning qimmat yoki arzon
bo„lishi mazkur holda ikkinchi darajaga aylanadi.
Narx o„zgarishining talab miqdoriga ta‟sirini hisoblash uchun umumiy
o„lchov birligiga tenglashtirib olishimiz lozim. Bunda raqamlarni foiz yoki
proporsiya ko„rinishiga keltirib, talabning narx elastikligini topamiz.
Talabning narx elastikligini topishda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bu yerda:
ε (grekcha harf “epsilon”) – elastiklik;
90
Δ (grekcha harf “delta”) – o„zgarish ko„rsatkichi;
Q (inglizcha quantity) – miqdor / son;
P (inglizcha price) – narx;
d (inglizcha demond) – talabni anglatadi.
Masalan:
Pista yog„ining narxi 40 foizga qimmatlashganda, unga bo„lgan talab 10
foizga tushdi. Talabning narx elastikligini topish formulasiga qo„yib elastiklikni
topamiz:
−10%/40% = −0,25
Zaytun yog„ining narxi 5 foizga arzonlashganda, unga bo„lgan talab 15 foizga
oshdi. Talabning narx elastikligini topish formulasiga qo„yib, elastiklikni topamiz:
15%/−5% = −3
Endi bizda pista yog„i uchun −0.25, zaytun yog„i uchun –3 raqamlari mavjud.
Ammo bu raqamlar nimani anglatadi? Biz uchun raqamning musbat yoki manfiy
ekanligi emas, balki uning 0 (nol)dan katta yoki kichikligi muhum, chunki u
mahsulotga bo„lgan talabning elastik yoki noelastikligini ko„rsatadi.
Agar bo„linma (natija) 1 dan katta bo„lsa (ε > 1), mahsulot narxi elastik
(elastic) hisoblanadi. Ya‟ni narxning kam miqdordagi o„zgarishi ham talabga katta
ta‟sir etadi.
Agar bo„linma (natija) 1 dan kichik bo„lsa (ε < 1), mahsulot narxi noelastik
(inelastic) hisoblanadi. Ya‟ni narxning ko„p miqdordagi o„zgarishi ham talabga kam
ta‟sir etadi.
Agar bo„linma (natija) 0 ga teng bo„lsa (ε = 0), mahsulot narxi to„liq noelastik
(totally inelastic) hisoblanadi. Ya‟ni narxning o„zgarishi talab miqdoriga ta‟sir
qilmaydi.
Agar bo
‘
linma (natija)
∞
ga teng bo
‘
lsa (
ε
=
∞
), mahsulot narxi cheksiz
elastik (infinitily elastic) hisoblanadi. Ya‟ni narx o„zgarmagan taqdirda ham talab
oshib boradi.
91
Agar bo„linma (natija) 1 ga teng bo„lsa (ε = 1), mahsulot narxi birlik elastik
(unit elastic) hisoblanadi. Ya‟ni narxning bir birlik o„zgarishi talabning bir birlik
o„zgarishiga olib keladi, talab va narx bir xil proporsiyada o„zgaradi.
Dostları ilə paylaş: |