Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

12.1-rasm. Muzokaralardagi holatlar
36
Biznesda muzokaralar ko„p bosqichli va ko„p tomonlama bo„lishi mumkin. 
Ko„p bosqichli muzokaralar bir qancha bosqichlarda yuzaga keladi, muzokara 
jarayoni uzoq davom etishi mumkin. Masalan, biznes kompaniyalarning birlashishi
biznesni qo„shib olish, strategik hamkorlik va shartnomalarda kuzatish mumkin.
Ko„p tomonlama muzokaralar bir qancha tomonlar ishtirokida yuzaga keladi. 
Har bir tomon o„z manfaati yuzasidan muzokaralarda qatnashadi. Masalan, sotuvchi, 
xaridor va yetkazib beruvchi ishtirokida. Shuningdek, uchunchi tomon sifatida bank, 
sug„urta kompaniyalar va boshqa qiziqishi bor tomonlar qatnashishi mumkin.
 
12.3. Kommunikatsiya usullari. BATNA, Reservation price, ZOPA, Value 
creation through trades, cross cultural communications, win & win, win & lose, 
lose & lose muzokara jarayonida samarali qo„llash 
Muzokaralarning muhim konseptlari BATNA, Reservation price, ZOPA, Value 
creation through trades. 
BATNA (best alternative to a negotiated agreement) (kelishilgan shartnomaga 
eng yaxshi alternativ) kelishilayotgan shartnoma amalga oshmaydigan taqdirda eng 
36
Tsutomu Yokose Negotiation Strategy, 2018, IUJ. 


113 
muqobil variantning borligidir. Agar BATNA bo„lsa, muzokaralarda ta‟sir kuchi 
yuqoriroq bo„ladi va boshqa alternativ variantni tanlash hisobiga masalani hal etish 
mumkin bo„ladi.
Reservation price (Zaxira narxi) muzokaralarda qanchalik yon bosa olish 
darajasini ko„rsatadi. Masalan, muzokara ijobiy yakunlanishi uchun narxni 
qanchagacha tushirish imkoniyati bor yoki yetkazib berish muddatini qanchagacha 
kamaytirish mumkin va hokazo. Albatta, kamroq yon bosish hisobiga nafliroq 
shartnoma imzolash mumkin, biroq muzokara boshi berk ko„chaga kirmasligi uchun 
yon bosishda zaxira narxining ahamiyati katta.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə