Atrof – muhitni qadrlash Reja



Yüklə 37,73 Kb.
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü37,73 Kb.
#160228
1   2   3   4   5   6   7   8
Atrof-muhitni qadrlash va muhofaza qilish usullari

Biotik omillar (jonli muhit omillari). Organizm hayot faoliyatining boshqalariga ta’sir majmuyi biologik omillar deyiladi. Hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar g‘oyatda xilma-xildir. Ularni bilvosita va bevosita munosabatlarga ajratish mumkin. Birinchilari, bir organizmning boshqalariga bevosita ta’siri bilan bog‘liq, ikkinchilari, shu narsada ko‘rinadiki, masalan, o‘simlik o‘zining borligi bilan hayvonlar yoki boshqa o‘simliklar uchun abiotik omillarni o‘zgartiradi. Har qanday o‘simlik turkumi muhitning biotik tavsiflari majmuyiga ta’sir ko‘rsatadi. Dala yoki sahro joyidagi abiotik sharoitlardan o‘rmon massivi doirasidagi abiotik sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan qanchalar farq qilishi ma’lumdir. Tirik organizmlarning o‘zaro ta’siri ularning bir-biriga nisbatan reaksiyasi nuqtayi nazaridan turkumlanadi. Jumladan, geomotiv reaksiyalar ajratib ko‘rsatiladi. Reaksiyalar deganda esa bir xil turdagi zotlarning (masalan, guruh samarasi, ozuqa joyini muhofazalash) o‘zaro tasiri va bir xil turlarning mustaqil yashovchilari o‘rtasidagi koalitsiyalar tushuniladi.
Keyingi paytlarda insoniyatning rivojlanishi juda tezlashdi. Sayyora aholisi tezlik bilan ko‘payib bormoqda. Sivilizatsiya ochko‘zlik bilan tabiiy zahiralarni yutib yubormoqda va tashqi muhitga sezilarli o‘zgarishlar olib kelmoqda. Inson ta’siri ostida amalga oshirilayotgan katta maydonlarning o‘zlashtirilishi, yaylov sifatida tabiiy manbalarning yo‘qolishi, o‘rmonlarning kesib yuborilishi, katta kanal va platinalar qurilishi, sug‘orish tizimlari, tog‘larda foydali qazilmalarni izlash, tuproq eroziyasi, o‘g‘itlar, pestitsidlarning qo‘llanilishi, meliorativ tadbirlar, tuproq, atmosfera va suvlarning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi kabi ishlar tabiatga katta salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yer biosferasining hayot tizimini yomon tomonga o‘zgartirmoqda. Bunday o‘zgarishlar inson hayoti uchun xavf-xatar tug‘diradi, juda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ular, shuningdek, tabiiy zahiralarning o‘ylanmasdan sarflanishi barcha tirik organizmlarni halokatga eltadi.
Fan yutuqlaridan foydalanib, yerni himoyalash tadbirlarini ishlab chiqish, uning tabiiy zahiralarini ko‘paytirish yuzasidan keskin choralar ko‘radigan payt keldi. Tabiatni himoya qilish va zahiralardan foydalanish bilimga asoslangan poydevorga ega bo‘lishi va biosferani mahkam saqlash mexanizmiga asoslanishi kerak. Bu jarayondagi ishlar bir mamlakatning emas, balki umumsayyora yoki umumbiosfera ishidir. Insonning dunyo rivojlanishiga ta’sirini vaqtincha va uzluksiz deb o‘ylashimiz mumkin. Odam mehnat quroli sifatida tosh va olovni o‘ylab topgan davrlarda tabiiy boyliklar o‘ta cheksiz edi. Odam otaravadan foydalanishni o‘rganganda ham tabiiy boyliklar to‘libtoshib yotardi.
Lekin o‘sha davrlarda ham insoniyat yerga ayovsizlarcha munosabatda bo‘ldi. Keyinchalik ularnning qobiliyati shunchalik rivojlanib ketdiki, u tabiiy boyliklarni, ulardan foydalanish yo‘llarini to‘xtovsiz izladi va topdi. Ammo endilikda aql-idrok bilan yashamog‘imiz lozim. Aks holda o‘zimizga-o‘zimiz ziyon keltiramiz. Sivilizatsiyaning boshlang‘ich davridan boshlab inson tashqi muhitni o‘zgartirishga harakat qildi va sayyora ekotizimining tabiiy xazinasiga kirib olishga jur’at qildi. Quruq cho‘plar yordamida olov yoqilgan dastlabki paytlarda tabiiy chirindi o‘rniga anorganik modda hosil bo‘lgan. Uzoq vaqtlar qobiliyati ancha cheklangan inson tabiatga jiddiy zararli ta’sir ko‘rsata olmadi.
Hozirgi kunda odam eng ko‘p yashayotgan, ifloslangan havosi og‘ir katta shahar aholini uzluksiz o‘ziga tortadi va bunday shaharlar aholisi tezlik bilan ko‘payib boradi. Bunday shaharlarda iqtisodiy jihatdan baquvvat odamlar juda asabiylik bilan ishlaydi va yashaydi, bu yerlarda kuchli shovqin, uzluksiz ishlayotgan motorlar – kompyuterlar va telefonlar odamni toliqtiradi. Kimyoviy modda va tamaki tutunidan hamma joy sarg‘ayib ketgan.
Inson biosferada o‘zi hosil qilgan bunday og‘ir muhitga tezlik bilan moslashish qobiliyatiga ega. Bunga sabab uning hayotni avlod qoldirish orqali davom ettirish yo‘lidagi harakati hisoblanadi. Bu yerda “Biologik moslashish” iborasini inson yashash uchun kurashib, ma’lum sharoitga moslashib ketadi, degan ibora bilan chalkashtirib yubormasligimiz lozim. Chunki ijtimoiy-madaniy kuchlar evolyutsion moslashish mexanizmini buzib yuboradi, moslashish faqatgina hayvonot dunyosiga xos bo‘lib qoladi. Biologlar uchun ma’lum bo‘lgan “darvincha moslashmoq” iborasi orqali ma’lum bir turdagi hayvonning muayyan tashqi muhitga moslashib ko‘payishi va yangi hududga tarqalishini tushunamiz. Bu o‘rinda ham fikrimizni oddiy bir misol orqali izohlashga intilamiz, kambag‘al va rivojlanmagan mamlakatlarning aholisi ish izlab sanoati rivojlangan mamlakatlarga tarqalib ketadi. Bu jabhada xavf ayrim yerlarda aholining ortib borishi bilan boshlanadi. Demak, odam uchun darvinchasiga moslashish mumkin emas.
Fiziologik nuqtayi nazardan tashqi muhitga moslashish inson miyasi va tanasidagi asabbuzar voqealarni “bostirishga” qaratilgan. Fiziologik va psixologik tushuncha bo‘yicha organizmning ma’lum sharoitga moslashishi keyinchalik ikkinchi tomondan zararli bo‘lib chiqishi mumkin. Inson vaqt o‘tishi bilan o‘zi yashab turgan muhitdagi ifloslanishga, haddan tashqari asabbuzarlikka va ijtimoiy aloqalarga, tabiiy biologik jarayondan uzoqlashib, shaharning og‘ir havo va texnika tutuniga ko‘nikib ketadi. Sivilizatsiyaning bunday og‘ir sharoitiga chidash natijasida o‘rta yoshlilar va keksalarda og‘ir surunkali kasalliklar kuzatiladi.
Greklar afsonasida aytilganidek, Anteyning oyoqlari yerdan uzilganda, u o‘z kuchini yo‘qotgani ham bejiz emas. Tabiat o‘z qonunlari asosida yagona va o‘zaro bog‘liq holda rivojlanib boradi. Inson tarixidagi obyektiv voqealar dunyo miqyosida xilmaxil ijtimoiy qatlamga ega mustaqil, siyosiy yetuk mamlakatlar paydo bo‘lishiga olib keldi.
Bugungi kunda insoniyat bilan tabiat o‘rtasida shunday og‘ir vaziyat vujudga kelmoqdaki, endilikda rivojlanish hamma davlatlarda bir xilda tabiatni himoya qilishning ilmiy asoslangan usullariga tayangan, tabiat boyliklaridan tejamkorlik bilan foydalanishga, ulardan yuqori sifatli va ko‘p mahsulotlar olishga, hozir ham, kelajakda ham inson yaxshi yashashi uchun eng tabiiy biosferani saqlab qolish zaruratidan kelib chiqqan holda bo‘lishi kerak. Bunday katta vazifani hech bir mamlakat yakka o‘zi amalga oshira olmaydi. U xalqaro tenglik va o‘zaro hamkorlik tufayligina rejali amalga oshirilishi mumkin. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi aloqa, huquq, foydalanish imkonlarini uzluksiz kengaytirar ekan, “jamiyat va tabiat” bir-biriga mos ravishda ish olib borishi lozim.
XX asr oxirlarida insoniyat biosferaning tuzilishiga va vazifasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilganini ko‘rib turibmiz. Biosferada suv, biologik, mineral va boshqa boyliklar cheksiz, tuganmas ekanligi haqida afsonalarga ishonch qolmadi. Endilikda hamma joyda – quruqlikda ham, suvda ham inson ta’sirining salbiy oqibatlarini ko‘rmoqdamiz. Tabiatdagi “tenglik”ning buzilishi odamlardan endi tez-tez “biosfera va inson” mavzusida bosh qotirishni talab etadi.
Sanoatning baquvvat tarmoqlari, uzluksiz xom ashyo talab qiladi va qanchasini yamlab yutib qo‘yishi tabiatni yanada ifloslantiradi. Inson endilikda ifloslangan biosferaning zarbasini his qilmoqda. Juda ko‘p organizmlar turi qirilib ketdi va ketmoqda, chuchuk suvli suv havzalari ifloslanmoqda, havo iflosligi natijasida smoglar yog‘moqda, sintetik gazlamalar o‘zining pishiqligi va qulayligi tufayli tabiiy gazlamalarni siqib chiqarmoqda, shovqinlar va har xil nurlanishlar inson psixikasi va sog‘lig‘iga ta’sir qilmoqda. Inson kosmosga chiqdi, oyga qadam qo‘ydi. Sayyorada aholi soni oshib bormoqda, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash muammo bo‘lib qolmoqda, tuproqlar sho‘rlanishi ta’sirida o‘simliklar o‘sish imkonidan mahrum bo‘lmoqda. Kasalliklarning turi ko‘payib, inson sog‘lig‘i xavf ostida qolmoqda. Iqtisodiy baquvvat mamlakatlarda foyda ketidan quvish ham biosferani izdan chiqarib yubormoqda.


Yüklə 37,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə