Atrof – muhitni qadrlash Reja


Bioxilma-xillikning yo‘qolishi



Yüklə 37,73 Kb.
səhifə7/8
tarix24.12.2023
ölçüsü37,73 Kb.
#160228
1   2   3   4   5   6   7   8
Atrof-muhitni qadrlash va muhofaza qilish usullari

Bioxilma-xillikning yo‘qolishi. O‘zbekiston – Markaziy Osiyo atrof-muhitni himoya qilish sohasida hududiy hamkorlik jarayonida faol ishtirok etmoqda. U tabiiy boyliklardan foydalanish, atrof-muhitni himoya qilish va barqaror rivojlanishni koordinatsiyalash masalalarini hal qilish uchun Orolni qutqarish xalqaro fondi (davlat rahbarlarining Qozog‘istonning Qizil O‘rda shahrida 1993-yilgi qaroriga asosan) Barqaror rivojlanish bo‘yicha davlatlararo komissiyasi va Davlatlararo suv xo‘jaligi koordinatsion komissiyasini tuzishda tashabbuskorlardan biridir.Hozirgi davrga kelib, hududlardagi o‘zaro munosabatlar tabiatni muhofaza qilish va iqtisodiy ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuv sababli rivojlanmoqda. 1993-yili Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari, birinchilardan bo‘lib, Orol dengizi va Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash va ekologik sog‘lomlashtirish, Orol dengizi havzasini ekologik yaxshilash qat’iy harakati rejasi shartnomasiga imzo qo‘ydi.
Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish muammolari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro hamjamiyati tomonidan ekologik masalalar bo‘yicha quyidagi deklaratsiyalar imzolandi: Nukus deklaratsiyasi, Olma-ota deklaratsiyasi, Ashxobod deklaratsiyasi, Dushanbe deklaratsiyasi. Unda aytilishicha, mamlakat ekologik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish masalasida bir shakldagi yondashuvlarni ishlab chiqish, olamshumul va mintaqaviy ekologik muammolarni yechishda Xalqaro tashkilotlar va davlatlarni, Markaziy Osiyo davlatlarini qo‘llashga chaqiradi. Markaziy Osiyo davlatlari diplomatik korpuslari ishtirokida: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston orasida atrof-muhitni muhofaza etish va tabiiy boyliklardan to‘g‘ri foydalanish sohasida, shuningdek, ikki yoqlama O‘zbekiston va Qozog‘iston orasida hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasida kelishuv imzolandi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston orasida hamkorlikda bajarilgan rekultivatsiya, kon rudalari chiqindilarini joylashtirish, xalqaro chegaralarga ta’siri masalasida hamda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va bunga qo‘shilgan Tojikiston orasida Sirdaryo suv havzasining energiya va suv manbalaridan foydalanishda hamkorlik bitimlari imzolandi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyo davlatlariga tegishli masala Amudaryo va Sirdaryo suv manbalaridan foydalanish, o‘rta va quyi oqimlarda suv ifloslanishining oldini olishdir. Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy hamkorligini Orolni qutqarish xalqaro fondi huzurida tuzilgan Barqaror rivojlanish davlatlararo komissiyasi faoliyatida Markaziy Osiyo davlatlarining ishtirok etishi misolida ko‘ramiz.
Hozirgi davrda Barqaror rivojlanish davlatlararo komissiyasi rahbarligida (YUNEP, ABR, PROONning texnik va iqtisodiy yordamida) Markaziy Osiyo davlatlari uchun atrof-muhitni himoya qilish mintaqaviy rejasi ishlab chiqilmoqda, unda xalqaro chegaralarga bog‘liq bo‘lgan suv manbalari sifatini boshqarish, havo qatlamlarini ifloslanishdan saqlash, chiqindilardan foydalanish yo‘llari, tog‘ ekomuvozanatini saqlash va yer inqirozining oldini olish kabi masalalar qamrab olgan.

Xulosa
Shunday qilib, endilikda inson va biosfera o‘rtasidagi nizoni faqatgina fan va tinchlik hal qiladi. Insoniyat tabiiy va gumanitar fanlar bilimini amalga joriy etish orqaligina biosferaning ifloslanishini to‘xtatish va biologik resurslardan foydalanishni, ishlab chiqaruvchi kuchlarni yerning imkoniyatdan kelib chiqib, biosferaga ta’sir qilmay rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi. Biosfera tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan inson turmush tarzigagina emas, balki uning fikrlashiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Akademik V.Vernadskiy shunday deb yozadi: “Biosfera degan yangi tushunchani kirityapman. Biosfera insoniyatni butun tarixiy jarayon bo‘ylab olib o‘tadi va bu jarayon tirik moddalar biokimyoviy tarixining davomi bo‘lib xizmat qiladi”. Tabiatni asrab-avaylash har birimizning burchimizdir.


Yüklə 37,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə