Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
 


116 
13-bob. BIZNES-ETIKA 
 
13.1. Biznes-etika. Qonunda taqiqlangan xatti-harakatlar.
Biznes me‟yorlari va qoidalari. 
Biznes-etika (axloqi) (korporativ etika deb ham ataladi) ish muhitida yuzaga 
kelishi mumkin muammoli holatlarning axloqiy me'yorlar bilan bartaraf etilishi yoki 
oldining olinishidir. Biznes-etika va korporativ madaniyat yaxshi shakllangan 
tashkilotlarda ishlash muhiti ham ijobiy bo„ladi.
Axloqiy me‟yorlar tashkilotning maqsadlariga erishish uchun muvaffaqiyatli 
ishlashiga hissa qo„shadigan yoki tashkilotning parchalanishiga olib keladigan 
to„siqlarni keltirib chiqaradigan guruhdagi munosabatlarning regulyatori vazifasini 
bajaradi. Agar ma‟muriyat axloqiy munosabatlar tartibga solinmasa, tartibga solish 
jarayoni o„z-o„zidan rivojlanishi mumkin. 
Tashkilot boshlig„ining obro„sini aks ettiradigan asosiy xususiyatlar guruhlari 
uning imijini tashkil etadi va ular quyidagilardir: shaxsiy xususiyatlar; ijtimoiy 
xususiyatlar; rahbarning shaxsiy missiyasi; rahbarining qiymat yo„nalishlari. 
“Ichki imij” tashkiloti rahbari va xodimlar bilan o„zaro munosabati asosida 
tavsiflanadi, aniqrog„i, tashkilot xodimlarining rahbarni idrok qilishi bilan. Rahbar 
xodimlarda ijobiy qiyofasini yaratish uchun harakat qilish kerak va buning uchun 
rahbar o„zi mehnat qilish kerak bo„ladi. Kichkina tashkilotda menejer barcha 
xodimlar bilan bevosita muloqot qilish orqali o„z imijini shakllantirish imkoniyatiga 
ega. 
“Tashqi imij” rahbarning tashqi muhit tomonidan idrok etilishidir. O„z 
navbatida, “umumiy ko„rinishi” imiji (bevosita tashkil etish bilan bog„liq bo„lmagan 
kompaniya rahbarlari idroki) tashkilotning bevosita ishbilarmonlik muhiti, 
“to„g„ridan to„g„ri ko„rinishi” imiji tashkilotning biznes sheriklari (mijozlar, yetkazib 
beruvchilar, raqobatchilar) tomonidan idrok etilishidir. 


117 
Rasmiy korporativ madaniyatning mavjudligi deb, agar tashkilotning 
qadriyatlari, xatti-harakati va me‟yorlari belgilanishiga aytiladi. Bir necha yillar 
davomida bozorda faoliyat ko„rsatib kelayotgan kompaniyaning tegishli qoidalari 
tashkilotning ideal modeli va elementlarini joriy etish, mavjud korporativ 
madaniyatini hujjatlashtirishni anglatadi. Tegishli hujjatlar korporativ madaniyat 
rasmiy taqdimoti bo„lib, kompaniyaga bir qator afzalliklari beradi: xodimlar, ularning 
bir butunning qismi ekanligini his etishi, ularning tez va iqtisodiy samarali natijaga 
erishish imkonini beradi. 
Korporativ madaniyat muayyan tashkilotning ma‟lum standartlarga tushishi
xodimlarining o„tkazish me‟yorlari va qoidalarini rasmiylashtirish zarurligiga 
kompaniya strategik rivojlantirish missiyasi, maqsadlari muvofiq va mos rivojlangan 
bo„lishi lozim. 
Biznes me‟yorlari va qoidalari ko„p yillar mobaynida biznes muhitida 
shakllangan va barcha biznes ishtirokchilari tomonidan birdek qabul qilingan
yozilgan va yozilmagan qoidalardir.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə