Avtomobil transporti muxandisligi


Ishonchililikning asosiy atama va tariflari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

4.1 Ishonchililikning asosiy atama va tariflari
Buyum
deganda element, tizim yoki ularning qismlari tushuniladi. Barcha turdagi
avtomobillar va ularning agregat, uzel, detallari ham buyumdir.
Buyumning
ekspluatatsiyasi
deganda esa, uning ishi davomidagi hamma fazalari
majmuyi, shu jumladan uni eltish (tashish) va saqlash muddati, vazifasi bo‘yicha
ishga tayyorlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash va h.k.lar tushuniladi.
Tiklash
-
ishlash qobiliyatini yo‘qotgan Ob’ektni ishlash qobiliyatiga o‘tkazish
jarayoni.
Xizmat ko‘rsatiladigan Ob’ekt
– me’yoriy-texnik hujjatlarda texnik xizmat
ko‘rsatish belgilangan Ob’ekt.
Tiklanadigan Ob’ekt
– ko‘rilayotgan holat uchun me’yoriy-texnik hujjatlarda
ishlash qobiliyatini tiklash belgilangan Ob’ekt.
Ta’mirlanadigan Ob’ekt
– ta’mirlash me’yoriy-texnik hujjatlarda belgilangan va
muhim bo‘lgan Ob’ekt.
Ta’mirlanmaydigan Ob’ekt
– ta’mirlash me’yoriy-texnik hujjatlarda belgilangan
va muhim bo‘lmagan Ob’ekt.
Buyumning o‘z vazifasi bo‘yicha ishlatish mumkinligi darajasini aniqlovchi
xususiyatlar majmuyi uning
sifati
deb ataladi.


21
Buyumning shikastlanishi
– bu, uning ishlash qobiliyatining yo‘qolishi. Har
qanday buyum uchun nuqson, nosozlik, buzilish, to‘xtab qolish va xatolik
tushunchalari mavjud.
Buyumning
ishonchliligi
deb uning belgilangan davr (masofa) mobaynida va
ma’lum ekspluatatsiya sharoitlarida buzilmay, ishchi xarakteristikalarini yo‘l
qo‘yilgan chegaralarda saqlab qolgan holda o‘z vazifalarini bajarish xususiyatiga
aytiladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda ishonchlilik – sifatning vaqt bo‘yicha
yoyilmasidir.
Ishonchlilik nazariyasining asosiy tushunchasi buzilishdir.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə