Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


-jadval Biznesning qo„shib olinishidagi yirik xaridlar



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

4.1-jadval
Biznesning qo„shib olinishidagi yirik xaridlar 
Yil
Sotib olgan
Sotilgan
Narxi, mlrd. 
AQSh dollari
1998 
Exxon 
Mobil 
77.2 
1999 
Vodafone Airtouch 
Mannesmann 
183.0 
2000 
America Online Inc. 
Time Warner 
164.747 
2004 
Royal Dutch Petroleum Co. 
Shell Transport & Trading Co 
74.559 
Bizneslarning birlashishi esa biznesning qo„shib olinishidan farqli ravishda 
korxonalar bitta korxonaga birlashadi va ikki korxona aksiyadorlarini yangi umumiy 
korxonaning egasiga aylanadi. Odatda, bizneslarning birlashishi kuchsizroq 


44 
korxonalarning kuchli korxonaga nisbatan ittifoqi bo„lib, birgalikda unga qarshi 
raqobatlashish imkoniyatini oshiradi.
Ba‟zan ta‟sischi biznesdan chiqishni istashi yoki majbur bolishi mumkin. 
Bunda mulkchilik shaklidan kelib chiqib, kompaniya a‟zolari yoki tashqi 
investorlarga aksiya yoki ulushi sotilishi mumkin. Ammo bu holatda insider 
ma‟lumoti qoidasiga amal qilinishi lozim. Agar bu sotish shubhali yoki qalloblik 
qilingan deb topilsa, insider ma‟lumotining suieste‟mol qilinishi bo„yicha ayblov 
qo„yilishi mumkin. 
Ba‟zida kompaniyani tashkil qilgan shaxs ham kompaniyadan haydalishi 
mumkin. Masalan: “Apple” asoschilaridan biri Stive Jobs bu kompaniyani1976-yilda 
tashkil qiladi, 1980-yillarning boshlarida shaxsiy kompyuterlar bozorida yetakchiga 
aylanadi. Shaxsiy kompyuterlar bozorini 3 yilda 1 milliarddan ortiq yillik savdoga 
ega bozorga aylantiradi. Ammo keyinchalik raqobatchilarning kuchayishi hisobiga 
“Apple” bozordagi mavqeyini boy beradi. Natijada Jobs uni 1985-yil tark etishga 
majbur bo„lgan. Barcha aksiyalarini sotib, o„rniga yangi “NEXT” va “PIXAR” 
kompaniyalarini tuzadi. Jobs bu yangi kompaniyalari bilan yana muvaffaqiyatga 
erishadi, ammo Jobsiz qolgan “Apple” tanazzuldan chiqib keta olmaydi. Keyinchalik 
Jobs 1996-yil yana “Apple”ga qaytadi. “Apple” Jobsning “NEXT” kompaniyasini 
qo„shib oladi. “Apple”ga qaytgan Jobs kompaniyani qayta qurishga yangi vision, 
missiya va maqsad yo„lida yangi rivojlanish strategiyasini tuzib chiqadi. Natijada 
“Apple” yana serdaromad innovatsion kompaniyaga aylanadi.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə