Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayorlash va malakasini oshirish instituti



Yüklə 66,25 Kb.
səhifə9/18
tarix20.10.2023
ölçüsü66,25 Kb.
#128543
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Diyora оилада ер-хотин муносабатларининг

OILANING TARBIYAVIY VAZIFASI

Oilaning muhim ahamiyatga ega bo'lgan yana bir vazifasi tarbiyalashdir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tar- biyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo'yish bilan cheklanmasdan, balki uning so'nggi g'ishti qo'yilguncha javobgardir. Ota-ona — san'atkor, bola — san'at asari, tarbiya jarayoni esa san'atning o'zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan saqlab kelayotgan milliy urf- odatlarimiz, an'analarimiz (bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug', mahallaning ham ta'siri) bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin ba'zan oilaning tarbiyaviy vazifasining susayishi va targ'ibot-tashviqot ishlarining kamligi natijasida oila a'zolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, narkomaniya, turli diniy oqimlar ta'siriga berilish, ma'naviy buzuqlik yo'liga kirish) paydo bo'lishi tashvishlanarli hollardan biridir. Jarniyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur vazifasi darajasiga kiradi.
Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastawal oilada amalga oshadi. Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma'lum bir siyosiy- g'oyaviy dunyoqarash, axloqiy me'yorlar va xulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi. Xalqimizda «qush uyasida ko'rganini qiladi» deb bejiz aytilmagan.
Oilada amalga oshadi- gan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy me'yorlar va qadriyatlarni o'zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi.

Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo'lib kelgan xususiyatlar- dan biri, undagi shaxslararo munosabatlar talablaridan biri uni o'z a'zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini ta'minlash, shuningdek bolalarga va mehnatga yaroqsiz yoki keksa qarindoshlarga moddiy va jismoniy yordam ko'rsatish kabilardan iborat bo'lib kelgan. Bu holat o'z navbatida oilaning asosiy vazifalaridan yana birini, uning rekreativ vazifasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ — o'zaro jismoniy, moddiy, ma'naviy va psixologik yordam ko'rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila a'zolari dam olishini tashkil etish vazifasidir. Bu vazifa keyingi yillarda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oila a'zolari salomatligini mustahkamlash, oila a'zolarining dam olishini tashkil etish, oila a'zolarining bevosita mehnat, o'qish va boshqa ijtimoiy faoliyatlaridan xoli holda, ya'ni bo'sh vaqt- larni birgalikda o'tkazishlarini qanday tashkil qilishlari, unda bularning o'zaro munosabatlari xarakteri qanday ekanligi bu- gungi kun oilasi mustahkamligi uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan omillardan hisoblanadi. Bo'sh vaqt jamiyatning nihoyatda muhim ijtimoiy qadriyatlaridan biridir. Bu qadriyatdan odamlar turlicha foydalanadilar. Bo'sh vaqtini muntazam ravishda qanday o'tkazishiga qarab har bir odamning yetuklik darajasiga, ma'naviy dunyosiga baho berish mumkin. Bu bora- da erishilgan yutuqlarimizdan biri shuki — dam olish va sogiomlashtirish ishlariga davlat miqyosida ahamiyat berila boshlandi. Lekin ko'pchilik turli sabablar bilan (ularning o'zlari ko'proq moddiy sababni ko'rsatishadi) madaniy dam olishga e'tibor bermay qo'yganligini ham aytib o'tish lozim. Hozirgi vaqtda oilaviy dam olish, oilaviy turizm va qator oilaviy tadbir- lar doirasi kengayib bormoqda.
Shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, hozirgi vaqtda oilaning rekreaktiv vazifasini davlat va ijtimoiy tashkilotlar o'z zimmasiga olmoqda. Odamlarning xavfsizligini ta'minlash, qariyalarga bepul tibbiy yordam ko'rsatish (bizning milliy xususiyatlarimizga yot bo'lsada, qariyalar uylarining ochilishi), odamlar dam olishlari va o'z sog'liqlarini tiklab olish imkoniyatlarini beradigan dam olish uylari va sanatoriylarning ochilishi kabilar shular jumlasidandir. Lekin shu bilan birga oila a'zolarining axloqiy- psixologik himoyalanganligini ta'minlashdagi roli tobora ortib bormoqda. Chunki odam faqat o'z oilasidagina va faqat o'z yaqinlari qurshovidagina o'zini torn ma'noda xotiijam, erkin his qila olishi mumkin xolos. Bu borada oilaning o'rnini hech bir ijtimoiy muassasa bosa olmaydi
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə