Atmosfera ifloslovchilarining tahlili



Yüklə 19,74 Kb.
tarix26.10.2023
ölçüsü19,74 Kb.
#131186
atmosfera tahlili


ATMOSFERA IFLOSLOVCHILARINING TAHLILI
Mazkur maqola atmosfer ifloslovchilarining tahlili, sogʻlom turmush tarzini tashkil etishda ekologik mashgʻulotlar va tabiatni vayron qilish bilan bogʻliq bo’lgan muammolar va ularning tahlili mavzusi yoritilgan.
Kalit so`zlar: atmosfera, aholi, turmush tarzi, ekalogiya, ekalogik madaniyat, notog`ri ovqatlanish, minerallar.
Kirish
Atmosfera havosi gazlar va uchuvchan organik birikmalarning bug’laridan tashqari, atmosfera havosi, suyuq va qattiq aerozollar misolidagi muallaq moddalar bilan ham ifloslanadi. Muallaq zarrachalaming kelib chiqishi tabiiy va sun’iy (sanoat) bo’lishi mumkin, ular shuningdek, atmosferada yuz beradigan kimyoviy reaksiyalar oqibatida ham paydo bo’ladi. Tabiiy qattiq (muallaq) moddalarga vulqon va yer usti changlari: tuproq, o’sirnlik changlari, o’rrnon yong’inlari (qurum, kul) va dengiz changi (tuz kristallaridan iborat suv qatralari va tomchilaridan parlanishlar) kiradi. Yer usti changining tarkibi yil fasllari, o’simliklar miqdori va shu kabilarga bog’liq holda turlicha bo’ladi. Turli xil tabiiy va ishlab chiqarish jarayonlarida aerozoUaming paydo bo’lishi ikki yo’l bilan boradi: disperslanish va kondensatsiya. Aerozollar qattiq jism yoki suyuqliklaming mexanik maydalanishi: bo’linish, ishqalanish, portlash, forsunka va pulverizatorlardan changlatish va uchib ketishi oqibatida hosil bo’ladi. Ruda va ko’mirni burg’ilash va portlatishda shu tariqa kon, sement changi va boshqalar hosil bo’ladi. Metallar quyilganda ularning bug’lari yonib ketadi, yonish mahsulotlari esa kondensatlanadi va bunda metall oksidlarining qattiq zarrachalaridan iborat tutun hosil bo’ladi. Yonilg’i yonganda ham tutun taxminan shunday hosil bo’ladi, ammo bu holda qurumning qattiq zarrachalaridan tashqari tutunda smolali moddalar tomchilari ham bo’ladi. Yuqoriroq dispersli va bir jinsli aerozollar kondensatsion usullar bilan olinadi, ularga quyidagilar kiradi: to’yingan pariaming suyuq yoki qattiq shaklga o’tishi (tumanlarning hosil bo’lishi), shuningdek, suyuq yoki qattiq fazalaming paydo bo’lishiga olib keladigan kimyoviy reaksiyalar. Chunonchi, oltingugurt uch oksidining nam havoda bug’latilishi oltingugurt kislotasi aerozolining paydo bo’lishiga, vodorod xlorid va ammiakning aralashtirilishi esa amoniy xloridning paydo bo’lishiga olib keladi. Atmosfera havosida doimo litiy, natriy, kaliy, kalsiy. magniy, rux, kadmiy, temir, qalay, mis, marganes, xrom, vanadiy va o’ta 7S zaharli berilliy kabi metallarning aerozollari mavjud. Sanoat ishlab chiqarishidagi kimyoviy reaksiyalar va boshqa ayrim tabiiy jarayonlar natijasida havo ftoridlar, sulfatiar, nitratlar, ammoniy tuzlari va boshqalar bilan ifloslanadi. Anorganik aerozollardan tashqari, havoda ko’plab organik zarrachalar ham uchraydi. Bular yuqori molekular olefinlar, glikollar hosilalari, glitsin va boshqa aminokislotalar, poligidroksiorganik birikmalar, geterotsiklik birikmalar (akridin, xinolin va boshqalar), poliaromatik uglevodorodlar va ularning hosilalari, pestitsidlar, polixlorbifenillar (PXB), dioksinlar, dibenzofuranlar va ko’plab boshqa yuqori molekular og’irlikka ega moddalardir. Qattiq zarrachalar havoga tushib (yoki havoda paydo bo’lib), gazlar va UOB bug’larini faol sorbsiyalashi mumkin, buning natijasida turli tabiatga va toksiklik darajasiga ega o’ziga xos ifloslovchilar konglomerat(bo’laklarning birlashganligi)lari hosil bo’ladi, ular ko’plab turli guruhlardagi ifloslovchi moddalardan tashkil topadi (metallar, metall oksidlari va tuzlari, yuqori molekular organik birikmalar, UOB. Shuningdek, qattiq zarrachalar yuzasiga sorbsiyalashgan organik va anorganik gazlar). Chang va tutun havodagi zararli qo’shimchalar sifatida, atmosfera muhitining tozaligini saqlash uchun kurashning birinchi darajadagi muhim obyektiga aylangan, chunki ularning atmosfera havosida uchrashi sezilarli noqulayliklarni keltirib chiqaradi, ularning o’zi esa inson faoliyati mahsulidir. Atmosferani ifloslashda tabiiy yo’l bilan kelib chiqqan changlar, masalan, yerdan ko’tariladigan chang yoki vulqon changi ancha kam o’rin tutadi. Changning zarariigini aniqlashda unda muayyan moddalarning mavjudligi bilan belgilanadigan ta’sir hisobga olinishi kerak. Chunonchi, ifloslovchi ta’sir nuqtayi nazaridan qurum tarkibi muhim ahamiyatga ega, silikozlarning oldini olish uchun esa kvarsning miqdori, zaharlanishlar turini aniqlashda - ftor, qo’rg’oshin, simob, berilliy miqdori ko’proq ahamiyatli. Bu ro’yxatga konserogen ta’sirii moddalar va xavfli radioaktivlik tashuvchilarini kiritish kerak. Yirik dispersli chang yoki undan ham qattiq mayda dispersli chang fraksiyalarining zaharli ta’siri buyumlar va yuzalarning (kiyimlar, o’rin-ko’rpa, binolar va inshootlar, turar joy) ifloslanishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, bunday chang ko’zga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Foydali va manzarali o’simliklarga zarar keltiradi, ularning tovar 76 qiymatini pasaytiradi. Tennodiffuziya ta’sirida yuzaga yanada mayda changlar ham o’tiradi. Ajraluvchi gazlardan changni yo’qotish uchun bir qancha samarali moslamalar mavjud. Yirik chang ko’ndalang to’siqli chang cho’ktiruvchi yordamida tutib qolinishi mumkin, mayda chang esa markazdan qochuvchi separatorlar (siklonJar) yoki matoli fiItrlarda tutiladi. Juda mayda chang zarrachalari (0,01 mkm dan kam) elektrofiltrlar yoki gaz yuvadigan apparatlarda ajratiladi.
Xulosa
Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, mamlakimizning har bir fuqarosi ekotizimning yaxshilanishiga munosib hissa qo’shish uchun ekologik qoidalarga qat’iy amal qilsagina, kelajak avlod uchun ulkan tabiiy nemat hadya etgan bo’lamiz.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Atrof-muhit sifati analizi va monitoring. I.X.AYUBOVA, M.N.MUSYEV, I.A.JAMGARYAN. Toshken 2011

  2. Umumiy ekologiya. Shirinova O 2021

  3. Sog`lom turmush tarsi asoslari, Rahmonov Arziqulov,

  4. https://xs.uz/uz

Yüklə 19,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə