Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayorlash va malakasini oshirish instituti


Oilaning FELIOTSITOLOGIK VAZIFASI



Yüklə 66,25 Kb.
səhifə12/18
tarix20.10.2023
ölçüsü66,25 Kb.
#128543
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Diyora оилада ер-хотин муносабатларининг

Oilaning FELIOTSITOLOGIK VAZIFASI

Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan vazifalaridan biri uning felitsitologik vazifasidir (italyancha «felitsite» — baxt). Shaxsiy baxtga erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko'p jihatdan hal qiluvchi bo'lib bor­moqda. Baxt nima o'zi? Hozirgi zamon oilasi o'z a'zolarining baxtini ta'minlashda qanday rol o'ynaydi? Baxtga intilish har bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila qurishga undaydi. Inson o'ziga ato etilgan baxtning o'rtdan uch qismini oiladan choraktaga yetar-yetmas qismini boshqa narsalardan topadi.
Oilada er-xotinning bir-birini to'liq tushunishi, ularning o'zlarini baxtli his qilishlarini ta'minlaydi.
Shuningdek, o'zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlar (iqtidor)ni ro'yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o'zini baxtli his qilish imkonini beradi. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari origan sari uning baxtga int ilish darajasi ham ortib bormoqda. Lekin ba'zan nopok yo'llar bilan pul topish orqali baxtli bo'liшshga intilish yoki o'zgalar hisobiga shaxsiy baxtga intilish kabi salbiy holatlar ham uchrab turadi. Ba'zan esa oila a'zolarining (ayniqsa, er-xotinning) shaxsiy baxtga o'z-o'zicha intilishi oilalarda noxush holatlar (xiyonat kabi)ni ham keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun har bir shaxs o'zida ko'proq vijdonlilik, poklik, halollik kabi ma'naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashga e'tibor berishi lozim.

  • OILANING RELAKSATSIYA VAZIFASI

Hozirgi zamon oilasining eng asosiy vazifalaridan yana biri relaksatsiya vazifasidir. Bu degani oila a'zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quwatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir. Ma'lumki fan-texnika tarqqiyotining hozirgi bosqichida, ishlab chiqarish munosabat­larining jadallashuvi, xalq xo'jaligining turli jabhalarida yangi texnologiyalarning joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruhiyatiga oldingilariga qaraganda ko'proq jismoniy, ruhiy zo'riqishlar bermoqda. Bugungi va ertangi kun sanoati, ishlab chiqarishi ishchi xodimdan bor imkoniyatini safarbar qilib, butun vujudi bilan ishlashni va o'zining kasb-hunar mahoratini muntazam oshirib borishni taqozo qiladi. Ishlab chiqarish jarayonlari jadalligining bunday tarzda davom etishi shu jarayonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi insonni tezda toliqib, o'zining mehnat qobiliyatini yo'qotishiga olib kelishi mumkin. Ish kuni davomida ko'tarinkilik, kuchli zo'riqish bilan ishlagan xodimi ishchi ishdan so'ng o'z uyida, oila a'zolari qurshovida boshqa tashvishlarni unutib, ular unga ko'rsatadigan mehr-oqibatdan bahramand bo'lib, ular bilan bo’ladigan o'zaro muloqot, ular tomonidan bo’ladigan emotsional qo’llab-quvvatlash, beriladigan daldalardan ruhiy quvvat olib, ertangi kun mehnat faoliyatiga o'zini qayta tiklab olishi lozim bo'ladi. Buning uchun esa uning oilasida tinchlik, totuvlik, o'zaro tushunish, o'zaro hurmat, mehr-oqibat, ijobiy psixologik iqlim hukm surmog'i lozim. Aks holda odam bu oilada emotsional jihatdan, ruhiy jihatdan o'zini qayta tiklab ololmaydi. Bu esa oqibatda odamning mehnat faoliyatida turli xatolarga, ishda sifatsizlik, jarohatlarga yo'l qo'yishiga, turli kasalliklarga duchor bo’lishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila uchun oila baxtini ta'minlovchi me'zon hisoblanadi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, oila — jamiyatning bir bo'lagi, uning asosiy yacheykasidir. Shuning uchun oilaning o'z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga j amiyatning ijtimoiy sog’lomligiga ham ta'sir etadi. Shunday ekan, jamiyatni sog'lomlashtirish uchun eng avvalo oilaviy munosabatlarni yo'lga qo'yish, oilaning faqat ichki muammolarinigina emas, balki umumijtimoiy muammolarni ham hal qilishga hissa qo'shishini ta'minlash lozim.



Yüklə 66,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə