Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


 Marketing intellekti. Noyob savdo taklifi (unique selling proposition)



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

7.3. Marketing intellekti. Noyob savdo taklifi (unique selling proposition). 
Segmentatsiya va maqsadli guruh. Segmentlarga to„ri ajratish va tanlash 
Marketing intellekti (tekshiruv) doimoiy tarzda bozordagi holat, yangi trendlar, 
raqobatchilarni kuzatish va u asosida tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqishdan 
iboratdir. Marketing tadqiqotidan farqli ravishda marketing intellekti domiy tarzda 
olib boriladi hamda ochiq va ikkilamchi ma‟lumotlardan ham foydalaniladi. Agar 
masalaga chuqurroq aniqlik kiritish ehtiyoji tug„ilsa, marketing tadqiqoti olib 
boriladi. 
Noyob savdo taklifi xaridor/iste‟molchi uchun mahsulotdan oladigan noyob 
foydasi bo„lib, raqobatchilar uni taklif qila olmasligi lozim. Xaridor/iste‟molchi 
uchun mahsulotdan oladigan foydasi nafaqat moddiy, balki nomoddiy yoki 
psixologik bo„lishi mumkin. Noyob savdo taklifini xaridor/iste‟molchilar bilan 
marketing kommunikatsiyasida, xizmat ko„rsatish jarayonida xaridorlarga doimiy 
ravishda ta‟kidlash, eslatish lozim. 
Segmentatsiya iste‟molchilarni guruhlarga ajratishdir.
1.
Iste‟molchilarni o„zini tutishiga qarab (behavioral segmentation) 
segmentlash. Bunda iste‟molchilarni mahsulot haqida bilimi, unga munosabati va 
qarashlari, foydalanish darajasiga qarab guruhlarga ajratish.


63 
Ehtiyoj va afzalliklarga qarab: 

entuziastlar; 

imij izlovchilar;

oqilona xaridorlar; 

traditsionalistlar; 

oqilona xaridorlar. 
Qaror qabul qilishdagi o„rniga qarab: 

initsiatorlar; 

ta‟sir etuvchilar

qaror qabul qiluvchilar; 

xarid qiluvchilar; 

foydalanuvchilar. 
Masalan: Ayol eriga kabel televideniyesini yoqtirishni taklif qildi. Unga 
dugonalari yaxshi seriallar kabel televideniyesida qo„yilishini aytishgan, o„zaro 
suhbat vaqtida ham ayollarning munozarasini tushunish uchun ham shu serialni 
ko„rishi kerak. Ayol eriga kabel televideniyesida yangiliklar, sport musobaqalarini 
ko„rishi mumkinligini bildirdi. Eri ikkilangan bo„lsa ham, oxiri rozi bo„lib, kabel 
televideniyesini yoqtirib keldi. Er-xotin kun bo„yi ishda bo„lgan vaqtida farzandlari 
kabel televideniyesining multfilm kanallarini tomosha qilishardi. Bu misolda qaror 
qabul qilishdagi o„rniga qarab kim qaysi segment guruhiga kiradi? 
Foydalanish/xarid darajasiga qarab: 

habardor; 

foydalanib ko„rgan; 

yaqin o„rtada foydalangan

ba‟zida bir foydalanuvchi; 

doimiy foydalanuvchi; 

eng ko„p foydalanuvchi. 
2.
Demografik segmentlash. Bunda iste‟molchilarning demografik holatidan 
kelib chiqib, ular guruhlarga ajratiladi:


64 

yoshi (yosh/qariya/o„smir); 

irq va madaniyati (qora tanli, osiyolik); 

hayot bosqichi (ajrashgan, oilalik, bo„ydoq); 

jinsi (erkak/ayol); 

daromadi (maoshi); 

avlod (qaysi avlod vakilli Gen X, Gen Y). 
3.
Geografik segmentlash – o„z nomi bilan hududlarga bog„liq holda 
segmentlarga bo„lish degani.

davlat; 

hudud; 

shahar; 

qishloq; 

tuman. 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə