Август 2020 17-қисм



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/54
tarix17.03.2023
ölçüsü2 Mb.
#102722
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
17.Fizika matematika 2 qism

Август 2020 17-қисм
Тошкент
ULUG’ AJDODLARIMIZNING TABIIY FANLARNI RIVOJLANTIRISHDAGI
O’RNI VA ULARDAN FIZIKA DARSLARIDA FOYDALANISH METODIKASI
Fayzulloyeva Nargiza To'yqul qizi
 Buxoro viloyat Buxoro tuman 
26-maktab fizika fani o'qituvchisi 
+99890 665 38 96
I.A.Karimov 150 yillik mustamlaka davrida har qanday zulm, istibdodlarga qaramasdan 
xalqimiz o‘zligini, madaniyatini, iymon-e iqodini saqlab qolganligida ham muqaddas islom dini 
muhim rol o‘ynaganligi xususida shunday deydi: «Ayniqsa ko‘p asrlar mobaynida, halqimiz 
qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, 
qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil 
bo‘lib kelayotganini alohida takidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, 
oxiratni uylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo‘lgan fazilatlar 
aynan ana shu diniy zaminda ildiz otadi va rivojlanadi»
IX-XII asrlarda O’rta Osiyoda madaniy va ma’rifiy taraqqiyotning barcha sohalarida yuqori 
darajali rivojlanish yuz bergan. Shu bois bu jarayonni uyg’onish, renessans deyishga asos 
bor. Al-Xorazmiy o‘nlik pozitsion hisoblash tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini 
birinchilardan bo‘lib asoslab berdi va amaliyotga tatbiq etdi. Bu esa matematika va astronomiya 
fanlari rivojida keskin burilish yasadi. Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma’lumot 
va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim 
nazariyasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan 
bo‘lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi 
g‘oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini izohlab 
berdi, Kolumb sayohatidan 500-yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a mavjudligi 
haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo bo‘lish nazariyasini ishlab 
chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar 
tarixchilari tomonidan “Beruniy asri” deb atalishi bejiz emas.“Islom olamining eng mashhur 
faylasufi va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biri” degan 
unvonga sazovor bo‘lgan Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati avlodlarda alohida g‘urur va 
ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan bu ulug‘ zot o‘z umri 
davomida 450 dan ortiq asar yaratdi. Ularning aksariyati avvalo tibbiyot va falsafa, shuningdek, 
mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohalariga 
bag‘ishlangan. Matematik va astronom Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn 
Mahmud, taxminan 1360-1437) Mirzo Ulug‘bekning ustozi edi. Ulug‘bek maktabi shakllanishiga 
uning qо‘shgan salmoqli hissasini inkor etish mumkin emas. Ilmdagi muvaffaqiyatlari uchun uni 
“Aflotuni zamon (о‘z davrining Platoni) deb atashgan. Mashhur matematik va astronom al-Koshiy 
(G‘iyosiddin Jamshid Koshiy) birinchi bо‘lib matematikaga pozitsion asosda о‘nli kasrlarni kiritdi 
va buni nazariy jihatdan isbotladi, Sinusni 1 gradus aniqlikkacha, P ni 17 raqamgacha hisoblab 
chiqdi. U о‘zining qator mashhur asarlarini astronomiyaga bag‘ishlagan. Al-Koshiy Qozizoda 
Rumiy bilan birgalikda Ulug‘bek observatoriyasi qurilishini boshqargan. Muhammad Tarag‘ay 
Ulug‘bek (1394-1439) о‘zidan ulkan ilmiy va madaniy meros qoldirdi, “Ziji jadidi Kо‘ragoniy” 
(“Yangi Kо‘ragon astronomik jadvallari”) – “Ulug‘bek ziji” buyuk olimning dunyoga mashhur 
asari. Ulug‘bek Samarqandda observatoriya va madrasa qurdi, о‘z akademiyasini tashkil qildi. 
О‘z shogirdlari bilan mingdan ortiq yulduzni о‘rganib, rо‘yxati – “yulduzli osmon xaritasi”ni tuz 
rо‘yxati – “yulduzli osmon xaritasi”ni tuzdi. Ulug‘bek akademiyasida olimlar faqat astronomiya 
bо‘yicha emas, balki matematika, falsafa, tarix va boshqa fanlarga oid tadqiqotlar ham olib 
borishgan. Ulug‘bek akademiyasida ishlagan atoqli astronom Ali Qushchi (Mavlono Aloviddin 
Ali ibn Muhammad Qushchi (1403-1474) о‘zidan matematika va astronomiyaga bag‘ishlagan 
dunyoga mashhur ilmiy ishlarini qoldirdi. U yil fasllarining о‘zgarishini Yerning Quyoshga 
yaqinlashishi natijasida Quyosh nurlarining Yer sathiga ta’siri bilan bog‘liq deb hisoblagan, 
Quyoshning tutilishi jarayonini ilmiy nuqtai nazardan aniqlagan. Fizika — tabiat haqidagi 
umumiy fan; materiyaning tuzilishi, shakli, xossalari va uning harakatlari hamda o’zaro 
ta’sirlarining umumiy xususiyatlarini o’rganadi. Bu xususiyatlar barcha moddiy tizimlarga 
xos. Turli va aniq moddiy tizimlarda materiya shakllarining murakkablashgan o’zaro ta’siriga 


52

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə