Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


Marketing tadqiqotlari. Sifat va miqdoriy tadqiqotlar. So„rovnoma



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

7.2. Marketing tadqiqotlari. Sifat va miqdoriy tadqiqotlar. So„rovnoma, 
fokus guruh, audit, misteri (mistary) shopping va boshqa marketing tadqiqot 
usullaridan samarali foydalanish
 
Marketing tadqiqotlari yuzaga kelgan muammo yoki masalani chuqurroq 
o„rganish, ilgari surilayotgan gipotezani faktlar bilan asoslash va tegishli chora-
tadbirlarni ishlab chiqish uchun foydalaniladigan marketing mexanizmidir.
Marketing tadqiqotlarini amalga oshirish uchun: 
1.
Muammo aniqlang (muammo simptomi va muammoni farqlang). 
2.
Datani (ma‟lumotlar bazasi) to„plang. 
3.
Datani tahlil qiling va undan kerakli ma‟lumotlarni saralang. 
4.
Xulosa chiqaring va uni amaliyotga tatbiq qiling. 
Marketing tadqiqotlarini amalga oshirishda sifat va miqdoriy tadqiqot 
usullaridan foydalaniladi. Miqdoriy tadqiqotlarda so„rovlar, intervyular, kuzatishlar 
natijasida statistik ko„rsatkichlarga asoslanib, tadqiqot va tahlillar yuritiladi. Sifat 
tadqiqotlarida esa fokus guruhlar, ekspert intervyulari, chuqur intervyular natijasida 
olinadigan ma‟lumotlar asosida tadqiqot va tahlillar yuritiladi.


62 
So„rovnomalar marketing tadqiqotining bir turi bo„lib, respondentlardan 
tegishli masala yuzasidan yozma yoki og„zaki tarzda so„rov o„tkaziladi. 
Respondentlar o„zlarining fikr va mulohazalarini berishi natijasida tadqiqotchi 
masalaning mohiyatini tushunishi va u asosida tegishli yechimni topishi mumkin.
Fokus guruhi marketing tadqiqotining boshqa bir ko„rinishi bo„lib, 
tadqiqotning sifat usuli hisoblanadi. Bunda tegishli o„rganilayotgan masala bo„yicha 
ekspertlar, xaridorlar yoki tegishli mutaxassislarning guruhi yig„ilib, masala 
yuzasidan o„z fikr va mulohazalarini berishadi, moderatorning vazifasi esa 
guruhdagi muhokamani boshqarib turadi.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə