Avtomobil transporti muxandisligi


Kuzatuvlar dasturining mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

7.9 Kuzatuvlar dasturining mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar
Axborot yig‘ish va unga ishlov berish tizimi quyidagi tashkilot va korxonalarga
taalluqlidir:

ishonchlilik bo‘yicha axborot yig‘uvchi va unga ishlov beruvchi bosh
tashkilotlarga;

ishlanmalarni bajaruvchi tashkilotlarga;

tayyorlovchi korxonalarga;


47

ekspluatatsion korxonalarga;

ta’mirlash korxonalariga.
Tizim doimiy, davriy yoki bir karrali kuzatuvlarni, axborotni hisobga olish,
yig‘ish, to‘plash, ishlov berish va tahlil, buyum ishonchliligini oshirishga
mo‘ljallangan tadbirlar ishlab chiqishni o‘z ichiga olishi kerak.
Tizimning ishi quyidagi me’yoriy-texnik hujjat bilan tartibga solinadi:

tizimning muayyan buyumga taalluqliligi;

korxona ichida va korxonalar orasida axborot ayirboshlashning shartlari;

axborotga ishlov berish usullari;

kuzatuvlarni rejalash usullari;

kuzatuv jarayonida texnik vositalarni qo‘llash zarurligi va ularga qo‘yiladigan
talablar;

ishonchlilikni oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish tartibi.
Buyumning ishonchliligi to‘g‘risida axborot yig‘ish hamda unga ishlov berish
texnik topshiriq va ishchi usullarga asosan olib boriladi.
Axborot yig‘ishni o‘tkazish bo‘yicha texnik topshiriq quyidagilarni belgilaydi:

kuzatilayotgan buyumlar ro‘yxati;

buyumlar soni;

ishonchlilikning me’yorlanadigan ko‘rsatkichlari ro‘yxati;

axborot yig‘ish usullari;

risoladagi tartibot va ekspluatatsiya sharoitlari;

axborot uzatish davriyligi.
Axborotni yig‘ish va unga ishlov berish ishchi usullari quyidagilarni
belgilaydi;

kuzatuvlar rejalari;

ish tartibotlari va ularni o‘lchash uslublarini aniqlaydigan parametrlar;

buzilishlar va chegaraviy holatlar mezonlari;

axborotni kodlash usullari;

axborotni hisobga olish dastlabki shakllarini to‘latish bo‘yicha yo‘riqnomalar;

ish hajmini va kompyuterlarning mavjudligini hisobga olgan holda
buyumlarning ishonchliligi to‘g‘risidagi axborotga ishlov berish dasturlari.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə