Atrof – muhitni qadrlash Reja



Yüklə 37,73 Kb.
səhifə2/8
tarix24.12.2023
ölçüsü37,73 Kb.
#160228
1   2   3   4   5   6   7   8
Atrof-muhitni qadrlash va muhofaza qilish usullari

Tanlov tajribalari
Atrof-muhitning bosh tadqiqot obyekti ekologik tizim yoki ekotizimdir. U ma’lum maydondan iborat bo‘lib, unda tirik organizmlar va ularni yashash muhitlari majmuasi moddiy-energetik va axborotlarning o‘zaro ta’siri bilan birlashgan. “Ekotizim” atamasi ilk bor ingliz botanigi L.Tensli (1935) tomonidan taklif qilingan. Ekotizim biror kattalikdagi yoki o‘lchamdagi hudud bilan chegaralanmaydi. Shuning uchun ham uni organizmlarning xohlagan (masalan, sun’iy akvarium, issiqxona, bug‘doy maydoni va h.k.) va murakkab yashash tabiiy muhiti (ko‘l, o‘rmon, okean)ga nisbatan qo‘llash mumkin. Odatda quruqlik va suvli (akvatoriyali) ekotizimlar farq qiladi. Ekotizimlarni misollar yordamida tushuntiramiz: qora saksovulzorlar taqirli delta tekisliklarida keng tarqalgan, daryo sohillarida daraxt-butali to‘qayzorlar qamishli qayir ko‘llari rivojlangan.
Tirik organizmlarni o‘rab turgan fizik qurshov yoki tevarakatrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar va ta’sirlar majmuyi muhit deb ataladi. Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi, ularning o‘zaro bog‘liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Organizmlarning yashashi uchun bir yoki bir nechta muhitlar zarurdir. Hayot muhitlari alohida yashash muhitlariga bo‘linadi. Yashash muhiti hayot muhitining geografik va ekologik xususiyatlari bilan ajraluvchi qismidir. Masalan, suv hayot muhitida chuchuk va sho‘r suvli yashash muhitlari, oqar va oqmas yashash suv muhitlariga ajratiladi. Yashash muhiti, yashash joyi va geotoplarga bo‘linadi.
Ekotizimning barcha elementlari ham biotik, ham abiotik omillar ta’siridandir. Bu jarayonlar muayyan muhit sharoitlarida ro‘y beradi. Ekologik nuqtayi nazardan muhit shunday tabiiy jismlar va hodisalarki, organizm ular bilan bevosita yoki bilvosita munosabatda bo‘ladi. Organizmning atrof-muhiti nihoyatda xilmaxil bo‘ladi. U vaqt va makonda ko‘pdan-ko‘p harakatdagi elementlar, hodisalar, shart-sharoitlardan tashkil topib, ular omillar sifatida ko‘zdan kechiriladi.
Tirik organizmlar asosan to‘rtta muhitda: suv, havo, tuproq, organizm (muhit sifatida)larda yashashga moslashgan. Suv va havo o‘lik, tuproq oraliq, organizm tirik muhitlardir. Muhitning tirik organizmlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etuvchi tarkibiy qismlari ekologik omillar deb ataladi. Hozirda ushbu omillarning kelib chiqish vaqti bo‘yicha muhitga, xarakteriga, ta’sir etish xususiyatlariga qarab abiotik (o‘lik tabiatning ta’siri), biotik (tirik organizmlar bilan bog‘liq ta’sir) va antropogen (inson faoliyati natijasida ta’sir) omillarga bo‘linadi (N.N.Ponomaryova, 1975).


  1. Yüklə 37,73 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə