Avtomobil transporti muxandisligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

7.5 
Т
ajribaviy va seriyaviy (ommaviy) namunalarni sinash
Ishonchlilikka sinashlarni olib borayotganda ularning hajmini tajribaviy va
seriyaviy ishlab chiqarish o‘rtasida shunday taqsimlash kerakki, uning natijasida
kerakli ma’lumot olinsin va buyumning konstruksiyasiga tegishli o‘zgartirishlar
tezroq kiritilsin. Lekin tajribaviy ishlab chiqarishda ko‘p masalalarni hal qilib
bo‘lmaydi, faqat seriya namunalarigina kerakli natijalarni berishi mumkin. Undan


45
tashqari seriya namunalarini ishonchlilikka sinashda quyidagilar hisobga olinishi
kerak:
a) maketni me’yoriga yetkazish natijasida mashinaga kerakli konstrukstion
o‘zgartirishlar kiritilganligini tajribaviy tekshirish;
b) haqiqiy ekspluatatsiya sharoitlarida buyumlarning ish tartibotlari va boshqa
tadqiqotlarni kengaytirish;
d) birinchi seriyaviy namunalarning ekspluatatsiyasi jarayonida buyumlarning
buzilish sabablarini aniqlash.
Tajribaviy namunalarni sinashda sanoqli (hatto bitta buyum bo‘lishi ham
mumkin) buyumlar qo‘yiladi, chunki bu buyumlar kam miqdorlarda yaratiladi. Lekin
bu sinashlar yetarli emas, chunki oz miqdordagi buyumlardan olingan va yetarli
bo‘lmagan ma’lumotga suyangan ishonchlilik ko‘rsatkichlari buyumlar ishidagi
haqiqiy holatni aks ettiraolmaydi.
7.6 Tugallangan va jadallashtirilgan kesma sinashlar
Transport vositalarining ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini
ekspluatatsiya jarayonida aniqlash uchun ularning ma’lum miqdorlarini olib sinov
(nazorat) o‘tkaziladi. O‘tkazilish muddati bo‘yicha ishonchlilikka sinashning ikki
usuli mavjud:

tugatilgan
sinovlar;

jadallashtirilgan kesma
sinovlar.
Tugatilgan sinovlarda ishonchlilik parametrlarini baholash sinovga qo‘yilgan
barcha buyumlarning buzilishidan keyin o‘tkaziladi.
Tezlashtirilgan (kesma) sinovlarda ishonchlilik parametrlarini baholash hamma
buyumlar buzilishini kutmasdan o‘tkaziladi, chunki sinovlar ekspluatatsiya
jarayonida o‘tkazilganligi sababli ularning davomiyligi bir necha yilga cho‘zilib
ketishi mumkin. Tezlashtirilgan sinovlar bo‘yicha shuni ta’kidlash lozimki, agar
buyumlarning resursi kichik bo‘lsa, u holda ishonchlilik parametrlarini baholashni
tugallangan sinovlar kabi o‘tkazish kerak, chunki sinov davrida ushbu buyumlarning
hammasi ishdan chiqadi. Tezlashtirilgan sinovlar natijalariga ishlov berishning
maxsus usullari mavjud.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə