Asqarova dilorom qurbonovna



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə65/72
tarix04.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#100147
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72
Bolalarna mak.ta\'l. tayyor. oquv qo\'llanma

Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuv.
Ilmiy qarash (yunoncha «idea» - g‘oya, tasavvur, tushunchalar yig‘indisi) - muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g‘oya.
Individ – (lotincha «individium» bo‘linmas, yagona, alohida degan ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.
Individuallik – shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari.
Iqtisodiy ta’lim - o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila budjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» - «Ta’lim to‘:g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili hamda ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish mazmunini belgilab beruvchi yuridik hujjat.
Kasb-hunar kolleji – o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Kategoriya - fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha.
Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» - o‘rnini to‘ldirish, tenglashtirish) – oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayangan holda organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o‘rnini to‘ldirish yoki qayta qurish.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə