Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
 


52 
Talaba bilimini nazorat qilish hamda mustahkamlashga oid savol va 
topshiriqlar 
1. 
South West Airlines raqobatchisi “Morris Air”ni nima uchun xarid qilgan deb 
o„ylaysiz? David Neelemanning South West Airlines bilan 5 yil mobaynida raqobat 
qilmaslik shartiga qanday baho berasiz? 
2. Kompaniyaning moliyaviy balansini baholaganda balansda yozilgan qiymat bilan 
emas, real bozor bahosi bilan qiymat hisoblanishi qanchalik o„rinli. O„z 
mulohazangizni bildiring. 
 
 


53 
6-bob. FRANCHAYZING VA TADBIRKORLIK 
6.1. Franchayzing nima? Franchayzing biznesning shakli sifatida afzalliklari va 
kamchiliklari. Franchayzing turlari. Franchayzing huquqiy asoslari 
Franchayzing brend, texnologiya hamda boshqa kapital va xizmatlardan 
foydalanish huquqini berish hisoblanadi. 
Franchayzer shu huquqni foydalanish uchun sotuvchi yoki beruvchi tomon 
hisoblansa, franshizi esa huquqni sotib oluvchi tomon hisoblanadi. 
AQShda 3000 dan ortiq franchayzer 770 000 dan ortiq savdo/ishlab 
chiqarish/xizmat ko„rsatish sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. 
Har yili franshizi orqali 800 milliard AQSh dollari yoki 4,1 % AQSh YaIM 
hajmiga teng mahsulot va xizmatlar ko„rsatiladi.
Franchayzing AQSh iqtisodiyotiga ta‟siri 2,1 trillion AQSh dollariga teng. 
Franchayzingda bir qator to„lov turlari mavjud. Jumladan, paushal to„lovi, 
franchayzing boshlanish vaqtida bir martalik amalga oshiriladigan to„lov turi. U 
odatda, boshlang„ich sarmoyaning 9-11 %ini tashkil qiladi. Royalti to„lovi esa savdo 
belgisi va texnologiyadan foydalanish huquqi uchun to„laniladigan oylik yoki yilllik 
to„lov turidir. Royalti to„lovi savdo aylanmasining 2-6 %ini yoki oldindan 
belgilangan summa bo„lishi mumkin. Shuningdek, reklama to„lovi ham mavjud 
bo„lib, u ham savdo aylanmasining 1-3 %ini yoki oldindan belgilangan summa 
bo„lishi mumkin.
Franchayzingning quyidagi turlari mavjud: 
Savdo belgisini franchayzing qilish. Bunda faqat savdo belgisidan foydalanish 
huquqi berladi. Texnologiya va boshqa nomoddiy kapitallar berilmaydi. 
Mahsulot distributsiyasini franchayzing qilish. Bunda savdo belgisidan 
foydalanish huquqi bilan birga franchayzer o„zining distributsiyasidan foydalanish 
huquqini ham beradi. Texnologiya va boshqa nomoddiy kapitallar berilmaydi. 


54 
Sof franchayzingda savdo belgisidan foydalanish huquqi, shuningdek,
texnologiya va boshqa nomoddiy kapitallardan foydalanish huquqini olinadi.
Shuningdek, franchayzingning vakolatidan kelib chiqib uni to„g„ridan - to„g„ri 
franchayzingga, subfranchayzingga (hudud kesimida) va master franchayzingga 
(davlat yoki davlatlar kesimida) bo„lish mumkin. To„g„ridan - to„g„ri franchayzingda 
franchayzi franchayzerdan vositachilarsiz, to„g„ridan to„g„ri franchayzingdan 
foydalanish huquqini oladi. Subfranchayzingda hudud kesimida bir franchayzi shu 
savdo belgisi va texnologiyadan o„zi foydalanishi hamda boshqa uchinchi tomonga 
foydalanish huquqini sotishi mumkin. Master franchayzingda davlat yoki davlatlar 
kesimida uchinchi tomonga foydalanish huquqini sotishi mumkin. Odatda, master 
franchayzing huquqini olgan korxona shu davlat yoki davlatlarda franchayzing 
beruvchining vakili shaklida uning nomidan ish yuritishi mumkin. 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə