Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


-rasm. Inson menejmentining evolyutsiyasi



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
11.1-rasm. Inson menejmentining evolyutsiyasi
32
 
Mehnat unumdorligi ishni samarali tashkil qilish, tajriba, bilim va ko„nikma
evaziga yuqori samaradorlikka erishish.
Mehnat taqsimoti - mehnat turlarining bir-biridan ajralib, mustaqil ahamiyat 
kasb etishi; mehnat turlarining ixtisoslashuvi. Mehnat taqsimoti yuz berganda, bir 
mehnat turidan ikkinchisi, ikkinchisidan uchinchisi va h.k. ajralib chiqadi va shu 
jarayon uzluksiz davom etaveradi. Har bir mehnat turi mustaqil vazifani boshqa 
mehnat turlari bilan bogʻlanib, ishlab chiqarishda qatnashgan holda bajaradi. Mehnat 
taqsimoti mehnat turlarini koʻpaytirib, ularni ayrim kishilarga kasb sifatida biriktirib 
32
Shinichi Hirose HR and Talent Managerment, 2018, IUJ. 


103 
qoʻyadi. 21-asr boshlarida mehnat taqsimoti tufayli dunyoda 30 ming xil kasb mavjud 
boʻldi. Mehnat taqsimoti mehnat unumdorligini oshiradi. 
 
11.2. Jamoada ishlash, korporativ madaniyat. Guruh va Jamoa. Menejer va 
Lider. Treyning va malaka oshirishni tashkil etish. Autsorsing yoki insorsing. 
Talant menejment. Kadrlar tayyorlash dasturi 
Guruh atamasi bir maqsad yo„lida birlashmagan va o„zaro hamjihatlikda 
harakatlanmagan insonlar jamlanmasiga nisbatan qo„llaniladi. Jamoa atamasi esa 
guruhdan farqli ravishda hamjihatlikda, bir- birni qo„llagan holda, mehnat taqsimoti 
to„g„ri tashkil qilingan insonlar jamlanmasiga nisbatan qo„llaniladi. 
Jamoada ishlash va individual ishlash biri-biridan faqri qiliadi. Individual 
tarzda ishlanganda barcha mas‟uliyat bir inson zimmasida bo„ladi. Jamoada tarzida 
ishlanganda esa jamoaviy tarzda ish yuritiladi. Ikki usulning ham ijobiy ham salbiy 
jihatlari mavjud, ammo jamoa tarzda ishlanganda, mehnat unumdorligi, ish 
samaradorligi yuqoriroq bo„ladi. Shu o„rinda ishni to„g„ri tashkil qilish, to„g„ri 
mehnat taqsimotini yo„lga qo„yish, liderlik va kommunikatsiyaning ahamiyati jamoa 
ishlashda oshadi.
Menejement tartib va izchillikni talab qiluvchi, murakkab bo„lgan holatni 
yengib o„tish uchun rejalashtirish, budjetni shakllantirish, ishni tashkil qilish, 
xodimlar bilan ishlash, nazorat qilish va barqarorlikni ta‟minlash singari vazifalarni 
bajarishdir. 
Liderlik tez o„zgaruvchan, raqobatbardosh muhitda murakkab bo„lgan holatni 
yengib o„tish uchun uzoqni ko„ra bilish, yo„llarni belgilash, boshqalarni 
ilhomlantirish, turtki berish, ruhlantirish singari vazifalarni bajarishdir. 


104 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə