Август 2020 17-қисм



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/54
tarix17.03.2023
ölçüsü2 Mb.
#102722
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
17.Fizika matematika 2 qism

Август 2020 17-қисм
Тошкент
1. Bilim boyligini oshiradi.
2. Qiziqarli o‘tadi.
3. Darsning samaradorligini oshiradi.
4.Dunyoqarashni oshiradi.
5. Tafakkurni rivojlantiradi.
6. O‘quvchilarning diqqat-e’tiborini tortadi.
7. Har bir o‘quvchi bilan individual munosabat paydo bo‘ladi.
8. Xotirani kuchaytiradi.
9. Izlanishga chorlaydi.
10.O‘quvchilarni o‘z ustida ishlashga da’vat etadi.
11. Mustaqil fikrlashni o‘rgatadi.
12 .Eng qulay va sodda usul.
Xulosa o‘rnida shuni aytishim lozimki, didaktik o‘yinlarni dars jarayonida o‘rinli va maqsadli 
qo‘llash bu o‘qituvchining bilim doirasi va ijodkorligiga bog‘liq jarayon bo‘lib dars samaradorligini 
oshirishga to‘la-to‘kis xizmat qiladi…Sizlarga ham mazkur ta’lim texnologiyasidan foydalanib 
darslarni tashkil qilishni tavsiya qilaman…
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Xo‘jayev N. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent, Moliya ,2008 .
2. Tolipov U., Usmonboyeva M.Pedagogik texnologiyalar: nazariya va amaliyot. Toshkent, 
Fan ,2005


49
Август 2020 17-қисм
Тошкент
MATEMATIKA VA FIZIKA O’QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Boboyeva Mashhura Otabekovna
Bog‘ot tumanidagi 25- maktab
fizika matematika fani o‘qituvchisi
Tel: +998932884620
Annotatsiya
: Bu maqolada matematika va fizika o‘qitish samaradorligini oshirish
omillaridan biri ushbu fan asoslari uchun umumiy bo‘lgan tushunchalarini shakllanishiga
yagona yondashuv haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar
: Funksiya, argument orttirmasi, hosila, oniy tezlik, differensial, kinematika, 
mexanik, integrativ.
Matematika va fizika o’qitish samaradorligini oshirish omillaridan biri ushbu fan asoslari
uchun umumiy bo’lgan tushunchalarini shakllanishiga yagona yondashuvdir. Masalan,
x o’zgaruvchi, f(x) funksiya, f(x)dx kabi tushunchalar matematikaning predmeti bo’lib,
bugungi kunda o’rta maxsus ta’lim fizikasi mazmuniga to’liq kirib borgan. Shuning
uchun ushbu tushunchalarni o’qitishda matematika va fizika o’qitishning o’zaro kelishuvi 
zarur va shart.
Ba’zi tushunchalarni shakllanishiga yagona yondashuvi amalga oshirishni misollar orqali
qarab chiqamiz.
1. Δt argument orttirmasi tushunchasiga o’quvchilar 7-sinfda kinematika kursida duch 
keladilar. Bu tushunchani to’la shakillantirish yuqori sinf matematika kursining argument 
va funksiya tushunchasini o’rganish davomida batafsil qarab chiqiladi. Ta’kidlash lozimki, 
fizika kursida mexanik harakat faqat musbat qiymatlar uchun qaraladi, matematikada esa
manfiy sonlar bilan ham ish ko’rishga to’g’ri keladi. Fizikada vaqt o’zgaruvchi miqdor 
qaralib t=t_2-t_1 ayirma argument orttirmasi vaqt oralig’I sifatida qaraladi. Aynan ana shu 
holat matematika kursida argument va funksiya orttirmasi tushunchalarini shakllanishida 
asos bo’lib xizmat qiladi. 
2. Hosila tushunchasini kiritishda oniy tezlik tushunchasidan foydalanish hosila 
tushunchasini izohlashda eng qulay va tushunarli vositadir. Demak, hosila-tezlik matematika
va fizika uchun integrativ mazmundagi umumiy tushunchadir. 
3. Fizika kursida o’rganiladigan “tebranishlar va to’lqinlar” mavzusi matematika kursidagi
differensial tenglamalarni o’rganishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, mavjud metodik adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, matematika
va fizika o’quv fanlari uchun umumiy tushunchalarni shakllantirishda quyidagi qoidalarga
amal qilish zarur:
Matematikada o’rganilgan va o’rganilayotgan funksional bog’lanishlarga mos keluvchi
fizik jarayonlar va harakatlarni aniqlash.
O’quvchilarga u yoki bu fizik jarayonning matematik modelini tuzish qoidalarini
tushuntirish va zarur tasavvurlar hosil qilish.
U yoki bu funksional bog’lanishlarni o’rganishda o’quvchilarga shu bog’lanishlarni
ifodalovchi fizik jarayonlar va bog’lanishlarn i fizika darsligidan aniqlab kelishini topshirish.
Funksiyaning grafiklari mavzusini o’rganishda fizika o’quv fanidan misollar keltirish,
turli fizik jarayonlarni ifodalovchi grafiklarni o’qishga o’rgatish.
Demak, matematika va fizika fanlarini o’qitishda ba’zi tushunchalarni shakllantirishga
yagona yondashuv bu fanlarni o’qitish samaradorligini oshiradi. Ta’kidlash lozimki,
matematika va fizikada qaralayotgan tushunchalarning tub mohiyatini buzmasdan yondashish
zarur bo’ladi.
Matematikada o’rganilayotgan funksional bog’lanishlar qonuniyatlar fizikada qaralayotgan
ko’plab jarayonlarning mohiyatini umumlashtirishga, integrassiyalashga yordam beradi.
Bu esa o’z navbatida o’quvchilarda umumlashgan bilim, ko’nikma, malakalarning va
tasavvurlarning shakllanishiga hamda rivojlanishiga xizmat qiladi.
Tushunchalarni shakllantirishga yagona umumlashgan yondashuvni ortiqcha takrorlashlarning
oldini oladi. Bilimlarni sintezlashgan holda umumlashishiga va chuqurlashishiga xizmat
qiladi. Tushunchalarni shakllanishiga yagona yondashuvni amalga oshirish quyidagilarga


50

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə