Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


-jadval  Narxining shakllanishiga ta‟sir qiluvchi omillar



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

9.1-jadval 
Narxining shakllanishiga ta‟sir qiluvchi omillar
29
 
Mahsulot taklifiga ta’sir 
etuvchi omillar 
Mahsulot talabiga ta’sir 
etuvchi omillar 
Iste’molchi va ishlab 
chiqaruvchi 
munosabatiga ta’sir 
etuvchi omillar 
1. Xarajatlar darajasi. 
1. Iste‟molchiga naflilik 
darajasi. 
1. Iqtisodiy davriylik. 
2. Fan va texnika 
taraqqiyot darajasi. 
2. Fan va texnika 
taraqqiyoti darajasi 
2. Inflatsiya 
3. Taklifning monopollik 
darajasi. 
3. Iste‟molchining to„lov 
qobiliyati. 
3. Talab va taklif 
muvozanatining qisqa 
muddatga buzilishi. 
4. Sotuvchilarning narx 
siyosati. 
4. O„rin bosuvchi 
mahsulotlarning narxining 
o„zgarishi. 
4. Davlatning narxlarga 
ta‟siri. 
5. Talabning monopollik 
darajasi. 
5. Tashqi savdo amalga 
oshiriladigan aloqa 
yo„llari. 
6. Bozor segmentidagi 
29
Kasimov O. Biznes muhiti: nazariya va amaliyot fanining o„quv-uslubiy majmuasi. – T.: TDIU, 2018. 


75 
raqobat darajasi. 
Mahsulot talabiga ta‟sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga ajratish 
mumkin:
1.
Iste‟molchiga naflilik darajasi – qay darajada mahsulot iste‟molchi uchun 
nafli bo„lsa, shu darajada uning narxi bozorda qimmat bo„lishi mumkin.
2.
Fan va texnika taraqqiyoti darajasi – talabga ta‟sir etuvchi omil sifatida 
mahsulot narxining oshishi, qimmatbaho (premium) mahsulot yaratilishini 
ta‟minlaydi. 
3.
Iste‟molchining to„lov qobiliyati – to„lov qobiliyatining o„sishi ba‟zi 
mahsulotlarga bo„lgan talabning oshishi va ba‟zi arzon bo„lgan mahsulotlarga 
bo„lgan talabning pasayishiga olib keladi. To„lov qobiliyatining pasayishi esa 
aksincha ta‟sir etadi.
4.
O„rin bosuvchi mahsulotlarning narxining o„zgarishi – mahsulotning o„rin 
bosuvchi va o„rin to„ldiruvchi mahsulotlari mavjud bo„lib, ularning narxining 
o„zgarishi asosiy mahsulotga bo„lgan talabning oshishi yoki kamayishiga olib kelishi 
mumkin.
5.
Talabning monopollik darajasi – ba‟zi mahsulotlar uchun iste‟molchilar 
soni chegaralangan bo„ladi. Shuning oqibatida iste‟molchi narxning shakllanishiga 
kuchliroq ta‟sir etadi va narxning pasayishiga olib keladi.
6.
Bozor segmentidagi raqobat darajasi – bozor yoki segmentlardagi raqobat 
darajasining kuchliligi talabning monopollashuviga, aksincha raqobatning yo„qligi 
esa taklifning monopollashuviga olib kelishi mumkin.
Iste‟molchi va ishlab chiqaruvchi munosabatiga ta‟sir etuvchi omillarni 
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1.
Iqtisodiy davriylik makroiqtisodiy omil bo„lib, turg„unlik, pasayish, pastki 
nuqta, o„sish va yuqori cho„qqi davrlariga bo„linadi. Narx iqtisodiy davrlardan kelib 
chiqib o„zgarib boradi. Yuqori cho„qqi davrida narx maksimal darajada bo„ladi, 


76 
o„sish davrida narx ham o„sib boradi, pastki nuqta esa narx eng past ko„rsatkichga 
tushadi. 
2.
Inflatsiya doimiy narxning o„sib borishiga olib keladi. Narx qisqa muddatga 
tushishi yoki chiqishi mumkin, ammo umumiy tendensiyaga qaralganda, odatda, 
narx o„sish tendentsiyasini ko„rsatadi.
3.
Talab va taklif muvozanatining qisqa muddatga buzilishi – siyosiy omillar, 
iqtisodiy inqiroz yoki boshqa iqtisodiy-ijtimoiy omillar ta‟sirida talab va taklif 
muvozanati qisqa muddatga buzilishi mumkin. Natijada narxning keskin o„zgarishi 
kuzatiladi. 
4.
Davlatning narxlarga ta‟siri – davlat iqtisodiy faoliyatni nazorat qilishi va 
boshqarishi mumkin. Davlatning bozorga erkinlik yaratib berish darajasidan kelib 
chiqib, qisman yoki to„liq narxga ta‟sir qilishi mumkin.
5.
Tashqi savdo amalga oshiriladigan aloqa yo„llari – transport tashuvi, 
vositachilik, distribyuterlik, ulgurji savdo va boshqa savdo kanallarining ta‟siri 
hisobga olinadi.
Raqobat va narx o„zaro bir-biri bilan bog„liq tushunchalar. Raqobatchining 
narx siyosatini kuzatish va hisobga olish lozim. Biroq narx belgilashda faqat 
raqobatchi narxiga moslashish yoki uni narxda yutish shart emas. Raqobatda 
yutishning muhim omili narxda emas, balki mahsulot va xizmatlarning farq qilishi, 
differensiatsiyasida. Narx janglari/poygasi esa ikki tomonning (raqobatchi va 
sizning) zarariga ishlashi mumkin. Shuning uchun eng yaxshi strategiya narx 
janglari/poygasidan uzoqroq yurish. Uning o„rniga iste‟molchi uchun nafli, qiymati 
yuqori mahsulot yaratishga bor kuchni sarflash lozim. To„g„ridan to„g„ri raqobatchi 
paydo bo„lganda, qo„shimcha qiymat yaratish va unga qo„shimcha haq olish tavsiya 
etiladi. Masalan: tezroq yetkazib berish, uzoqroq muddatga kafolat berish, 
qo„shimcha xizmatlar ko„rsatish, servis sifatini oshirish. 
Tannarxda yetakchilik qilish narx siyosatida muhim ahamiyatga ega. Shuning 
uchun tannarxning oshishini kuzatib borish lozim. Shuningdek, quyidagi choralarni 
qo„llash tavsiya etiladi: 


77 
─ tannarxning o„zgarishiga nima ta‟sir qilganini aniqlash; 
─ samaradorlik, unumdorlikka e‟tibor berish, optimizatsiyalash; 
─ tannarxni arzonlashtirish uchun mahsulotni takomillashtirish va o„zgartirish 
kiritish; 
─ chegirmalar, kuponlarni nazorat qilish, unumli foydalanish; 
─ mahsulot liniyasini diversifikatsiya qilish; 
─ ba‟zi xomashyolarning narxini option, forward va futures shartnomalari
bilan narxlarning o„zgarish risklarini kamaytirish; 
─ qo„shimcha qiymat yaratishga harakat qilish; 
─ mahsulotni differensiatsiyalash; 
─ narxni oz-ozdan oshirish. 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə