Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


-rasm. Savdo hajmi bo„yicha top 5 franchayzing brendlari



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

6.1-rasm. Savdo hajmi bo„yicha top 5 franchayzing brendlari
21
 
 
 
21
Top 200 Franchise Brands by Sales Volume http://sdbizbroker.com/2017/10/12/top-200-franchise-brands-by-sales-
volume/ 


57 
Talaba bilimini nazorat qilish hamda mustahkamlashga oid savol va 
topshiriqlar 
1. 
O„zavtosanoat va GM o„rtasidagi shartnoma asosida Chevrolet savdo 
belgisidan foydalanilardi, ammo keyin Ravon savdo belgisi yaratildi. Nima deb 
o„ylaysiz? Nima sababdan?
2. O„zbekistonda qaysi kompaniya franchayzingdan foydalanadi? Nima deb 
o„ylaysiz, bu hamkorlik qanchalik samarali? 
 
 


58 
7-bob. SAMARALI MARKETING REJASINI SHAKLLANTIRISH 
 
7.1. Biznesda marketing va marketing rejasi. Marketing metodlaridan samarali 
foydalanish. Marketing miks 
Marketingga har bir iqtisodchi o„zining ta‟rifini bergan. Quyida ulardan bir 
qanchasini ko„rish mumkin: 
1. Marketing - tovar ayirboshlash yo„li bilan ehtiyojni qondirish orqali foyda 
(naf) olishga yo„naltirilgan inson faoliyati.
2. Marketing biznes falsafasidir.
3. Marketing bozordagi barcha qatnashchilarning tovar almashinuvi jarayonida 
o„zaro manfaatlariga asoslangan talabni shakllantirish va qondirish uchun 
birlashtirishdir.
4. Marketing tovar harakatining barcha bosqichlarini o„z ichiga oluvchi, talab, 
taklif, bahoni o„rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish, iste‟mol, 
iste‟moldan keyingi servis xizmatlari va iste‟moldan chiqqandan keyin utilizatsiyani 
tashkil qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit tizimli yondashishdir.
Ehtiyoj insonning birlamchi istaklari, ya‟ni havo, suv, kiyim, ovqatlanish, 
boshpana va hokazo. 
Xohish biror mahsulot yoki xizmatdan foydalanish istagi bo„lib, xarid kuchi va 
imkoniyatisiz xohish talabga aylana olmaydi. Masalan, Ferrari sport avtomobilini 
hoxlash mumkin ammo uni xarid qilish imkoniyatingiz bo„lmasa siz Ferrari 
kompaniyasi uchun potensial xaridor hisoblanmaysiz. Talab mahsulot va 
xizmatlardan foydalanish xohishi xarid kuchi bilan quvvatlanganligidir.
Xohishni quyidagi 5 ta ko„rinishga bo„lish mumkin: 
Ifodalangan (aytilgan) xohish – xaridor arzon avtomobil xarid qilmoqchi. 
Aniq/real xohish – xaridorga avtomobil arzon bo„lishidan ham, uni saqlash
ta‟mirlash va undan foydalanish xarajatlari arzon bo„lishi muhim. 


59 
Ifodalanmagan (aytilmagan) xohish – xaridor avtomobil sotishuvchi dillerdan 
yaxshi muomala va servisni kutishi/xohlashi. 
Maroqli/quvonchli xohish – xaridor dillerni GPS tizimini ham tekinga qo„shib 
berishini xohlashi yoki kutilganidan ham yaxshiroq servis/mahsulot. 
Yashirin xohish – xaridor uning do„stlari uni didi, oqilona xaridini ko„rib tan 
berishini xohlashi. 
Talabning ham, o„z navbatida, quyidagi ko„rinishlari mavjud: 
Marketing miks (4P) marketingning eng asosiy tayanchi bo„lib, marketing 
bozorga ta‟sir o„tkazuvchi to„rt omilning ahamiyatini aniqlashga qaratilgan. Bu to„rt 
omil - tovar, narx, uning bozordagi ahamiyati va uning harakatlanishi bo„yicha 
tadbirlar tizimi. Bunday yo„l tutish inglizcha to„rt atama – “product”, “price”, “place” 
va “promotion”ning birinchi harflari bilan “4P” deb ataladi. Marketing miks amalda 
moliya, xom-ashyo, mutaxassis xodim va ishlab chiqaruvchilar boshqa 
imkoniyatlarini xaridorlar ehtiyoji hamda talablari bilan o„zaro aloqasini ta‟minlashni 
anglatadi. 
Marketing-miks barcha ichki va tashqi faktorlarning bozorga mujassam 
ta‟sirini to„la ravishda ta‟minlaydi va bunda marketing asosiy elementlarini qamrab 
oladi: 
─ tovar siyosati (tovar tur (assortiment) qismi sifatida qaraladi, uning barcha 
tavsiflari esa har tomonlama baholanadi); 
─ narx siyosati (muayyan tovarga nisbatan mavjud sotuv omillari va 
sharoitlari); 
─ taqsimlash siyosati (tovarni bozorga yetkazib berish vosita va shakllari
tovarni omborlarga joylashtirish hamda harakatlanish yo„llari tahlil etiladi); 
─ kommunikativ siyosat (reklama, tovar harakatlanish vositasi shakli, 
korxonalar ijobiy imijini yuzaga keltirish bo„yicha mujassam tadbirlar). 
Bootstrapping marketing strategiyalari: 


60 
─ kichik kompaniyalar kam marketing budjeti, chegaralangan imkoniyatlari 
bilan ham to„g„ri yo„lga qo„yilgan kreativ marketing usullaridan foydalanish 
hisobiga yirik kompaniyalarga qaraganda samarali faoliyat yuritishi mumkin;
─ qanchalik ko„p mablag„ sarflanganligi emas, balki qanchalik samarali 
sarflanganligi muhim.
Kichik biznes yoki tadbirkor uchun asosiy e‟tibor berish lozim bo„lgan 
bootstrapping marketing jihatlari: 
─ bootstrapping marketing kichik biznes uchun eng qulay va maxsus 
marketing usuli; 
─ u ko„proq inson psixologiyasiga asoslanishi lozim, shaxsiy tajriba, shaxsiy 
baholash va taxminlarga emas; 
─ biznesni baholashda asosiy statistika ko„rsatkich sifatida savdo hajmi emas 
balki sof foyda qaralishi lozim
─ har oyda qancha yangi mijoz topilganligiga e‟tibor berish lozim; 
─ shu bilan birga, faqat yangi mijozni topish va uning mehrini qozonishga 
emas, balki eksi mijozlarni saqlashga, ularning loyallik darajasini yuqori saqlash
qayta sotib olishi va sotib olish chastotasini yaxshilashga ham mablag„ va e‟tibor 
qaratish lozim;
─ raqobatchilikdan ham ko„ra hamkorlikka, qo„shma loyihalarga ko„proq 
e‟tibor berish kerak; 
─ bootstrapping marketing komplesk marketing usullariga tayanib, olib 
boriladi; 
─ zamonaviy texnologiyalarni bzinesni rivojlanitirish vositalari sifatida 
qo„llash lozim; 
─ marketing kommunikatsiyasi va segment tanlashda kichik yoki ma‟lum bir 
segmentni maqsadli guruh sifatida olish tavsiya qilinadi. qanchalik tanlangan 
segment aniq va tor doirada bo„lsa shunchalik u bilan ishlash oson;
─ mahsulot sotishdan ham muhimrog„i bu munosabat va ishonchni qurish, 
uzoq muddatli hamkorlikni yo„lga qo„yishga kuchni sarflash kerak; 


61 
Bootstrapping marketing strategiyasini tuzishda asosiy 7 ta savolga javob 
topish lozim: 
Maqsad. Marketing faoliyatidan ko„zlangan maqsad nimadan iborat? 
Foyda/afzallik. Xaridorlarga qanday foyda/afzallik taklif qila olasiz? 
Mo„ljal. Mo„ljallangan bozor/segment/maqsadli guruh qaysi/kim? 
Usul/vositalar. Maqsadli guruhni vakillarini qaysi marketing usul/vositalaridan 
foydalanib, mijozga aylantirasiz? 
Nisha. Kompaniyaning bozordagi o„rni qanday, qaysi “nisha” ni 
egallamoqchi? 
Identifikatsiya. Kompaniyaning bozordagi identifikatsiyasi/imiji qanday? 
Budjet. Marketing xarajatlari uchun qancha mablag„ sarflamoqchisiz? 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə