Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayorlash va malakasini oshirish instituti



Yüklə 66,25 Kb.
səhifə3/18
tarix20.10.2023
ölçüsü66,25 Kb.
#128543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Diyora оилада ер-хотин муносабатларининг

Tadqiqotimizning ilmiy farazi.
1. Agarda ota-onalarga farzand tarbiyasi, ota-onaning farzandi oldidagi burchi hamda farzandning ota-ona oldidagi ma`suliyati va eng asosiysi komil inson tushunchalarini tarkib toptirish borasidagi ishlab chiqilgan usullarimizdan unumli foydalanib axloqiy munosabatlarning yo`lga qo`yilganligini o`rganilib, to`g`ri tashxis qo`yilsa;
2. Tashxisga muvofiq ishlab chiqilgan tafsiyalarimiz asosida har bir oilalarda farzand tarbiyasi va oilalarda axloqiy munosabatlarni yo`lga qo`yish borasidagi pedagogik tushunchalarga hamda tarbiyaning muhim qirralariga e`tibor qaratilsa;
3. Mahallalardagi oilalar bilan ijtimoiy, pedagogik, psixologik treninglar hamda davra suhbatlari o`tkazilsa;
4. O`zbek oilalarida shakllanayotgan, tarbiyalanayotgan o`g`ilqizlarning komil inson, yetuk, yosh va malakali kadr, ma`suliyatli oila boshlig`i va mehribon, rahmdil onalarni shakllantirishning yuqori ko`rsatgichlariga erishishimiz mumkin.
Tadqiqotning metodologik asoslari:
a) “Ta`lim, to`g`risidagi qonun ”, “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, oila kodeksi va boshqa davlat hujjatlari;
b) Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlari milliy qadriyatlar sifatida va milliy tarbiya mezonlari; Darsliklar, o`quv qo`llanmalar, jurnallar va gazetalar;
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Oilalarda tarbiyaviy jarayonni o`rganib, tahlil qilib, natija va xulosalar asosida milliy tarbiya me`zonlariga asoslanib tarbiya muammolarini ochib, kamchiliklarni inobatga olib, uslubiy tavsiyalar va maslahatlar beriladi.
Bitiruv ishimizning tajriba maydoni Toshkent shahar Olmazor tumani, 46-umumta`lim maktabidagi o`quvchilarning oilalari olindi.

1-BOB. Mutafakkirlarning oiladagi odob-axloq haqidagi qarashlari
1.1. Hozirgi zamonaviy oilalarining turlari
Jahon fani va madaniyatiga g’oyat ulkan hissalar qo’shgan O’rta Osiyolik donishmandlar o’zlarining keng qamrovli fikrlari bilan insonni qanday qilib baxtli hayotga yo’llash mumkinligi borasida ham riyozat chekib izlanganlar, bu xususda odilona yo’l topish uchun intilganlar. Ular o’zlarining ana shu mazmunda yaratgan asarlarida axloqli, odobli bo’lish, fayz-barakali, totuv oila qurish baxt-iqbolga eltuvchi ishonchli yo’llardan ekanligini ko’rsatib berishgan. O’rta Osiyodagi axlo-odob oila haqidagi qarashlarning boshida halqning o’lmas dahosi yorqin nur sochib turadi.
Ma’lumki, nikohga va yaqin qarindoshlikka asoslangan axloqiy ma’suliyat, o’zaro hurmat, tushunish va mehr-muhabbat umumiyligi bilan bog’langan kichik ijtimoiy guruhni oila deyiladi. Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan o’zining bir qator jihatlari bilan ajralib turadi:

Yüklə 66,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə