Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayorlash va malakasini oshirish instituti



Yüklə 66,25 Kb.
səhifə4/18
tarix20.10.2023
ölçüsü66,25 Kb.
#128543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Diyora оилада ер-хотин муносабатларининг

birinchidan, oila ko’p muddatga, ya’ni bir necha o’n yillar va ko’p yillarga mavjud bo’ladi;
ikkinchidan, oilada shaxslararo munosabatlarning bir necha turlari amalga oshadi, ya’ni milliy mafkuramizga oid ilk tushunchalar, avvalo oila muhitida singadi va bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrat, ona mehri orqali amalga oshadi. Bunda oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy, psixologik, hissiy, moliyaviy, jinsiy va boshqa vazifalarning amalga oshirilishi kuzatiladi;
uchinchidan, oiladagi barcha munosabatlar zaminida salbiy yoki ijobiy holatlar yuzaga keladi, ya’ni oila a’zolaridan kimningdir kimgadir ta’siri oqibatida shaxs yoki yaxshi shakillanishi va komil inson darajasiga yetishi yoki tarbiyasi og’ir, xulqi buzuq odam bo’lib tarbiyalanishi mumkin.
Demak, jamiyat uchun nihoyatda ahmiyatli hisoblangan ota-ona va bola, er va xotin, oila a’zolarining o’zaro munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar aynan oila negizida yuzaga keladi. Shuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab oila, undagi munosabatlar masalalari har bir davrning donishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o’rganilib kelmoqda.
Turmush ma’daniyati, odob-axloq, sevgi-muhabbat borasida o’ziga xos qaytarilmas fikrlar sohibi buyuk bobokolonimiz Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” yoki “Qalblarning sevgisi” deb nom qo’yilishi bejiz emas.
Chunki, bu asarda Navoiy insonlarga qalbidagi eng kerakli o’gitlarni bayon etib, ularni turmushdagi, oilaviy hayotdagi turli hodisalar va vaziyatlardan chiqishiga imkon beruvchi yaxshi fazilatlar, ularni tarbiyalash masalalariga diqqatini qaratadi.
Oilaviy munosabatlar va bu sohaga oid qarashlar tizimida Sharq mutaffakkirlaridan biri, butun Yevropa xalqlari ham uning qomusiy bilimdonligini tan olgan alloma Abu Ali ibn Sinodir. Axloqiy tarbiya masalalarida alloma oilaning o’rnini alohida ta’kidlagan. Oila va oilaviy munosabatlar masalasi uning “Tadbiri manzil” asarida o’ziga xos tarzda bayon etilgan.
Oilaviy munosabatlarning turli tomonlarini yoritar ekan, Ibn Sino, avvalom bor oila boshlig’i oldiga qator talablarni qo’yadi. Oila boshlig’i, deb yozadi u, ham nazariy, ham amaliy jihatdan oilada tarbiya masalalarni mukammal o’zlashtirmog’i lozim. Agar oila boshlig’i tajribasiz bo’lsa, u o’z a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir-oqibat u yaxshi ijobiy natijalarga erisha olmaydi, yomon tarbiya nafaqat ushbu oila, balki qo’shnilarga, mahalla-ko’yga ham yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ibn Sinoning sevgi – muhabbat va er-xotin munosabatlari borasida fikrlari ham diqqatga sazovordir, “Eng yuksak sevgi deb, ta’kidlaydi u,- bu insoniy sevgi bo’lib, bunday sevgi kishini saxovatli qiladi, uni oqko’ngil va jozibali kishiga aylantiradi”.
Allomaning fikricha, sevgi inson zimmasiga juda kata axloqiy va huquqiy mas’uliyat yuklaydi. U inson baxtining negizi, deganda oshiqlik emas, balki oshiq-ma’shuqlikni tushunadi. Oshiq-ma’shuqlik bilan turmush qurish ta’kidlanadi.
Turmush qurgan er-xotinlar munosabati borasida esa mutafakkir, “Erkak kishi oila boshlig’idir, u oilaning barcha ehtiyojlarini qondirmog’i lozim, chunki bu uning birlamchi vazifasidir”,- deb yozadi. Ayol esa erkakning munosib yo’ldoshi, u bola tarbiyasi borasida eng yaxshi voris va yordamchidir deydi ulug’ bobokolonimiz Ibn Sino. Oila axloqi, turmush madaniyati, nikohdan o’tuvchi yoshlarning axloq-odobi qanday bo’lishi oilada yigit va qiz qanday tarbiyalanganligiga bog’liqdir. Yoshlarning baxtli bo’lishlari uchun to’g’ri tarbiya topish zarurligini uqtirgan allomalar o’zlarining bilimlari, kata hayotiy tajribalarga suyanib odobnomalar, nasihatnomalar va axloqqa doir qimmatli asarlar qoldirishgan.
Abu Nasr Farobiyning dunyoqarashi tabiiy va ijtimoiy fanlarning eng dolzarb muammolarini echishga qaratilgan. U ulug’ matematik, o’tkir shifokor, buyuk tabiatshunos, atoqli faylasuf, yuksak didli tarbiyachi va ko’zga ko’ringan axloqshunos ham edi. Tarixiy manbalarga ko’ra, Farobiyning yetmishdan ortiq tilni bilgani haqida rivoyatlar ham bor.
Farobiy inson axloqi haqida gapirar ekan, u axloqni jamoa manatisiz tasavvur eta olmaydi. Birgalikda mehnat qilish jamiyatni vujudga keltirganidek, axloqni ham jamiyat mehnati yaratadi.
“… Har bir kishi boshqasiga uning yashashi uchun zarur bo’lgan narsaning, - deydi olim,- bir ulishini yetkazib beradigan joyda bir-biriga ko’maklashuvchi ko’p kishilarning birlashuvi orqaligina inson shunday kamolotga yetishishi mumkinki, u o’z tabiatiga ko’ra ana shunday kamolotga munosibdir. Bunday jamiyat barcha a’zolarining faoliyati jam bo’lib, har bir kishi yashash va kamolotga erishishi uchun nimaga muhtoj bo’lsa, shularning hammasini etkazib beradi.
Shu sababli odamlar ko’payishib, dunyoning kishilar yashaydigan qismida o’rnashishdi, buning natijasida esa kishilik jamiyatlari paydo bo’ldi…” Shunga ko’ra, u jamiyatni ijtimoiy foydali mehnat faoliyatsiz tasavvur eta olmasdi.
Farobiy baxt tushunchasini kishilarning turmushidagi saodatga erishuvchi, deb tushunadi. Yaxshilik va yomonlik, burch va vijdon, nomus va adolat kabi kategoriyalardan farqli o’laroq, ya’ni umumiylashtirilgan baxt kategoriyasining yangi qirrasi maydonga chiqadi; u boshqa barcha kategoriyalarni o’z ichiga oladi. Uning fikricha, - “baxtga erishish uchun foydali bo’lgan hamma narsa… yaxshilikdar… va baxtga biron-bir darajada to’sqinlik qiladigan hamma narsa- mutlaqo yomonlik”dir.
Farobiy axloqning bilim bilan mushtarakligini asoslab beradi. Uningchi, bilimlar inson yaxshi axloqli, saxovatli va aql-idrokli qiladi. Inson bilimsiz o’zi ko’zlagan maqsadiga erisha olmaydi. Yaxshi inson bo’lish uchun odamda imkoniyat bo’lmog’i zarurligi ko’rsatiladi: ta’lim va tarbiya olish imkoniyati borligi tufayli ta’lim olish hamda to’g’ri tarbiya topishi kerak. Bunda tarbiya bu kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qiymatni va odobda amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo’l, deb ta’riflanadi. Olim ta’lim-tarbiya ustoz beradi, deydi.
Farobiyning “qattiq” va “yumshoq” tarbiya usullaridagi qarashlari hozirgi zamon axloq normasini ham yaqin turadi. Chunonchi, tarbiyanuvchilar fan va hunar o’rganishga moyillik bildirsalar, tarbiyachi ularga nisbatan “qattiq” usulini qo’llashga aytiladi. Lekin Farobiy o’zining bu sohadagi axloqiy qarashlarni ustoz nuqtai nazaridan quyidagicha o’rinli talqin etadi: “Ustozga kelganda, u shogirdiga juda qattiq zug’m qilishiga ham, haddan tashqari ko’p yon berishga ham intilmasligi lozim, chunki ortiqcha zug’m shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg’otadi; bordi-yu, shogird ustozning juda ham yumshoqligini payqab qolsa, bu hol unda ustozni mensimaslikka va undan ham hamda u beradigan bilimdan sovushga olib keladi.
Abu Rayhon Beruniy - jahon aql-zakovati, tafakkur ilmi tarixida alohida o’rin tutgan buyuk mutafakkir. U fanning matematika, astronomiya, astrologiya, jo’g’rofiya, fizika, antropologiya, filosofiya ijtimoiy sohalarining yirik bilimdoni edi. Uning ko’pchilik asarlarida insoning axloq va odobi xususida mukammal fikrlar bayon etilgan.
Mutafakkirning “Mineralogiya”, “Giodeziya”, “Hindiston”, “O’tgan avlodlar obidalar” nomli yirik asarlarida inson shaxsi, uning axloqiy kamoloti, aql-idroki , halovat va lazzat, sabr-toqat va kamtarlik, go’zallik va did, poklik va jo’shqinlik kabi tushunchalarga tafakkur ilimning yetuk bilimdoni sifatida ta’rif beradi.
Abu Rayhon Beruniy «ozodalik va orastalik olijanoblikning o'zagi» bo'lishi kerakligini uqtiradi; insonning tashqi yoqimli qiyofasi bilan uning axloqiy qiyofasi o'rtasidagi bog'liqlik haqida gapirib, «tishni yuvib, ko'z va qovoqlarni toza tutish, ularga surma qo'yish, sochni esa zarur bo'lganda bo'yab, tirnoqlarni olib turish va silliqlash» inson salomatligi va ruhiy pokligining asosidir, deb ta'kidlaydi. Bu fikrlar hozirgi zamonda ham o'z dolzarbligini yo'qotgani yo'q, chunki oila a'zolarining, er- xotinning ushbu ko'rsatmalarga amal qilishi oila totuvligining zaminlaridan biridir.
Axloq-odob egasi bo'lgan inson eng avvalo o'z yurishturi lishi, muomala madaniyatida, hayot kechirishida, oilalar qarorligida namuna bo'lishi kerakligi haqidagi fikrlari olimning oila etikasi bo'yicha bratli qarashlaridan namunadir: «Inson o'z ehtiroslariga hukmron, ularni o'zgartirishga qodir, o'z jon va tanini tarbiyalar ekan, salbiy jihatlarni maqtagudek narsalarga aylantirishga, uni ma'naviy shifokorlik bilan davolashga hamda asta-sekin, axloq haqidagi kitoblarda ko'rsa- tilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir».
Shunday qilib, Beruniy ustozlari izidan borib, o'zining gumanistik qarashlari bilan oila psixologiyasiga munosib hissasini qo'shdi. U insonlar o'rtasida o'zaro bir-birlarini tushunish, tenglik va boshqaruvda adolatni himoya qilib chiqdiki, bu qarashlar bizning davrimizda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q.
Axloqiy tarbiya masalalarida alloma oilaning o'rnini alohi­da ta'kidlagan. Oila va oilaviy munosabatlar masalasi uning «Tadbiri manzil» asarida o'ziga xos tarzda bayon etilgan.
Oilaviy munosabatlarning turli tomonlarini yoritar ekan, Ibn Sino, avvalom bor oila boshlig'i oldiga qator talablarni qo'yadi. Oila boshlig'i, deb yozadi u, ham nazariy, ham amaliy jihatdan oilada tarbiya masalalarini mukammal o'zlashtirmog' lozim. Agar oila boshlig'i tajribasiz bo'lsa, u o'z a'zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir-oqibat u yaxshi ijobiy nati- jalarga erisha olmaydi, yomon tarbiya nafaqat ushbu oila, balki qo'shnilarga, mahalla-ko'yga ham yomon ta'sir qilishi mumkin. Oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan mavqeyidan qat'i nazar, ularning birlamchi vazifasidir, deb hisoblaydi Ibn Sino. Ota-ona davlat boshlig'imi yoki oddiy fuqaromi, baribir, u bola tarbiyasi borasida mas'uldir. Davlat boshliqlari, rahbarlar bola tarbiyasi xususida barchaga ibrat bo'lmoqlari lozim.
XI asrning buyuk mutafakkiri va shoiri Yusuf Xos Hojib o'zining «Qutadg'u bilig » — «Saodatga boshlovchi bilim» — kitobida va undan keyingi qator asarlarida o'zining axloq hamda hayotga oid qarashlarini bayon etadi.
Inson faqat jamiyatdagina kamolotga yetishi mumkin, muloqot va ijtimoiy-foydali mehnat uning rivojlanishi va yashashining mezonidir, deb hisoblaydi. «Boshqa odamlarga foydasi tegmaydigan inson — o'likdir», — deb yozadi u. Odam kim bo'lishidan qat'iy nazar, shohmi, gadomi, awalo, insoniy bo'lishi kerak, chunki «dunyoda o'lmas bo'lib, faqat insoniylik qoladi», «Yaxshi axloqiy fazilatlarga ega kishi — har qanday qimmatbaxo durlardan ham qimmatlidir».
Shoirning fikricha, farzand ko'rish va unga tarbiya berish har bir inson uchun buyuk baxtdir, ularsiz hayotning ma'nosi yo'q. Lekin bu narsa ota-onaga juda katta mas'uliyat yuklaydi- ki, uning uddasidan chiqmoq, har bir ota-ona uchun ham farz, ham qarzdir. Shuning uchun ham Yusuf Xos Xojib oilaviy tarbiyani bola axloqiy taraqqiyotining asosi, deb hisoblagan: «Agap bolaning xulqi yomon bo'lsa, bunda bolaning aybi yo'q, hamma ayb — otasida». Shuning uchun ham ota-ona, ayniqsa, ota bunga katta e'tibor bermog'i lozim.

Yüklə 66,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə