Avtomobil transporti muxandisligi


Qayd qilinadigan axborot tarkibi va hujjatlar shakliga



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

.12 Qayd qilinadigan axborot tarkibi va hujjatlar shakliga
qo‘yiladigan umumiy talablar
Axborotni yig‘ish va ishlov berish uchun quyidagi qayd shakllari ishlatiladi:
1. Ishonchlilik to‘g‘risidagi ekspluatatsion axborotni qayd etishning dastlabki
shakllari.
2. Ekspluatastion axborotni to‘plagich shakllari.
3. Ishonchlilik tahlili natijalarini qayd etish shakllari.
Qayd etishning dastlabki shakllari bir tizimga tushirilmagan axborotni qayd
etishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular ekspluatatsiya sharoitida to‘ldiriladi. Bunday
shakllarning asosiylari:
– yurilgan yo‘l va buzilishlarni qayd etish jurnali. Jurnalda buyumning pasport
ma’lumotlari, korxona nomi, ish tartiboti va ekspluatatsiya sharoitlari, buyumning
kuzatuvga qo‘yilgan va undan chiqarilgan sanasi, ekspluatatsiya boshlanishidan


49
boshlab yurgan yo‘li, buzilgan detalning nomi, buzilish sababi, uni bartaraf etish
vaqti, uslubi va h.k.lar bo‘lishi kerak;
– buyumga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirni qayd etish jurnali.
Jurnalda buyumning pasport ma’lumotlari, korxona nomi, buzilgan detalning nomi,
texnik xizmat ko‘rsatish turi va davriyligi, buzilishni bartaraf etish usuli,
almashtirilgan detallar qiymatini hisobga olgan holda texnik xizmat ko‘rsatish va
joriy ta’mirlash sarflari o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak;
– buyumlar ekspluatatsiyasining bir martali hujjatlari (yo‘l varaqasi, agregatni
ta’mirlash varag‘i, buyumning buzilishi to‘g‘risidagi axborot, ehtiyot qism
talabnomasi va h.k.
To‘plagich-shakllar bir tizimga tushirilgan axborotni qayd etishga mo‘ljallanib,
maxsus tayyorlangan xodimlar yordamida va dastlabki hujjatlar asosida yoki
ekspluatatsiya kuzatuvlari jarayonida to‘ldiriladi. Asosiy shakllari:
– buzilishlarning xarita-to‘plagichi;
– buyumga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash to‘g‘risidagi axborotlar
xarita-to‘plagichi.
Buyum ishonchlilik tahlili natijalarini qayd etish shakllari miqdor va sifat
natijalari, ish tartibotlari, ehtiyot qismlar sarfi, buzilishlar sababi, buyum
ishonchliligini cheklaydigan detallar ro‘yxatini qayd etishga mo‘ljallangan. Asosiy
shakllari:

buyum ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini baholash umumiy ro‘yxati;

buyum bo‘laklari ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini baholash umumiy
ro‘yxati;

buyum buzilishlari turlarining umumiy ro‘yxati;

ehtiyot qismlar sarfining umumiy ro‘yxati;

texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash mehnat hajmi va qiymatining
umumiy ro‘yxati.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə