Asqarova dilorom qurbonovna


Metodika (fan sifatida) – xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Munozara



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə68/72
tarix04.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#100147
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bolalarna mak.ta\'l. tayyor. oquv qo\'llanma

Metodika (fan sifatida) – xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi.
Munozara (tarbiya metodi sifatida) – tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli.
Nazorat (ta’lim jarayonida) – ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.
Nazariya va amaliyotning birligi tamoyili – nazariy bilimlarning hayotga, amaliyotga bog‘lanishini kengaytira borishni talab qiluvchi tamoyil.
Olam haqida shartli tasavvur – dunyoning yaxlit manzarasi, bolaning olingan bilimlarga shaxsiy munosabati, shuningdek, ularnni o‘z amaliy faoliyatida qo‘llash malakalarini shakllantirish.
Oila tarbiyasi – ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar) tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog‘lom etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Oliy ta’lim - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriat hamda magistratura) da tashkil etiladigan hamda mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta’lim bosqichi. ,
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim – jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim - kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladigan ta’lim bosqichi.
Oraliq nazorat – o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini aniqlash, baholash shakli.
Pedagog kadrlar tarkibi - o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot, radiotexnika, sport va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi to‘garaklarning rahbarlaridan iborat mutaxassislar.
Pedagogik talab - turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida ishtirok etishda o‘quvchi amal qilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me'yorlarini ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə