Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
 


45 
Talaba bilimini nazorat qilish hamda mustahkamlashga oid savol va 
topshiriqlar 
 
1. 
Bizneslarning birlashishiga misol keltiring. Nima uchun ushbu kompaniyalar 
birlashgan? 
2. Biznesning qo„shib olinishiga misol keltiring. Nima uchun ushbu kompaniya 
qo„shib olingan? Qo„shib olish muvaffaqiyatli chiqqanmi? Uni tahlil qiling. 
 
 


46 
5-bob. MAVJUD BIZNESNI (KORXONANI) XARID QILISH
 
5.1. Tayyor biznesni xarid qilishning ustunligi va kamchiligi. Tayyor biznesni 
baholash. Gudvil va bedvil (Goodwill vs Bad will) 
 
Agar siz biznesni tashkil qilmoqchi bo„lsangiz, uni noldan tashkil qilish o„rniga 
mavjud biznesni xarid qilishingiz ham mumkin. Tayyor biznesni xarid qilishdan oldin 
o„zingizga bir nechta savollarni bering: 
─ Siz faoliyat yuritmoqchi bo„lgan soha yoki faoliyat turiga mos biznes 
sotuvdami yoki yo„q? 
─ Sizda mazkur biznes soha yoki faoliyat turi bo„yicha ish-tajriba, bilim va 
ko„nikmangiz bormi? Qanchalik shu sohaga oid tajriba va bilimning bo„lishi sizning 
muvaffaqiyatingiz uchun muhim omil hisoblanadi?
─ Kompaniyaning potensiali qanchalik katta? 
─ Biznesning to„liq potensialini ochish uchun shu biznesni qanchalik 
o„zgartirish kerak va rejalashtirilgan darajada o„zgartirish imkoniyatiga egamisiz? 
─ Qanday xarid sharti va narxi siz uchun hamda sotuvchi uchun qulay? 
─ Kompaniya yaqin/o„rta kelajakda o„zini-o„zi oqlab, sizga yetarli darajada 
foyda bilan investitsiyangizni qaytaradimi? 
─ Balki noldan boshlab o„zingiz tashkil qilishingiz siz uchun manfaatliroqdir? 
Tayyor biznesni baholashda 5 ta narsaga alohida e‟tibor qaratish lozim: 
1.
Biznesni sotuvchining motivatsiyasiga, ya‟ni nega u o„z biznesini sotmoqda? 
2.
Aktivlarning qiymati/holati qanday? Masalan: zavodning holati, debitorlik 
qarzi, kreditorlik qarzi, biznes va buxgalteriya hisobotlarining yuritilganlik sifati
nomoddiy kapital, joylashgan joyi va hozirgi holati. 
3.
Bozor va biznesning potensiali qanday? Ishlab chiqarish quvvatlarining 
potensiali, yangilik darajasi, xaridorlarning xarakteristikasi, raqobatchilar tahlili 
o„rganilishi lozim 


47 
4.
Huquqiy asoslar qanday holat, ya‟ni huquqiy tomondan nimalarga tayyor 
turishingiz lozim? 
5.
Moliyaviy holat qanday holatda? Biznes moliyaviy tomondan o„zini 
oqlaydimi? 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə