Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


-rasm Mumkin bo„lgan kelishuv zonasiga misol



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
12.2-rasm Mumkin bo„lgan kelishuv zonasiga misol
37
 
ZOPA (zone of possible agreement) (mumkin bo„lgan kelishuv zonasi) ikki 
tomonning zaxira narxlari kesishgan zonaga nisbatan qo„llaniladi, ya‟ni ikki tomon 
kelishuvga erishishi mumkin bo„lgan kelishuv hududi.
Value creation through trades (Savdolashish orqali qiymat yaratish). Agar 
zaxira narxlari kesishmasa, ZOPA mavjud bo„lmasa, kelishuvga erisib bo„lmaydi. 
Ammo savdolashish orqali qiymat yaratish mumkin, ya‟ni boshqa tomondan naflilik 
yaratish hisobiga mazkur shartnomada yon bosishga erishish mumkin. Masalan, 
narxida kelisha olinmaganda boshqa naflilik yaratish (tez yetkazish, sifatini yuqori 
saqlash, qo„shimcha servislar ko„rsatish) hisobiga narxini kelishish mumkin.
37
Tsutomu Yokose Negotiation Strategy, 2018, IUJ 


114 
Muzokaralarga yondashuv har xil bo„lishi mumkin. Samarali muzokara tashkil 
qilish uchun psixologik tayyorgarlik, strategiya va nazariy tayyorgarlik, madaniyatlar 
bilan tanishlilik va bag„rikenglik, muzokara tajribasi, muloqot qilish ko„nikmalari 
kerak bo„ladi. 
Muzokaralarning muvaffaqiyatsizligiga quyidagilar sabab bo„lishi mumkin: 
─ qaysarlik; 
─ ishonchsizlik; 
─ axborot bo„shlig„i; 
─ tizimdagi to„sqinliklar; 
─ tortishuvchilar (zo„ravonlik); 
─ jins va madaniyatdagi farqlar
─ muloqotdagi to„sqinliklar; 
─ dialogning kuchi; 
─ shaxsiy antipatiya. 
Madaniy farqlar geografik, sanoat, kompaniya, bo„limlardan kelib chiqib, har 
xil bo„lishi mumkin. 
 
 


115 
Talaba bilimini nazorat qilish hamda mustahkamlashga oid savol va 
topshiriqlar 
 
1. 
Muzokaralarda nimalarga e‟tibor berish lozim? Muzokarada o„zingiz xohlagan 
maqsadga erishish uchun nimalar qilasiz?
2. BATNA, Reservation price, ZOPA, Value creation through trades, win & win, 
win & lose, lose & lose muzokaralarga misol keltiring. 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə