Avtomobillar tuxtash joylari va garajlar


-rasm. Yo’lovchilar zonasi transportdan himoya qilingan xolda magistral



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#138247
1   2   3
 
2.22-rasm. Yo’lovchilar zonasi transportdan himoya qilingan xolda magistral 
ko’chalar tomondan avtostoyankalarni joylashtirish sxemasi.
1-
 
qurilish mumkin bo’lgan zona; 2- yo’lovchilar uchun ajratilgan zona; 3- 
avtostoyankalar zonasi R; 4- yashil polosa; 5- jamoat transporti bekatlari; 6- turli satxdagi 
piyodalar kesishmasi.
 
SHahar hududini tejash maqsadida 25-100 o’rinli yer osti garajlaridan 
foydalanish tavsiya etiladi. Bunday inshootlarni loyihalashda mavjud maydondagi 
qurilishning xususiyatlarini, ko’kalamzorlashtirish, relhef, yer osti muxandislik 
tarmoqlari va gidrogeologik sharoitlarni inobatga olish zarurdir. Bahzi hollarda, 
yer osti sharoitidan kelib chiqqan holda 2-3 qavatli yer osti garajlarini loyihalash 
mumkin. Yer osti garajlari ko’p qavatli yer usti garajlariga nisbatan qurilish bir 
qancha qimmat bo’lishiga qaramy, u o’ziga xos afzalliklarga ega, bu avvalombor 
shaxar maydonlaridan samarali foydalanish bo’lib, qolaversa, turarjoy 
tumanlarining normal hayotiga hech qanday halaqit bermaydi va aholi uchun ham 
qulaydir.
Yangi qurilayotgan turarjoy tumanlarida, garajlarni binolarning pastki 
qavatlarida, yerto’la qavatlarida rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.
Ichki yo’llarda transport vositalari qatnovini kamaytirish maqsadida, ochiq 
avtomobillar saqlash joylari va garajlarni mikrorayonga kirish qismlarida 
joylashtirish ko’zda tutiladi.
Garajlardan to’g’ridan-to’g’ri shahar magistrallariga chiqishga yoki ulardan 
kirishga ruxsat etilmaydi.


Garajlar va ochiq avtomobillar saqlash joylari turarjoy va jamoat binolaridan 
kengligi 10-15 m bo’lgan daraxtzor yoki bo’tazor bilan himoyalanishi lozim.
Engil avtomobillarni korxonalar oldida vaqtinchalik tuxtab turishi quyidagi 
joylarda tashkillashtirilishi mumkin: 
- avtomobillarni vaqtinchalik tuxtab turish joyi – korxonalar, muassasalar va 
boshqa shunga uxshash binolarning (ishchi va xizmatchilarning, kelib-
ketuvchilarning mashinalari uchun), stadionlarning, teatr, kinoteatr, kontsert, 
tomosha va ko’rgazma zallarining oldilarida joylashtiriladi (kelib-ketuvchilar 
avtomobillari 2-4 soatgacha saqlanadi).
- avtomobillarni vaqtinchalik tuxtash joylari – vokzallar, dukonlar, bozorlar, 
savdo markazlari, maishiy xizmat obhektlari oldilarida joylashtiriladi (kelib-
ketuvchilar avtomobillari 1 soatgacha saqlanadi).
Xizmat ko’rsatuvchi obhektdan avtomobillarni vaqtinchalik tuxtash va 
to’xtab turish joylarigacha bo’lgan masofalar quyidagidan: 
vokzallarning kutish zallaridan, temir yo’l platformalaridan, savdo va 
maishiy muassasa obhektlaridan -150 m dan; 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə