Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayorlash va malakasini oshirish instituti


OILANING REGULATIV (BOSHQARUV) VAZIFASI



Yüklə 66,25 Kb.
səhifə11/18
tarix20.10.2023
ölçüsü66,25 Kb.
#128543
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Diyora оилада ер-хотин муносабатларининг

OILANING REGULATIV (BOSHQARUV) VAZIFASI

Oilaning regulyativ vazifasi oila a'zolari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijti­moiy nazoratni, oilada ustunlik va obro'ni amalga oshirishni o'z ichiga oladi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazo- rat qilish va ularni moddiy hamda ma'naviy tomondan qo'llab- quvvatlash nazarda tutiladi. O'tgan zamonlarda oilaning boshqarish vazifasi ma'lum darajada rasmiy tarzda belgilab ham qo'yilgan. Unga ko'ra oilada kim oila boshlig'i bo'lishligi, uning obro'si va ustunligi qayd etilgan va oilaning shu a'zosi (asosan ota) butun umri davomida o'z farzandlari va oila a'zo­lari xatti-harakati, xulqi uchun javobgar bo'lgan. Ota-onasiga bo'ysunmaganlarni jazolash hollari ham nazarda tutilgan.
Hozirgi zamon egalitar oilalarida esa oilaning boshqaruv vazifasi asosan axloqiy me'yorlar, oila a'zolarinig shaxsiy obro'si va birinchi navbatda ota-onalarning bolalarga nisbatan bo'lgan munosabatlaridagi obro'si kabilar yordamida amalga oshiriladi. Shunga ko'ra ba'zi oilalarda oilani boshqarish, unga boshchilik qilish oila a'zolarining qiziqish va imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilsa, ba'zi oilalarda (er-xotinning alohida-alohida) liderlikka intilishi natijasida oilaviy nizo- larning ortib borishi, bolalarning har tomonlama e'tibordan chetda qolishi, natijada jinoyatchilik ko'chasiga kirib ketishi kabilar kuzatiladi. Ba'zi oilalarda ayol liderligining mavjudligi o'g'il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlarning ko'payib borishiga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga oilaning boshqaruv vazifasi oila a'zolari­ning xulqi, mas'uliyati, majburiyati kabilarni ham boshqarishni, nazorat qilishni o'z ichiga oladi. Odam oila qurganidan so'ng, albatta, uning ijtimoiy mavqeyi o'zgaradi. Endi u «uylanmagan yigit», «turmushga chiqmagan qiz» emas, balki «oilali» odamdir. Shunga ko'ra u o'zining xatti-harakatlari, xulqini ham oilali odamga xos tarzda qaytadan ko'rib chiqadi. Oila qurish tufayli uning mas'uliyati ortadi. Erning va xotinning xulqi ham endi o'ziga xos boshqariladi.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə