Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayorlash va malakasini oshirish instituti


Oilalar bilan olib borilgan tadqiqot ishlari va ularning natijalari



Yüklə 66,25 Kb.
səhifə14/18
tarix20.10.2023
ölçüsü66,25 Kb.
#128543
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Diyora оилада ер-хотин муносабатларининг

2.2. Oilalar bilan olib borilgan tadqiqot ishlari va ularning natijalari
Tadqiqot jarayonida biz o`zbek oilalaridagi tarbiya jarayoni, farzand tarbiyasi ota-onaning o`rni, oilalarda axloqiy munosabatlarni shaklllanganlik darajasini o`rganish maqsadida O`quvchilarning ota-onalar shu mahalada istiqomat qilayotgan oilalar hamda oilalarda yuzaga kelayotgan har xil muammolarni ko`zatib tahlil qilib chiqdik. Mahalla fuqarolar yig`ini raisi hamda mahalla xotin- qizlar maslahatchisi yordamida bir necha oilalarga kirib u yerdagi qo`yidagi voqea va muammolarning guvohi bo`ldik:
Bola boshidan!” 1- masala. Boymirzayevlar oilasida otasi juda toparman-tutarman. Ota hali balog`atga yetmagan o`glidan pulini ayamas, u bilan gaplashganda faqat boylik, pul topish yollarini o`rgatar ekan. Oiladagi muhitni ko`rish maqsadida shu oila bilan uchrashgani bordik va bizni mehmonxonaga taklif qildi, birdan erkatoy o`g`li ruxsatsiz, salomsiz kirib kelib qoldi. Xijolat bo`lgan ota o`g`liga: “Ie, mehmonlarga salom qani, o`g`lim”, -dedi. O`gli: “Mehmonlaringiz o`zingizga o`xshagan boy beznesmenlarmi? 25 so`mlik salom beraymi, 50 so`mlik salom beraymi yoki 100 so`mlikmi?” . Ota bizning oldimizda o`g`lining bunday savollaridan juda uyalib, yer yorilsa-yu, yerga kirib ketgudek izza bo`ldi.
Oila a`zolarining o`g`lining qilgan hurmatsizligiga munosabati:
A) Dadasi: O`g`lim sen mehmonlarni oldida meni izza qilding. Endi senga hech ham pul bermayman.
B) Ayasi: Eh, dadasi bolada, bunday demang bola o`rtoqlaridan kam bo`lib yursinmi? C) Buvisi: Bolam senga necha bor aytdim, “o`g`lingni pulga ko`p o`rgatma” –deb.
Bolam “salom” xudoning farzi. Kishilarga salom berganda hech qachon pul olmaydi, gunoh bo`ladi. “Qush uyasida ko`rganini qiladi!”
2-masala. Po`latning yolg`iz o`g`ilchasining tili chiqqan- biram shuirinki! Po`lat o`zi bolaligidan sho`x o`sgan, uning ustiga otasiz katta bo`lgan bo`lib, ba`zi mahalla bolalariga qo`shilib tarbiyasi buzildi. Shu sabab uylanganidan keyin ham bosilmadi. Ba`zan xotini bilan san-manga borib qolganda og`zidan bodi kirib shodi chiqar, hech kimni pisand qilmas, birovga quloq solmas edi. Po`latning qo`shnisi ergashvoy bilan kelishmay qolganini va bunga hali tili ham chiqmagan o`g`ilchasining sabab bo`lganini eshitdik. Biz hovlida o`tirgaimizda birdan o`g`ilchasi ko`chada qo`shnilarning bolalaridan biri bilan urishib qoldi. Jazavaga tushgan o`g`li Po`latning qo`y-qo`yiga qaramasdan haligi bolani urar, tili endi chaqqan bo`lishiga qaramasdan oldi-orqasiga qaramasdan so`kar, muomilaga kunmas edi.
Bu voqeani oila a`zolari qo`yidagicha qarshiladilar:
A) Dadasi: yashavor, ota-o`g`il! Boplading o`rtog`ingni. Bo`sh kelma. Bo`shashsang hammadan kaltak yeysan. Zo`r bo`lsang hamma seni hurmat qiladigan bo`ladi. Shunday bo`lsin- katta bo`lsang qaharamon bo`lasan!- dedi.
B) Buvisi: bolam, senga har doim o`g`lingni taltaytiraverma, oqibati yomon bo`ladi, deyman. Boshqalarga ham o`g`il bor, faqat senda emas. Undan keyin sen bolaligingni tashla. Endi o`zin ham farzand katta qilyapsan oxirini o`yla;
C) Oyisi: qo`yavering, oyi. Katta bo`lsa, esi kirib qoladi.
Hali yosh-ku, nimani biladi. Ayb qo`shnining o`g`lidan o`tgan-da, bo`lmasa bunaqa qilmas edi – dedi. Bolasi taltayib o`zi qilgan ishidan xo`rsand bo`lib ketdi. “Baxt mol-dunyoda emas!”

Yüklə 66,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə