Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


 Madaniyatdagi tafovut va madaniy shok holatlari



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
13.2. Madaniyatdagi tafovut va madaniy shok holatlari.
Korporativ madaniyat va yozilmagan qoidalar. 
Madaniyatdagi tafovut bir madaniyatning boshqa madaniyatdan keskin farq 
qilinishi, ya‟ni bir madaniyatda bajarish mumkin bo„lmagan ish boshqasida, aksincha, 
bajarish rag„batlantirilishi mumkin. Madaniyatning turfa xilliligi turli qarashdagi 
insonlarning o„zaro ishlashida kelishmovchiliklar va nizolarga sabab bo„lishi mumkin. 
Biroq ish to„g„ri tashkil qilinsa, bag„rikenglik bilan munosabat o„rnatilsa, ish 
unumdorligi va samaradorligi oshishi amaliyotda ko„p sinalgan. Biroq 
madaniyatlarning o„zaro keskin farqlanishi yoki u haqida ma‟lumotning mavjud 
emasligi, odatda, ish jarayonlaridagi tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi.
Madaniy shok holatlari inson o„zidan boshqacha bo„lgan madaniy muhitga 
tushib qolganida boshidan o„tkazadigan kutilmagan tajriba bo„lishi mumkin, 


118 
shuningdek, immigratsiya yoki boshqa mamlakatga sayohat qilish natijasida o„zi 
uchun yangi ijtimoiy muhitda o„zining doimiy muhiti va madaniyatidan keskin farq 
qiluvchi hodisa, jarayon yoki narsalar bilan duch kelgandagi hissiyot. 
Odatda, bunday umumiy muammolarga quyidagilar sabab bo„lishi mumkin: 
axborotning haddan tashqari ko„pligi; til bilan bog„liq to„siqlar; ikki avlod o„rtasidagi 
farq; texnologiyadagi farq, ma‟lumot/ko„nikmalarning o„zaro bog„liqligi; uy, vatanni 
sog„inish, qo„msash (ishga bog„liqlik), javob qaytara olish / kommunikabellilik 
qobiliyati (madaniy mahorat to„plami). 
13.1-rasm. Madaniy
shok holatiga misol
38
 
Ba‟zi tadqiqotchilar tomonidan biznes madaniyati tushunchasi ko„p jihatdan 
korporativ madaniyat tushunchasi bilan sinonim deb qaraladi. Shu tariqa korporativ 
madaniyat ma‟naviy qadriyatlar va ular tomonidan aniqlangan tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug„ullanish yo„llari yig„indisidir. Agar biz milliy biznes madaniyati haqida 
gapiradigan bo„lsak, bu biznes bilan shug„ullanish tartibini belgilaydigan milliy 
muhitda qadrlanadigan qadriyatlarni nazarda tutadi. 
 
38
Culture Shock https://www.honorsociety.org/articles/how-you-can-reduce-effects-culture-shock 


119 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə