Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayorlash va malakasini oshirish instituti



Yüklə 66,25 Kb.
səhifə16/18
tarix20.10.2023
ölçüsü66,25 Kb.
#128543
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Diyora оилада ер-хотин муносабатларининг

Javoblar:
15-30 ball: sizni yaxshi ota-ona deyish mumkin. Siz ota-onalik burchingizni kerakli darajada bajaryapsiz. Bunga farzandingizga beradigan talim-tarbiyadan ham bilsa bo`ladi. Ammo farzandingizning qiziqishlari va qobiliyatlariga ko`proq e-tibor berishingiz kerak.
7-14 ball: farzand tarbiyasida deyarli kamchiliklarga yo`l qo`ymaysiz, lekin ko`pincha boshqa yumushlar tufayli farzandingizga keraklicha e`tibor berolmay qolasiz. Bu kamchilikni to`g`rilash uchun kelayotgan dam olish kunini farzandingizga bag`ishlang. U bilan biror yerga boring. Natijasi ijobiy bo`lishiga shubha qilmasangiz ham bo`ladi.
0-6 ball: farzand tarbiyasi haqida tushunchaga umuman ega emassiz. Hechdan ko`ra kech, deganlaridek bu boradagi bilim va malakangizni oshirishga harakat qiling. 20 nafar yosh ota-onalar bilan olib borilgan psixologik testlar yordamida ularni farzand tarbiyasiga qanchalik ma`suliyat bilan yondoshishlarini aniqlab oldik ham desak bo`ladi.
Psixologik testlarning natijasi qo`yidagicha bo`ldi:
Agar biz 25 nafar yosh ota-onalarni 100% deb olib qaraydigan bo`lsak ulardan 60 % 0-6 ballni to`pladi, 30% 7-14 ballni to`pladi, 10 % gina 15-30 ballni to`pladi.
Yosh ota-onalarga bola tarbiyasi, ota-onaning farzand oldidagi burchlari kabi tushunchalarni tarkib toptirish va ularda ota-onalik ma`suliyatini yanada oshirish maqsadida “Qush uyasida ko`rganini qiladi”, “Bola boshidan” mavzusida tarbiyaviy tadbir o`tkazildi. Tarbiyaviy tadbirda oilalarda axloqiy munosabatlarni shakllanishi, o`zbek oilasiga xos bo`lgan xususiyatlar, milliylik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, an`analarning hamda urf-odatlarning bola tarbiyasidagi o`rni ochib berildi.
O`tkazilgan tarbiyaviy tadbirlar hamda yosh ota-onalarga berilgan pedagogik bilimlardan so`ng o`tkazilgan tajriba ishlarini natijasini bilish maqsadida 15 nafar yosh ota-onalardan psixologik test oldik. Tajriba boshida olib borgan psixologik testdan farqli o`laroq keyingi olgan test natijalarini hisobga olgan holda yaxshi natijaga erishdik deb aytsak bo`ladi.
Olingan test natijalari qo`yidagicha: Agar biz 15 nafar yosh ota-onalarni 100% deb olib qaraydigan bo`lsak ulardan 65 % 15-30 ballni to`pladi, 25% 7-14 ballni to`pladi, 10 % 0-6 ballni to`pladi.

XULOSA
Zamon rivojlanishi bilan yoshlar ongi keskin o’zgarib, buning oqibatida esa hozirgi oilalardagi munosabatlar kuchsizlanib, qiyinchiliklarga chidamsiz, tashqi ta’sirga moyil bo’lib bormoqda.
Bola dunyoga kelar ekan mustahkam va iliq oilaviy munosabatlar qurshovida bo’ladi. Bu esa bolaning aqlan va jismonan barkamol bo’lib yetishishiga zamin yaratadi. Agar buni aksi bo’lsa bolada ruhan zo’riqish va emotsional og’ish holatlari bo’lish ehtimoli katta. Avvalam bor ikki shaxs oila qurar ekan bu ularning o’zaro roziligi bilan amalga oshiriladi. Yangi qurilgan oila mustahkamligiga erishish uchun er-xotin birgalikda harakat qilishi lozim. Hatto musulmon dinida ham nikoh qurishga alohida e’tibor qaratilgan. Buning isboti sifatida Qur’oni Karimdagi bir qancha suralar va hadislar bo’la oladi. Ammo qonunda ham dinda ham aytib o’tilgan fikrlarning ko’pchiligiga hozirgi zamonaviy oilalar tomonidan rioya qilmaslik holatlari juda ko’p uchramoqda.
Shuni ta’kidlab o’tishim lozimki o’z oilasining mustahkamligi har bir insonning o’z qo’lidadir va uning qancha umr ko’rishi faqat va faqat er-u xotin zimmasidadir.


Yüklə 66,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə