Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

2.2-rasm. Kanvas biznes modeli
10
 
Kanvas biznes modeli bu yana bitta soddalashtirilgan biznes-model bo„lib, u 
o„z ichiga quyidagilarni oladi: xaridorlar, xaridorlar bilan munosabat, distributsiya 
(taqsimot) tizimi, xaridor uchun qiymat (qadrlilik) taklifi, asosiy faoliyat va tadbirlar, 
asosiy resurs manbalari, muhim hamkorlar, tannarx va xarajatlar, foyda. Ya‟ni 
biznes-modelni tuzishda yuqoridagi jihatlar bo„yicha sizda aniq javob va yo„l xaritasi 
bo„lishi lozim.
 
 
10
Osterwalder, A., Pigneur, Y. and Clark, T. Business model generation, 2010, Alexander Osterwalder & Yves Pigneur, 
Amsterdam. 


27 
2.3. SWOT, PEST va boshqa biznesni tahlil qilish usullaridan samarali 
foydalanish 
 
SWOT tahlili eng sodda tahlil usularidan biri hisoblanadi. S – strength, ya‟ni 
kuchli / ustun jihatlari, W – weakness, ya‟ni kuchsiz / kamchiliklari, O – opportunity, 
ya‟ni imkoniyatlar / istiqbollar, T – threats, ya‟ni xavf-xatar / mavjud risklar 
baholanadi va tahlil qilinadi. 
2.3-rasm. SWOT tahlili matritsasi
11
 
PEST yoki STEP tahlili tashqi biznes muhitini tahlil qilishga mo„ljallangan 
tahlil usuli. P – political, ya‟ni siyosiy holat, siyosiy xavf-xatarlar o„rganiladi. 
Masalan: davlat ustida turgan siyosiy partiyalar qanchalik turg„un, qonunlar va 
me‟yoriy hujjatlar qanchalik tez o„zgaradi? Investitsion muhit va biznes yuritish 
muhitiga davlatning ta‟siri qanday? E – economical, ya‟ni iqtisodiy holat o„rganiladi. 
Masalan: makroiqtisodiy va boshqa iqtisodiy ko„rsatkichlar (YaIM, YaMM, 
inflatsiya, ishsizlik, banklarning % stavkalari) tendensiyasi qanday? Bozor 
konyunkturasi, raqobat, iste‟molchilarning xarid qobiliyati va boshqa omillar 
11
Lawrence G Fine, The SWOT Analysis: Using Your Strength to Overcome Weaknesses, Using Opportunities to 
Overcome Threats, 2009, Createspace. 


28 
o„rganiladi. S – social, ya‟ni ijtimoy holat o„rganiladi. Masalan: demografik holat, 
aholi soni va uning tarkibi, madaniyati, irqi, jinsi, dini, ta‟lim darajasi, urbanizatsiya 
darajasi va hokazo. T – technologies, ya‟ni texnologiyaning rivojlanganlik darajasi. 
Qanchalik zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi? Yangi texnologiyalarni tatbiq 
qilish mumkinmi? Bu texnologiyalardan foydalanishga iste‟molchilar tayyormi? 
Zamonaviy texnologiyalarni qo„llay oladigan mutaxassis kadrlar bormi? 
Ansoff matritsasi mahsulotning yangiligi (innovatsionligi) yoki bozorning 
mavjudligidan kelib chiqib, tegishli biznes strategiyasi ishlab chiqishga qaratilgan 
matritsadir. Ansoff matritsasi 4 qismdan iborat bo„lib, mavjud bozorga kirish (market 
penetration), yangi mahsulot yaratish (product development), yangi bozorlar topish 
(market development) va diversifikatsiyani (diversification) o„z ichiga oladi. 
Shuningdek, mazkur matritsaga nisbatan quyidagi strategiyalarni qo„llash mumkin. 
Mavjud bozorga kirib borish (Existing market), birinchi bo„lish (First mover 
advantage), narxni keskin pastlatib bozorga kirish (Deep price penetration), mavjud 
iste‟molchilarning iste‟mol miqdorini oshirish (Product usage). 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə