Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


 Moliyaviy ko„rsatkichlarni prognozlash. Moliyaviy risklarni boshqarish



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
10.3. Moliyaviy ko„rsatkichlarni prognozlash. Moliyaviy risklarni boshqarish.
Risk bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan 
ozgina chekinilganda, daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo„lib qolish 
ehtimolidir. Shu bilan birga, potensial investor tomonidan qo„yilgan pul mablag„larini 
yo„qotish mumkinligi hamdir. Moliyaviy risklar deganda, moliyaviy resurslarni, ya‟ni 
31
Remy Magneir-Watanabe, Entrepreneurship & Small Business Development, 2018, University of Tsukuba. 


98 
pul shaklidagi resurslarni yo„qotish xavfi tushuniladi. Moliyaviy risklarga inflatsion 
risk, deflatsion risk, valuta riski, likvidlilik riski, investitsion risk, kredit riski, foiz 
riski kiradi. 
Risk tahlilining maqsadi investorga investitsiya loyihasini amalga oshirishda 
qatnashishning maqsadga muvofiqligi to„g„risidagi qarorlarni qabul qilish va mumkin 
bo„lgan moliyaviy yo„qotishlardan himoyalanish bo„yicha chora-tadbirlar ishlab 
chiqish uchun kerakli ma‟lumotlarni taqdim etishdan iborat. 
Risklarning sifat tahlili risk omillari va turlarini aniqlash maqsadiga ega. 
Loyihaviy risklarning sifat tahlilini o„tkazish jarayonida loyiha bo„yicha aniq risk 
turlari aniqlanadi, ularni paydo bo„lish sabablari o„rganiladi, risklarni pasaytirish 
barcha takliflarda loyihani amalga oshirish oqibatlari tahlil qilinadi. Loyiha 
risklarining sifat tahlilida, eng avvalo, loyiha bo„yicha barcha risk turlari aniqlanadi, 
ya‟ni loyiha riski tarkibidagi texnik risklar, loyiha qatnashchilari riski, siyosiy risklar, 
huquqiy risklar, moliyaviy risklar, marketing risklar, ekologik risklar, harbiy risklar, 
qurilish-ekspluatatsion risklar va shu kabilar. Risklarning miqdor tahlili alohida 
risklar hajmini miqdor jihatdan aniqlash imkonini beradi Loyiha risklarini miqdor 
jihatdan tahlil qilishda quyidagi usullar qo„llaniladi:
─ tajriba/sezgirlik tahlili;
─ senariy tahlili ; 
─ Monte-Karlo usulida risklarni immitatsion modellashtirish.
Loyihaviy risklarning miqdoriy tahlilini o„tkazishda loyihaning hisob-
kitoblariga asoslanadi. 
Monte-Karlo usuli immitatsion modellashtirish yoki statistik modellashtirish 
deb ham aytiladi. Immitatsiya deganda, ushbu loyihaning ma‟lum parametrlarini va 
shartsharoitlarini o„zgartirib, uning turli xil variantalarini yaratish, amaliyotdagi 
vaziyatni immitatsiya qilish tushuniladi. Barcha immitatsiyalar natijasi statistik 
usulda son jihatidan hisoblab chiqiladi. Monte-Karlo usuli tashqi omillarning 
o„zgarishini maksimal darajada hisobga olinishini ta‟minlaydi. Monte-Karlo usulini 
qo„llashda zamonaviy kompyuter texnologiyalari bo„lishi zarur. Ularsiz hisob-


99 
kitoblar juda ko„p vaqtni oladi va mutaxassis bu murakkab jarayonda xatolarga yo„l 
qo„yishi mumkin. Ulardan Risk Master, Risk, Crystall Ball va boshqa kompyuter 
dasturlari tahlilga katta yordam beradi. Ko„p hollarda kompyuterlarning o„zi bir 
nechta parametrlarning o„zgargan miqdorini olib, loyihaning tasodif variantlarini 
ishlab chiqadi.
Monte-Karlo usulining asosiy bosqichlari:
─ usul modelini tayyorlash, ya‟ni tahlil uchun asos qilib olingan 
ko„rsatkichlarning (NPV, IRR, sof foyda, naqd pul oqimi va hokazo) matematik 
ko„rinishini kompyuterga kiritish lozim; 
─ ehtimollarni taqsimlash bosqichi, ya‟ni parametrlarning o„zgarish 
chegaralarini va ehtimollik qonuniyatlarini aniqlash; 
─ korrelyatsiya shartlarini belgilash;
─ o„zgaruvchan miqdorlarning o„zaro bog„lanishini ko„rsatib berish;
─ immitatsiya natijalarini yig„ish;
─ natijalarini statistik tahlil qilish. 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə