Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


-rasm. Evian brendining reklama roligi va pozitsiyalashi



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

8.4-rasm. Evian brendining reklama roligi va pozitsiyalashi
27
 
8.2. Xaridorlar bilan ishlash va to„gri kommunikatsiyani yo„lga qo„yish. 
Ijtimoiy media marketingi 
Xaridorlar bilan ishlash, servis, kommunikatsiya, savdodan so„ng keying servis, 
ularning ijobiy yoki salbiy munosabati, fikrini eshitish va ular yuzasidan tegishli 
choralar qabul qilish orqali xaridorlarning loyalligini saqlash mumkin. Ba‟zi hollarda 
biznes modeldan kelib chiqib, yangi mijozni jalb qilishdan borini saqlash arzonroq va 
foydali, ammo istisno hollari ham mavjud.
Internet va u orqali yuzaga kelgan online bizneslar, xususan, online shopping, 
ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va boshqa ko„plab ma‟lumot tarqatish va almashish 
vositalari orqali xaridorlar bilan kommunikatsiya qilish yangi bosqichga chiqdi. XX 
asrda mahsulot haqida ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, gazeta va 
jurnallar) orqali bir tomonlama axborot yetkazilgan. Iste‟molchida taqqoslash
solishtirish, o„z munosabatini bildirish imkoniyati mavjud emas edi. Mass market 
uchun targ„ib qilingan mahsulotning sotilish ehtimoli yuqori bo„lgan. Ammo hozir 
iste‟molchi mahsulotning reklamasidan ko„ra xaridorlarning rekomendatsiyasi, 
kommentining o„rni muhimroq, ayniqsa, iste‟molchilar guruhi (sub culture) 
yetakchilarining (influencer) qolganlarga ta‟sir kuchi juda yuqori. Shuningdek, 
27
Kasimov O. Biznes muhiti: nazariya va amaliyot fanining o„quv-uslubiy majmuasi. – T.: TDIU, 2018. 


71 
amazon.com, aliexperss, rakuten, kabi saytlarda mahsulotlarni solishtirish, har xil 
parametrlarda (narx, sifat, texnik ko„rsatkichlar) taqqoslash, avval sotib olgan 
odamlarning kommentlari va mahsulotga qo„ygan baholari bilan tanishish mumkin. 
Bloglar va ijtimoiy jamoatchiliklardan esa maslahat va tavsiyalarni olish mumkin.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə