Asqarova dilorom qurbonovna



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə70/72
tarix04.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#100147
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bolalarna mak.ta\'l. tayyor. oquv qo\'llanma

Umumiy o‘rta ta’lim – o‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘ziashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlash ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichi.
Universitet – kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Usul - muayyan o‘quv materialini o‘zlashtirishda qo‘llanilayotgan asosiy ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim elementlaridan foydalanish.
Vaqt xususiyatlari – bu vaqtning bir tomonga yo‘nalib o‘tishi, u tabiat va jamiyatning chiqishi yo‘nalishini ifodalaydi.
Vaziyat- situation-(situatsiya) (keying lotinchadagi situation -ahvol)muayyan vaziy at, ahvolni hosil qiladigan shartsharoitlar va holatlar uyushmasi
Verbal ifoda – bilim (ma’lumot, axborot)larni so‘z yordamida (og‘zaki) yetkazib berish, ifoda etish.
Zij – yil hisobi jadvallari, trigonometrik jadvallar, sayyoralar harakati jadvali va yo‘lduzlar ro‘yxatini aks ettiruvchi jadval.
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
O‘z-o‘zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish – o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O‘zlashtirish – ta’lim jarayonida ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy talablarga muvofiq shaxs tomonidan muayyan xatti-harakat va xulq usullarining egallanishi.
O‘rgatish – tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlar.
O‘quv dasturi – muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtning mavzular o‘rganilishi bo‘yicha taqsimlanishi, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
O‘quv rejasi - ta’lim muassasasida o‘qitiladigan o‘quv fanlarining tartibi, ularning o‘quv yili bo‘yicha taqsimlanishi, har bir o‘quv faniga ajratiladigan haftalik va yillik o‘quv soatlari, shuningdek, o‘quv yili tuzilishini belgilovchi me’yoriy hujjat.
O‘quv fani - ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manba.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə