Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

Nazorat savollari 
1.
Apparat-dasturiy shifrlash vositalari. 
2.
Shredirlash. 


64 
3.
Qog‗oz ma‘lumotlarni yo‗q qilish. 
4.
Elektron ma‘lumotlarni yo‗q qilish. 


65 
1.
Autentifikatsiya. 
10-
ma‘ruza 
Identifikasiya va autentifikasiya vositalari 
Reja: 
2.
Autentifikatsiya protokollariga bo‗ladigan xujumlar. 
3.
Parollar asosida autentifikatsiyalash. 
4.
Sertifikatlar asosida autentifikatsiyalash. 
Tayanch iboralar: 
autentifikatsiya, avtorizatsiya, identifikatsiya, ma‘murlash. 
10.1
 
Autentifikatsiya 
Autentifikatsiya 
(Authentication) – ma‘lum qilingan foydalanuvchi, jarayon 
yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish 
foydalanuvchi (jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o‗zi ekanligiga ishonch xosil 
qilishiga imkon beradi. Autentifikatsiya o‗tqazishda tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi 
tarafning xaqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi 
taraf ham axborot almashinuv jarayonida faol qatnashadi. Odatda foydalanuvchi 
tizimga o‗z xususidagi noyob, boshqalarga ma‘lum bo‗lmagan axborotni (masalan, 
parol yoki sertifikat) kiritishi orqali identifikatsiyani tasdiqlaydi. 
Autentifikatsiya jaryonlarini ta‘minlanuvchi xavfsizlik darajasi bo‗yicha ham 
turkumlash mumkin. Ushbu yondashishga binoan autentifikatsiya jarayonlari 
quyidagi turlarga bo‗linadi: 
-
parollar va raqamli sertifikatlardan foydalanuvchi autentifi-katsiya; 
-
kriptografik usullar va vositalar asosidagi qatiy autentifi-katsiya; 
-
nullik bilim bilan isbotlash xususiyatiga ega bo‗lgan autentifi-katsiya 
jarayonlari (protokollari); 
-
foydalanuvchilarni biometrik autentifikatsiyasi. 
Xavfsizlik nuqtai nazaridan yuqorida keltirilganlarning har biri o‗ziga xos 
masalalarni yechishga imkon beradi. Shu sababli autentifikatsiya jarayonlari va 
protokollari amalda faol ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda ta‘kidlash lozimki, nullik 
bilim bilan isbotlash xususiyatiga ega bo‗lgan autentifikatsiyaga qiziqish amaliy 
xarakterga nisbatan ko‗proq nazariy xarakterga ega. Balkim, yaqin kelajakda ulardan 
axborot almashinuvini himoyalashda faol foydalanishlari mumkin. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə