Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayorlash va malakasini oshirish instituti



Yüklə 66,25 Kb.
səhifə2/18
tarix20.10.2023
ölçüsü66,25 Kb.
#128543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Diyora оилада ер-хотин муносабатларининг

KIRISH
Tadqiqot dolzarbligi: Inson tirik mavjudot sifatida harakatda bo’lishi turli xil extiyojlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Ulardan ba’zi birlarini mustaqil amalga oshirilsa, ba’zilarni esa faqatgina kim bilandir birgalikda amalga oshirishi mumkin. Agar nikoh paydo bo’lgan davrlarda xo’jalik ishlari, iqtosodiy ishlar, avlod qoldirish va tarbiyalash funksiyalari ahamiyatli bo’lgan bo’lsa, hozirgi davrga kelib psixoterapevtik funksiyalar, emotsional qo’llab-quvvatlash ahamiyati kuchaymoqda. Er-xotinlik munosabatlari xozirgi zamonaviy ko’rinishda ekzistensional mazmunga erishganlik pozitsiyasidan baholanadi va er-xotin o’rtasidagi psixologik munosabatlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Nikoh bo’lishi uchun eng asosiysi sevgi va his-tuyg’ular hisoblanadi. Aynan sevgi-muhabbat hislari oila qurishiga olib keladi. Hatto shubxali bo’lgan “hisob-kitobli nikoh”da ham sevgi, his-tuyg’ularni paydo bo’lish ehtimoli yo’q emas. Har bir shaxs noyob va takrorlanmasdir, ushbu noyoblikning ikkinchi tomoni yolg’izlik qismatidir.
Insonning o’z turmush tarzining noyobligi va shaxsiy xususiyatlari va ko’rinishlarini takrorlanmasligini anglanganligi yolg’izlikni yengishga undaydi. Kimdir uni tushunishi, qabul qilishi va kimgadir kerak bo’lishi kerak. Inson sevish va sevilishni xohlaydi. Buni esa u nikoh va oiladan topishni mo’ljallaydi.
Tadqiqot predmeti: Oilaviy tarbiya va oiladagi shart –sharoitlarni o`rganish, oila muhitida ta`lim – tarbiya jarayoni, axloqiy munosabatlarning o`ziga xosligini o`rganish, tahlil qilish va uslubiy tavsiyalar berish.
Tadqiqot maqsadi: Oilada axloqiy munosabatlarni shakllantirishni to`g`ri yo`lga qo`yish tadqiqot natijalariga ko`ra yo`l-yo`riqlar ko`rsatib tavsiyalar berish.
Bitiruv ishining mavzusi, muammo va maqsadiga mos ravishda qo`yidagi vazifalarni ochish masalalari qo`yiladi:
1. O`zbek millatiga xos bo`lgan milliylik, o`zbek oilalarida axloqiy munosabatlarni shakllanganlik darajasini o`rganish, tahlil qilish.
2. Sharq mutafakkirlarining oilada farzand tarbiyasi haqidagi qarashlarini tahlil qilish. 3. Oilada farzand tarbiyasida ota-onaning roli va shaxsiy namunasining ahamiyatini ochib berish.
4. Farzand tarbiyasida milliy qadriyat, an`ana va urf-odatlarni mohiyatini ochib berish.
5. Farzand tarbiyasi borasida ota-onalar bilan olib borilgan amaliy ishlarni tahlil qilish.
Umumiy nazariya va metadologiyaga tayangan holda bitiruv ishining mavzusini ochib berish uchun qo`yidagi bir-biriga yaqin va bir-birini to`ldirib boradigan tadqiqot usullaridan foydalanildi:
1. Oilalarda axloqiy munosabatlarni shakllantirishga doir ilmiy va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilib chiqish.
2. Mahallalardagi oilalar bilan olib borilgan ishlarni ko`zatish.
3. Oilalar bilan tanishib, ota-onalar bilan o`z farzandini qanchalik darajada bilishi haqida suhbatlashish.
4. Ota-onalar bilan ijtimoiy psixologik treninglar hamda testlar va farzand tarbiyasiga doir turli xil savol-javoblar olib borish.
5. Tadqiqot natijalarini statistik va psixologik tahlil qilish.

Yüklə 66,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə