Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


 Biznesni kengaytirishda franchayzingdan foydalanish. Franchayzing



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
6.2. Biznesni kengaytirishda franchayzingdan foydalanish. Franchayzing 
jahon tajribasida. 
 
Agar korxonaning moliyaviy imkoniyatlari yangi geografik hududlarga 
kengayish imkoniyatini bermasa, risk qilishni istamasa, unda franchayzingdan 
foydalanish hisobiga kengayishi mumkin. Masalan: Coca Cola dunyo bo„ylab faqat 
sanoqli hududlardagina Coca Cola mahsulotlarini o„zi qadoqlab chiqaradi. Asosan, 
franshizi va autsorsing qilingan qadoqlovchi kompaniyalar Coca Cola mahsulotlarini 
qadoqlaydi. Coca Cola esa texnologiya, nomi, konsentrat sotish hisobidan 
mo„maygina daromad ko„radi. Qadoqlovchi kompaniyalar esa juda kam foyda 
ko„radi.
Franchayzingdan foydalanishdan maqsad: 
─ to„liq shakllangan biznes modeldan, iste‟molchilar tasavvurida ijobiy imij va 
brendga ega korxona va mahsulot nomidan foydalanish; 
─ franchayzerning tajribasi, bilim va nou-xaulariga erishishdan iborat. 


55 
Shuning uchun, hatto, kuchli brendga ega bo„lmagan kompaniyalarning ham 
franshizilari mavjud. Franchayzer franshizi hisobidan mahsulot geografik sotuv 
hududini kengaytirishi, iqtisodiy miqyos (samara), sinergiya effektlariga osonroq 
erishishi mumkin.
6.3. Qo„shma korxona, filial va franchayzingdan korxona ichki imkoniyatlari va 
bozor potensialidan kelib chiqib, samarali foydalanish 
Kompaniya kengayish maqsadida nafaqat franchayzing, balki boshqa 
usullardan ham samarali foydalanishi mumkin. 
Agar bozor potensiali yuqori va jozibali bo„lsa, kompaniya to„g„ridan to„g„ri 
o„zi investitsiya qilgani ma‟qul. Masalan, McDonalds Moskvada o„zining fast food 
restoraniga ega. Shahar aholisining ko„pligi, poytaxt ekanligi, aholining to„lov 
qobilyati yuqori ekanligi, ochilish vaqtida McDonalds kabi jahon darajasidagi fast 
food restoranlarining yo„qligi McDonalds uchun jozibali bo„lgan. Natijada 
McDonalds o„zi filialini ochadi. Bu filial bo„lganligi uchun to„liq nazorat qilish va 
to„liq foydani olish imkoniyati mavjud. Agar risk darajasi yuqoriroq bo„lganida 
risklarni bo„lishish maqsadida qo„shma korxona tashkil qilish mumkin edi. Bunda 
masalan, McDonalds o„z brendi, texnologiyasi, tajribasi bilan nomoddiy kapitalni 
tiksa, mahalliy investor mablag„, bino-inshoot bilan qatnashishi mumkin. Agar 
franchayzer risk qilishni istamasa, faqat brend, texnologiyasi, tajribasi beradi. 
Franshizining qanchalik samarali yoki samarasiz ish yuritishidan qat‟i nazar doimiy 
belgilangan franchayzingdan qo„shimcha daromadga ega bo„ladi. 
Kanibalizm effekti bir korxonaning bitta kategoriyadagi bir necha 
mahsulotlarining yoki savdo belgilarining o„zaro raqobatlashuviga nisbatan 
qo„llaniladi. Masalan, P&G kompaniyasi Tide, Areal, Mif savdo belgilari ostida kir 
yuvish kukunini ishlab chiqaradi. Uchta savdo belgisi o„zaro bir bozorda faoliyat 
yuritishi natijasida savdo hajmi bir-biriga teskari proporsional tarzda o„zgaradi, ya‟ni 
bitta brendining savdosining oshishi ikkinchisining savdo hajmi kamayishi hisobiga 


56 
amalga oshishida kanibalizm effektini ko„rishimiz mumkin. Agar franchayzi va 
franchayer hududlarni to„g„ri taqsimlamasa, samarali boshqarmasa, franchayzingda 
ham kanibalizm effekti kuzatish mumkin. 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə