Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

9.4
 
Elektron hujjatlarni yo‟q qilish 
Elektron shaklda saqlanadigan shaxsiy va tashkilotga tegishli ma‘lumotlardan 
noqonuniy foydalanish usullarining ko‘payishi sababli elektron ommaviy axborot 
vositalariga ishonish muammosining dolzarbligi oshmoqda. Misol tariqasida, 
markaziy razvedka boshqarmasi va AQSh milliy xavfsizlik agenti Edvard Snoudenga 
tegishli yangiliklarni olish mumkin. Xususan, 2013 yil iyun oyining boshida u NSA 
tashkilotiga tegishli hujjatlarni oshkor qildi. Bunga ko‘ra G20 sammitining chet ellik 
mehmonlari, shu jumladan Dmitriy Medvedovni Amerika va Buyuk Britaniya 
razvedka idoralari tomonidan kuzatilayotgani aytilgan. Maxfiy agentlar PRISM 
dasturi yordamida noutbuk va telefonlarda saqlanayotgan shaxsiy ma‘lumotlardan 
foydalanishni uddasidan chiqishgan. Buyuk Britaniya hukumati aloqa markazining 
xodimlari BlackBerry kodini buzib, qo‘ng‘iroqlarni tinglash va sammit 
ishtirokchilarining yozishmalarini o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishgan. 
Elektron vositalardagi ma‘lumotlardan xolos bo‘lishning eng oson yo‘li uni 
Korzinkaga yuborish yoki, yanada radikal usuli, formatlash. Bu usul aksariyat 
foydalanuvchilar tomonidan ishonchli usul deb qaralsada, aslida bunday emas. Bu 
usul ma‘lumotni fizik yo‘qolishini ta‘minlamaydi. Bu holda maxsus dasturlar 
(Recuva, Wise Data Recovery, PC Inspector File Recovery, EaseUS Data Recovery 
Wizard Free, TestDisk and PhotoRec, Stellar Data Recovery) yordamida ularni qayta 
tiklash imkoniyati mavjud. 
Hozirgi kunda amalda elektron hujjatlarni saqlagichlar sifatida quyidagi 
turdagi vositalardan foydalanilmoqda: 
-
qattiq disklar: noutbuk va kompyuterdagi qattiq disklar; 
-
magnit lentalar (zaxira nusxalashdagi); 
-
floppi-disk: 3.5 va 5.25 dyumli va boshqa; 
-
ZIP disklar; 


63 
-
optik disklar: CD, DVD, Blue Ray va HD DVD; 
-
flesh xotiralar va h. 
AQSh hukumatida konfidensial axborotni saqlash va o‘chirib tashlash 
bo‘yicha qator normativ hujjatlar ishlab chiqilgan (Code of Federal Regulations) 
[35]. Masalan, AQShning markaziy arxiv markazlarida elektron saqlagichdagi 
ma‘lumotni yo‘q qilishning quyidagi uchta usulidan foydalaniladi: 
Shredirlash. Kuchli sanoat maydalagichlari deyarli barcha ko‘chma 
saqlaguvchilarni: CD, DVD, disket, magnit lentalar va hak. maydalash natijasida 
ularni 25 mm. li qismlarga bo‘lib tashlaydi (5-rasm). 
5-
rasm. Shredirlash jarayoni 
Elektron saqlagichlardan qayta foydalanish va yo‘q qilish uchun berilgan 
tavsiyalar 
Izoh: DoD 5220.22 algoritmi AQSh mudofaa vazirligida qo‘llaniluvchi 
ma‘lumotni yo‘q qilishga asoslangan bo‘lib, 4-7 martagacha takror yozish orqali 
ma‘lumotning tiklanishini oldini oladi. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə