73
9-bob. NARX SIYOSATI VA STRATEGIYASI
9.1. Narx siyosati va strategiyasiga ta‟sir etuvchi omillar. Raqobat va narx.
Qiymat yaratish yoki tannarxda yetakchilik qilish.
Narx siyosati va strategiyasi – biznesning ajralmas qismi. Narxni to„g„ri
belgilash biznesning rentabelligi foydaliligiga to„g„ridan to„g„ri ta‟sir qiladi.
Shuningdek, brend imiji va narx o„zaro bir biri bilan bog„liq.
Shuning uchun narx
belgilashda faqat moliyaviy hisob kitoblar bilan emas,
balki bozor qiymati bilan
hisoblash lozim.
9.1-rasm. Biznesda narx bilan bog„liq muammoli holatlar
28
Narxlarga ta‟sir qiluvchi bir qancha omillar mavjud bo„lib, ularni 3 ta asosiy
guruhga ajratish mumkin. Mahsulot taklifiga ta‟sir
etuvchi omillar, talabiga ta‟sir
etuvchi omillar, iste‟molchi va ishlab chiqaruvchi munosabatiga ta‟sir etuvchi
omillarga bo„linadi.
O„z
navbatida, mahsulot taklifiga ta‟sir etuvchi omillarni ham guruhlarga
ajratish mumkin:
1.
Xarajatlar darajasi, ya‟ni bozor narxining quyi chegarasini belgilovchi
omillar ishlab chiqarish va sotish xarajatlari bilan bog„liq.
Chunki yalpi daromad
yalpi xarajatlarni qoplagan taqdirdagina ishlab chiqarish va sotish o„rinli, aks holda,
korxona zararga ishlaydi.
28
Remy Magneir-Watanabe, Entrepreneurship & Small Business Development, 2018, University of Tsukuba.
74
2. Fan va texnika taraqqiyoti darajasi, ya‟ni ishlab
chiqarishdagi texnika va
texnologiyalarning takomillashganlik darajasi bilan bog„liq. Bu omil tannarxni
pasaytiruvchi omil hisoblanadi.
3.
Taklifning monopollik darajasi, ya‟ni sotuvchining bozor narxiga ta‟sir
darajasi va narxni o„zi belgilash imkoniyati bilan bog„liq.
4. Sotuvchilarning narx siyosati. Korxona qaysi narx siyosatini olib borishdan
kelib chiqib, uning bozordagi taklifga ta‟siri aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: