Atrof – muhitni qadrlash Reja



Yüklə 37,73 Kb.
səhifə3/8
tarix24.12.2023
ölçüsü37,73 Kb.
#160228
1   2   3   4   5   6   7   8
Atrof-muhitni qadrlash va muhofaza qilish usullari

Abiotik omillar organizmlarga muhitning fizik va kimyoviy jihatlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • iqlim, yorug‘lik, harorat, havo, namlik va shamol, bosim;

  • edafik: tuproqning mexanik va fizik-kimyoviy tarkibi,xossalari va h.k.;

  • topografik yoki orografik: relyef sharoiti – joyning balandpastligi va h.k.;

  • gidrologik: suv muhiti xususiyatlarining ta’siri.

  1. Biotik omillar organizmlarning turli shakllaridagi o‘zaro munosabatlari natijasidagi ta’siridir. Ular quyidagicha ro‘y beradi:

  • fitogen – birgalikda yashayotgan o‘simliklarning bevosita va bilvosita ta’sirlari;

  • zoogen – hayvonlarning oziqlanishi, payhon qilinishi,changlatishi, meva va urug‘larini tarqatishi, muhitga ta’sir etish kabi ta’sirlari;

  • mikrobiogen va mikogen – mikroorganizm va zamburug‘larning ta’siri orqali.

3. Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan ta’sirdir. Bu omil yashash muhitining o‘zgarishi, ekotizimlarning tarkibiy qismlaridagi bog‘lanishlarning buzilishi, inqirozi, hatto biotsenozlarning butunlay yo‘qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Qulay sharoitda yashash, rivojlanish, ko‘payish uchun organizmlar yetarli miqdorda zarur omillar majmuasiga ega bo‘lishi kerak. Atrof-muhitning abiotik omillari iqlimiy va tuproq-zamin omillaridan iboratdir. Bu omillar bir-biriga va tirik organizmlarga ta’sir o‘tkazuvchi ko‘pdan ko‘p harakatchan elementlardan tashkil topgan.
Asosiy iqlimiy omillar quyidagilar:
a) Quyoshning bo‘shliqqa elektromagnit to‘lqinlari ko‘rinishida tarqaluvchi nurli energiyasi Quyosh radiatsiyasi energiyasining 99 %ga yaqini, 0,7-4,0 mkm uzunlikka ega bo‘lgan to‘lqinli nurlar tashkil etadi. Shundan 48 %i to‘lqin uzunligi 0,4-0,76 mkm bo‘lgan spektrning ko‘rinadigan qismiga, 45 %i infraqizil (to‘lqin uzunligi 0,75 mkm dan 10-3 metrgacha) va 7 %ga yaqini ultrabinafsha (to‘lqin uzunligi 0,4 mkm) nurlarga to‘g‘ri keladi. Hayot uchun infraqizil nurlar muhim ahamiyatga ega, fotosintez jarayonida esa to‘q sariq, qizil va ultrabinafsha nurlar eng muhim rol o‘ynaydilar. Quyosh radiatsiyasining atmosfera orqali yer sathiga o‘tadigan energiyasi miqdori amalda doimiy va 21*1023 Dj atrofida bo‘ladi. Bu raqamni “Quyosh doimiysi” deb ataladi. Ammo quyosh energiyasining yer sathi turli nuqtalariga kelishi bir xil emas va u nur tushishi burchagining uzunligi, atmosfera havosining shaffofligi va hokazolarga bog‘liqdir. Shuning uchun ham doimiy quyoshlilikning vaqt birligida sathning 1 sm2 ga to‘g‘ri keladigan joul miqdorlarida ifodalanadi. Uning o‘rtacha qiymati 1s 0,14 Dj. sm kv. ga yaqindir. Yer sathi quyosh energiyasini nafaqat yutadi, balki qisman uni qaytaradi ham. Ma’lumki, oq rangga bo‘yalgan sathlar qoraga bo‘yalganlarga qaraganda nurni jadalroq qaytaradi. Harorat va namlikning umumiy holati sathning yutishiga bog‘liq. Chunonchi, toza qor quyosh radiatsiyasi energiyasining taxminan 80-95 %ini, ifloslangan qor esa 40-50 %ini, qora tuproqli yerlar 5 %gacha, quruq ochiq rang yerlar 35-45 %ini, igna bargli o‘rmonlar 10-15% ini qaytaradi;
b) Yer sathining nurli energiya va nur oqimining davomiyligi hamda jadalliligi bilan belgilanuvchi jarayon yoritilganlikdir. Yerning aylanishi natijasida kunduz (yorug‘lik) va kecha (qorong‘ilik) almashib turadi. Yoritilganlik barcha jonzotlar uchun muhim rol o‘ynaydi. Organizmlar ham fiziologik jihatdan kunduz va tunning almashinishiga, kecha-kunduzning qorong‘i va yorug‘ davriga nisbatan moslashgan. Amalda barcha hayvonlar va insonda kecha-kunduzning almashishi bilan bog‘liq sirkad (kecha-kunduz) maromlari deb ataluvchi faollik mavjuddir. Ko‘pgina o‘simliklar faqatgina kunduzgi vaqtda gullashga qodirdir. Kechasi esa gullar gulkosasini berkitib oladi. Yorug‘likka nisbatan munosabatiga ko‘ra, o‘simliklar yorug‘likni sevuvchilar va soya bardoshlilarga bo‘linadi;
d) atmosfera havosining suv bug‘lariga to‘yinishi bilan bog‘liq namligi. Atmosferaning pastki qatlamlari 1,5-2,0 km balandlikkacha namlikka juda boy bo‘ladi. Bu qatlamda taxminan 50 %gacha namlik to‘planadi. Havodagi suv bug‘i miqdori havo haroratiga bog‘liqdir. Harorat qancha yuqori bo‘lsa havoda shuncha namlik ko‘p bo‘ladi. Ammo u yoki bu aniq haroratda havoning suv bug‘i bilan to‘yinishida eng ko‘p namlik yoki maksimal namlik deb ataladigan chegara bor. Odatda, havoning bug‘ bilan to‘yinishi eng ko‘p darajaga yetib bormaydi. Eng ko‘p to‘yinish va to‘yinmaslik o‘rtasidagi farq namlikning tanqisligi va to‘yinishining yetishmasligi deb yuritiladi. Namlikning yetishmasligi – eng muhim ekologik ko‘rsatkich, zero u bir yo‘la ikki narsani: ham haroratni, ham namlikni tavsiflaydi. Namlik yetishmasligi qancha yuqori bo‘lsa, havo shunchalik quruq va issiqroq yo aksincha bo‘ladi. Ma’lumki, vegetatsiya (rivojlanish) davrining muayyan bir davrida namlik tanqisligining oshishi o‘simliklar zo‘r berib hosil tugishiga ko‘maklashadi, shuningdek, qator jonivorlarda, masalan, hasharotlarda ko‘payish birdaniga avj oladi. Shuning uchun ham tirik organizmlar dunyosida turli hodisalarni oldindan aytishning ko‘pgina usullari namlik tanqisligi harakatini tahlil qilishga asoslangan. Atmosfera havosining namligi insonning fiziologik holatiga, ayniqsa, g‘ayritabiiy jarayonlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi;

Yüklə 37,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə