Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


 Korxonaga yangi investitsiyalarni jalb qilish. Bizneslarning birlashishi



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
4.3. Korxonaga yangi investitsiyalarni jalb qilish. Bizneslarning birlashishi, 
biznesning qo„shib olinishi va biznesdan chiqish
Korxonani kengaytirish maqsadida yangi investitsiyalarni jalb qilish mumkin. 
Bunda ta‟sischilarning ulushi o„zgarishi hatto mulkchilik shakli ham o„zgarishi 
mumkin.
Bevosita investitsiyalar deb, korxonaning o„ziga to„g„ridan to„g„ri sarmoya 
kiritilishiga aytiladi. Bunda sarmoyalar moddiy, moliyaviy va nomoddiy ko„rinishda 
bo„lishi mumkin.
Bilvosita investitsiyalar esa qimmatli qog„ozlar orqali investitsiya kiritish 
hisoblanib, moliyaviy sarmoyalar hisobiga amalga oshiriladi.


43 
Kompaniya kengayishni istasa, buni qo„shimcha investorlarni jalb qilish, kredit 
olish, yoki daromadini qayta investitsiyalash hisobiga amalga oshirishi mumkin. 
Shuningdek, kengayish yangi korxonalarni barpo qilish, bor korxonani sotib olish 
hamda bor kompaniya bilan birlashish hisobiga amalga oshishi mumkin.
Yashil dala (green field) investitsiyalari noldan boshlab loyihalashtirilgan 
investitsiyalarga nisbatan qo„llaniladi. Mavjud biznesni sotib olish yoki uni qayta 
tashkil qilishdan farqli ravishda yashil dala investitsiyalari yangi, zamonaviy va 
innovatsion loyihalarga nisbatan ko„proq qo„llaniladi. 
Biznesning qo„shib olinishi bu mavjud biznes kengayish maqsadida boshqa shu 
tarmoqdagi korxanalarni sotib olishi yoki yangi bozorga kirib borishda yangi o„zining 
korxonasini noldan tashkil qilish o„rniga mazkur bozordagi korxonani sotib olishidir. 
Odatda, yirik korxona mayda korxonalarni qo„shib olishi hisobiga kengayib boradi
raqobatchilaridan xalos bo„ladi. Jahon amaliyotida bu kabi yirik xaridlar ko„p 
uchraydi. Masalan, “Pfizer” kompaniyasi “Warner-Lambert”ni 90 mlrd. (1999), 
“Pharmacia Corporation”ni 59.515 mlrd. (2002), “Wyeth”ni 64.5 mlrd. AQSh dollari 
miqdorida (2009-2012) xarid qilgan. 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə