Avtomobil transporti muxandisligi


Funksional bog‘lanish bilan aniqlanadigan jarayonlar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

Funksional bog‘lanish bilan aniqlanadigan jarayonlar
Agar ikki qiymat (
X
va
Y
) bir-biri bilan ma’lum ifoda orqali bog‘langan bo‘lib,
X
ning har bir qiymatiga Y ning bitta aniq qiymati to‘g‘ri kelsa, u holda
Y
ning qiymati
X
qiymatining funksiyasi hisoblanadi, ya’ni X ni bog‘liq bo‘lmagan mustaqil
o‘zgaruvchan qiymat yoki argument deyiladi. Misol: yonilg‘i sarfining bosib o‘tilgan
yo‘lga bog‘liqligi
y
=
f(x).
Ehtimoliy jarayonlar
ko‘pgina o‘zgaruvchan omillar ta’sirida vujudga keladi va
ularning miqdorlari ko‘pincha noma’lum bo‘ladi. Shuning uchun ehtimoliy
jarayonlarning natijalari har xil son miqdorlariga ega bo‘lib,
tasodifiy miqdorlar
deb
ataladi. Masalan, bir buzilishga to‘g‘ri keladigan o‘tilgan yo‘l miqdori, detalning
dastlabki va yig‘ish sifati, unga berilgan ishlovning aniqligi, ishchilar malakasi,
texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta’mirlash va ekspluatatsion materiallar sifati,
ekspluatatsiya sharoitlari va boshqalar tasodifiy miqdorlar hisoblanadi va ko‘pgina
omillarga bog‘liq. Tasodifiy miqdorlar sirasiga biror nosozlikni bartaraf etishdagi
mehnat hajmi, materiallar sarfi, texnik holat parametrlarining ma’lum vaqtlardagi
miqdori va h.k.lar ham kiradi.
Transport vositalari texnik ekspluatatsiyasini yuqori sifatda olib borish uchun ular
texnik holati o‘zgarishining quyidagi qonuniyatlarini bilish kerak: transport vositasi
agregat va detallari yurgan yo‘li bo‘yicha texnik holatining o‘zgarishi; texnik holat
parametrlarining yeyilish ko‘lami; transport vositalarining butun xizmat muddati
davomidagi buzilishlari soni va h.k.
Detallar har xil chegaraviy holatgacha ishlaganidan so‘ng buziladi (ishdan
chiqadi)
L
1
, L
2
,…,L
N
. Buzilishaniq hodisa, buzilishning vujudga kelgunigacha
ishlagan muddati esa, tasodifiy miqdordir. Masalan, har qanday buyum (transport
vositasi) hisobdan chiqariladi, ya’ni bu aniq hodisa, bu davrda ishlagan muddati esa,
tasodifiy miqdordir.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə