Avtomobil transporti muxandisligi


 Ishonchlilikka sinashning ob’ekti



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

7.3 Ishonchlilikka sinashning ob’ekti
Ishonchlilikka sinashlarning Ob’ekti quyidagilar bo‘lishi mumkin:
1. Namunalar
– agar buyumlar yoki ularning chidamliligini belgilaydigan
materiallar xususiyatlari sinalsa (charchash qattiqligi, yemirilishga va korroziyaga
qarshi xususiyatlar va h.k.);
2. Detallar (birikmalar, kinematik juftliklar)
– agar konstruktsion va
texnologik omillarning shu qism xizmat muddatiga ta’sirini hisobga olish zarurati
tug‘ilsa (podshipniklar, tishli g‘ildiraklar, yo‘naltiruvchilar, sharnirlar va h.k.);
3. Mashina, agregat va uzellar
– agar ayrim mexanizm va konstruksiya
elementlarining o‘zaro harakati va ularning ish qobiliyati ko‘rsatkichlariga ta’sirini
hisobga olish kerak bo‘lsa (uzatmalar qutisi, reduktorlar, dvigatellar, boshqaruv
tizimlari va boshqalar);
4. Mashina
– mashinadagi hamma agregat, uzel va mexanizmlarning
ekspluatatsiya sharoitlari va ish tartibotlaridagi o‘zaro harakati sinalsa (transport
vositalari);
5.
Mashinalar tizimi
– bir ishlab chiqarish kompleksini tashkil etgan ayrim
mashinalarning o‘zaro ta’sirini ishonchlilik ko‘rsatkichlari orqali baholansa
(avtotransport korxonasi).
7.4 Ishonchlilikka sinashda baholanadigan xarakteristikalar
Ular asosan ikki guruhga bo‘linadi:
1. Eskirish (buzilish) jarayonlari va buyumlarning buzilganlik darajasi
xarakteristikalari. Sinashlarda yeyilish jarayonlarining kechishi, zanglash, shakl
o‘zgarishlar, charchash buzilishlari va boshqalar o‘rganiladi. Bu omillar mashina ish
qobiliyatini yo‘qotishda asosiy sabablar bo‘lib hisoblanadi.
2. Buyumning vaqt bo‘yicha chiqish parametrlari o‘zgarishining
xarakteristikalari (aniqlik, foydali ish koeffitsienti, yuk ko‘tarish qobiliyati va h.k.).
Bu xarakteristikalarning yo‘l qo‘yilgan chegaralardan chiqishi buzilishlarga olib
keladi.
Sinash Ob’ekti qanchalik murakkab bo‘lsa, sinashlar hajmi katta qismining
chiqish parametrlarini shunchalik ko‘p baholashga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə