Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayorlash va malakasini oshirish instituti


-BOB. Kichik makatab yoshidagi bolalarda shaxslararo munosabatlar dinamikasi



Yüklə 66,25 Kb.
səhifə13/18
tarix20.10.2023
ölçüsü66,25 Kb.
#128543
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Diyora оилада ер-хотин муносабатларининг

2-BOB. Kichik makatab yoshidagi bolalarda shaxslararo munosabatlar dinamikasi
2.1 Oilada er-xotin munosabatlari.
Oilaviy munosabatlar ikki kishi er va xotin orasidagi xissiyotlarga asoslanib shakillanadi. Agar xissiyotlar ortda qolib, hayot muammolari ustun kelib, er o’zini tergovchi sifatida tutsa, xotini doimo o’zini terov ostida ushlansa, yoki xotin doimo moddiy muammolar , boylik, ro’zg’or hisob-kitobini qilib erini doimo tergasa bir-birlariga bo’lagan his-tuyg’u yo’qolib ketadi. Inson ba’zida o’ziga yaqin bo’lgan odamlarini tushunmaydi. A. Grin o’zining asarlaridan birida “Bizning ichki dunyomiz kamdan-kam odamni qiziqtiradi”, deydi.
Er va xotin bir-birlarini juda yaxshi biladigan, tushunadigan deb o’ylashadi. Aslida esa yaqin odamni ichki dunyosini ko’ra bilish uni tushunishni xohlamaydi. Er va xotin turmush qurib, jismonan bir-biriga yaqinlashgani bilan qalban yaxshilik bu boshqa narsa. Bu yaqinlikka erishish uchun unga intilish, qiziqish va yaqin odami bilan doimo suxbatda bo’lish, suxbat orqali uni ichki dunyosiga kira olishi kerak. Bu munosabatlar qiziquvchan, erkin va teng huquqli insonlar orasida bo’ladi. V.A. Sisenko oilaviy munosabatlarni mustahkam yoki sustligini asosi er va xotin bir-birlariga bo’lgan mehrida, bir-birini tushunishida va oilada doimo yaxshi kayfiyat, kulgi bo’lishidadir.
Munosabatlarni samimiyligiga va turmushning buzilishiga V. Stirning fikriga quyidagi qo’rquvlar sabab bo’ladi.

  1. Men xato qilib qo’yishim mumkin.

  2. Kimgadir qilig’im yoqmasligi mumkin.

  3. Kimdir ustimdan kuladi.

  4. Kimdir meni maqtanchoq deb o’ylaydi.

  5. U meni yomon deb o’ylaydi.

  6. Biror-bir aybim borligini bilib qolishadi.

  7. U meni tashlab ketadi

Ammo, kimki fikrlarni o’zidan chetlasa, erkin tutsa va o’z ustidan kulishidan qo’ramasa, munosabatlar osonlashadi.
Inson turmush qurishidan oldin bu hayotda o’zining dunyoqarashiga ega bo’ladi. U o’zi uchun aziz va qimmatli narsalarni belgilab qo’yadi, shuning uchun o’z yonida uni tushunadigan, uning g’ururiga tegmaydigan dunyoqarashi ustidan kulmaydigan, ta’na qilmaydigan ko’pincha yaqin bir inson bo’lishini istaydi.
U boshqa o’ziga yaqin insondan uni dunyoqarashi, g’ururini, hayotdagi o’rnini, hurmat qilishini xohlaydi. Faqat shunday insongina turmush o’rtog’i bo’la olishi va shundagina mustahkam oila qurishi mumkin.
Oilani mustahkamlovshi ikki muhim faktorni V. A. Sisenko belgilab beradi:

  1. Ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy ta’minlanganlik darajasi va vaqt ajratilishi;

  2. Ijtimoiy-psixologik faktlar oilaviy hayotdan mamnun bo’lish darajasi.

Shu ikki faktor oilani mustahkam qilishda V. A. Sisenko asosiy shart deb biladi. Er-xotrinning bir-biridan uzoqlashishi yoki bir-birini tarbiyalashga urinish oilaviy munosabatlarni buzilishiga oilb keladi.
Agar er-xotinning biri o’zining kamchilik tomonlarini bilsa, ulardan qutilish mumkin. Agar bu harakat bo’lmasa, oilaning buzilishiga olib keladi.
Agar er-xotin xarakterida quyidagi kamchiliklar bo’lsa, oilani saqlab qolishi qiyin bo’ladi:

  • Ma’sulyatni o’z zimmasiga ololmaslik va moliyaviy tomondan qarzga botish;

  • Yoshligida boshidan kechirgan xafagarchiliklar, jarohatlar yoki tashlanganligi natijasida emotsional tug’un emasligi;

  • Emotsional sovuq, sevishni ham, sevishga jovob berishni ham bilmaydi, har doim kimnidir ayblaydi, kimdandir norozi bo’ladi;

  • Seksual tomonidan muammolar ( impotensiya , frigidlik) hiyonatga moyillik, boshqalar bilan o’ynashishi.

  • Spirtli ichimliklarga, narkotik moddalarga, qimor hamda jinsiy aloqaga ruju qo’yganligi;

  • Oldingi baxtsiz sevgisidan xali ham o’ziga kelolmaganligi.

Amerika keksayish instituti ma’lumotlariga ko’ra, inson 30 yoshgacha xarakteri, dunyoqarashi shakillanib bo’ladi, lekin inson ongli va tanlash ixtiyoriga ega, shuning uchun o’z xarakteridagi kamchiliklarni yo’qoyishi va o’zining ijobiy tomonlarini orttirib o’zgarishi mumkin.
Agar yoshlar oila qurib, bir-birlariga ta’sir ko’rsatib xarakterini o’zgartiraman deb o’ylasalar xato qiladilar. Ko’pchilik xolda umr yo’ldoshi u xohlaganidek bo’lib qolishi mumkin emas.
Er-xotin oiladagi muloqoti, shaxslararo muloqotning umumiy qonuniyatlariga bo’ysunishi bilan birga, dastavval ishdan tashqari, bo’sh vaqtalrini birgalikda o’tlazish bilan shartlangan o’ziga xos xususiyatlariga ham ega. Hamkasblar, o’rtoqlar, do’stlar va sevishganlar hamma vaqt ham birga bo’lish imkoniyatlariga emaslar, qaytanga, o’z muloqotlarini o’zlari xohlagan vaqtlarida kamaytirib, hatto uzib (to’xtatib) qo’yishlari ham mumkin (uchrashuvga borishi lozimligini “unitib” qo’yish, kutilmaganda “juda band” bo’lib qolishi mumkin va sh.k.). Er-xotinlar esa ko’pincha bunday imkoniyatlardan mahrumdirlar. Ular bir xonadonda, ko’pincha bir xonada birga bo’lishi “mahkum” etilgan. Albatta, bu gaplar ko’pchilik yoshlarimizda (ayniqsa, bir-birlarini sevuvchi yoshlarda) tushunmovchilik, ishonmaslik, e’tiroz tug’dirishi mumkin, chunki ular, o’zing uchun aziz va sevimli bo’lgan odam bilan birga bo’lish, uning yonida bo’lish “majburiyati” bu eng orziqib kutilgan orzuning ro’yobga chiqishi-ku deb hisoblashlari mumkin. Biroq bu “mahkumlik” bilan hisoblashmaslik ham mumkin emas. Turli aholi turar joylarida, mahallalarda, qo’ni-qo’shnilar o’rtasida ko’pincha faqat ayollardan yoki faqat erkaklardan iborat “kompaniyalar” ham behudaga yuzaga kelavermaydi.
Er-xotin muloqoti, muomalasining o’ziga xos nozik jihatlaridan yana biri ularning bir-birlari bilan yetarli darajada intim munosabatlarda bo’lishligidir. Bu albatta, ularning o’zaro munosabatida shubhasiz o’z izini qoldiradi. Bu o’rinda shuni ham aytib o’tish joizki, bizni bolalikdanoq olgan o’ziga xos tarbiyamiz jinsiy munosabatlar, jinsiy munosabatga noma’qul uyat, go’yoki axloqsiz hodisadek qarashga majbur qiladi.
Odamlar oila qurishar, nikohdan o’tishar ekanlar, tabiiyki, seksual munosabatga kirishadilar.
Endi nikohdan keyin bu “mumkin”. Biroq bolalikdan jinsiy aloqa, jinsiy akt qandaydir bir “yomon” narsa deb tasavvur qilib tarbiyalanganlik, ayrim er-xotinlarga ong ostida bo’lsada, xalaqit qiladi va bu ba’zan ularning bir-birlariga axloqsiz qiliqlarni qilishda o’ziga xos sherik deb qarashga majbur qiladi. Vaqt o’tishi bilan er-xotinlarning ir-biri oldidagi “sir asrorlari tobora ochilib boraveradi.
Biz yuqorida oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasiga tegishli masalalarga qisman to’xtalib o’tdik. Endi esa mazkur masalada yosh oila mezonlari haqida fikr yuritsak. Psixolog va sotsiologlarning fikricha, kelin-kuyovlarning Yoshi 30 dan oshmagan birinchi nikohdagilar yosh oila deb hisoblanadi. Odatda yosh oila tushunchai oilaviy hayotning dastlabki 10 yilini o'z ichiga oladi.
Nikohdan o’tib, oila qurilgandan so’ng u bir necha bosqichlarni bosib o’tadi. Shulardan eng ko’p kuzatiladigani sotsial va psixologik jihatdan kata ahamiyat kasb etadigan ham aynan shu yosh oila bosqichiga to’g’ri keladi. Bu bosqichda er-xotinlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari shakillanadi, farzandlar dunyoga keladi, ularni tarbiyalash, voyaga yetkazish bilan bog’liq bo’lgan asosiy ishlar amalga oshiriladi. Shularni hisobga olgan holda hukumatimiz tomonidan yosh oilalar ularning mustahkamligini ta’minlash va ularda ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy qo’llab quvvatlash yangi oilaning barqarorligini ta’minlashga imkoniyatlar yaratish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Yüklə 66,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə