Avstraliyaning tabiiy, iqlim, iqlim mintaqalariva tabiat zonalari kartalarini tahlil qilish Reja


Avstraliyaning tabiat zonalari kartalarini tahlil qilish



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə3/3
tarix23.12.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#156270
1   2   3
mus8

3. Avstraliyaning tabiat zonalari kartalarini tahlil qilish
Avstraliya maydoniga ko‘ra qiyoslansa, cho‘l zonasi egallagan hududlar bo‘yicha birinchi, o‘rmonlar maydoniga ko‘ra oxirgi o‘rinni egallaydi. Materikda quyidagi tabiat zonalari tarkib topgan. Fasliy nam doimiy yashil o‘rmonlar materikning shimoli-sharqiy sohillarini egallaydi. Daraxtlardan palma, lavr, daraxtsimon paporotniklar, evkaliрtlar ko‘p uchraydi. Tropik o‘rmonlarda xaltali ayiq — koala, lirodum, kenguru, xaltali iblis, o‘rdakburun, yexidna, rang-barang to‘tilar, qushlar yashaydi. Savannalar materikning shimoliy, sharqiy qismlarida katta maydonlarni egallaydi. Savannalarda siyrak o‘rmonlar (evkaliрt, akatsiya, kazuara, butilkasimon daraxtlar), o‘t hamda buta o‘simliklar mavjud. Bu zonada kenguru, vombatlar (xaltali kemiruvchilar), xaltali chumolixo‘r, suv havzalarida qushlar ko‘p.

4-rasm. Antarktida tabiat zonalari
Cho‘l zonasi materikning ichki qismida katta hududlarni egallaydi. Bu zonada efemer o‘simliklar bilan birga doimiy yashil butazorlar (asosan, evkaliрt, akatsiyadan iborat) o‘tib bo‘lmas changalzorlarni — skreblarni hosil qiladi. Bu zonada gigant kengurular, vombatlar, yexidna, dingo iti, emu tuyaqushi, zaharli ilonlar, mali — inkubator tovug‘i va kemiruvchilar yashaydi.
Eng janubdagi subtropik iqlim mintaqasidagi tabiat zonalari hududiy xususiyatga ega. Materikning g‘arbiy qismida qattiq bargli o‘rmonlar va butalar (asosan, evkaliрtlar), janubi-sharqida evkaliрt o‘rmonlari, undan janubda doimiy yashil dub (eman)lar o‘sadi. Avstraliya Alp tog‘larida balandlik mintaqalari mavjud. Tasmaniya aralash o‘rmonlar bilan qoplangan.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

  1. Ермаков Ю.Г. и др. Физическая география материков и океанов. М: Весшая школа, 1988.

  2. Рябчиков А.М. Физическая география материков и океанов. М: Весшая школа, 1988.

  3. Рябчиков А.М. Дунё қитъалари табиий географияси, Тошкент, 1968.

  4. Власова Т.М. Физическая география материков и океанов. Том I-II, М: Просвеўение, 1976.

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə