Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


 Plagiarizm va benchmarking. Biznesda firibgarlik



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

13.3. Plagiarizm va benchmarking. Biznesda firibgarlik.
Reputatsiya va imij uzoq muddatli manfaatli hamkorlik va ishonch garovi.
Ijtimoiy mas‟ullik va javobgarlik.
Benchmarking o„rnak bo„luvchi lider yoki etalon korxona yoxud firmadan 
uning ustun jihatlarini o„ganish va tatbiq qilishdir. Ammo benchmarking ko„r-
ko„rona taqlid qilish va plagiarizmdan farq qiladi. Benchmarkingda liderning ijobiy 
jihatlarini o„rganish va korxonaga ularni moslashtirgan holda foydalanishda biznes-
etika qoidalaridan chetga chiqilmaydi. Benchmarking biror firmaning kuchsiz 
tomonlari va biznes jarayonini boshqa o„xshash sohadagi firma bilan solishtirish
undan tajriba o„rganish. 
13.2-rasm. Plagiarizmga misol
39
Plagiat boshqa muallif “til, fikr, g„oyalar yoki ifodalar”ining o„ziniki sifatida 
ifodalanishi yoki noto„g„ri tarzda mualliflik yoki snoskani ko„rsatishi.
39
Fake Adidas Logos https://www.google.nl/search?q=adidas+logo+imitation 


120 
13.3-rasm. Benchmarkingga misol
40
13.4-rasm. Benchmarking yoki imitatsiya
41
 
40
Kasimov O. Biznes muhiti: nazariya va amaliyot fanining o„quv-uslubiy majmuasi. – T.: TDIU, 2018. 
41
Kasimov O. Biznes muhiti: nazariya va amaliyot fanining o„quv-uslubiy majmuasi. – T.: TDIU, 2018. 


121 
Family water brendi ham Nestle Pure Life brendiga taqlid qilingan. Family 
water suvlarini ishlab chiqarish va sotishda Nestle savdo belgisi grafik elementlaridan 
foydalangani to„g„risidagi Family Group‟ga qarshi da‟vo taqdim etilgan. Nestle Pure 
Life mineral suvlariga taalluqli bo„lgan, qo„llarini yuqoriga ko„targan odamlarning 
uslublashtirilgan siymosi (bir rangda ishlangan kontur surat), shuningdek, markazdan 
taraluvchi ko„k-moviy nurlar manzarasidagi aylana ana shunday qismlardan sanaladi. 
Biroq sud munozarasi benchmarking yoki imitatsiya ekanligi yuzasidan bir to„xtamga 
kelishi qiyin bo„ldi. Nestle ikki marotaba ham Toshkent shahar xo„jalik sudida hamda 
Oliy xo„jalik sudida yutib chiqishiga qaramay, Family water o„z etiketkasi va 
logotipini saqlab qoldi.
Reputatsiya va imij uzoq muddatli manfaatli hamkorlik va ishonch garovi 
hisoblanadi. Reputatsiya tashkilot/shaxs haqida jamiyatning ijtimoiy bahosi, u 
haqidagi fikridir. Reputatsiya uzoq vaqt mobaynida tashkilot/shaxsning faoliyati, u 
yoki bu hodisaga qarashlari va munosabati natijasida shakllanadi. U ijobiy yoki 
salbiy bo„lishi mumkin. 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə